Moddalarning namligini o‘lchash. Gazlarning namligini o‘lchash usullari va asboblari.Qattiq jismlarning namligini o‘lchash usullari va asboblari. Umumiy ma’lumotlar va ularning ishlash prinspi.
Reja:
Moddalarning namligini o‘lchash
Gazlarning namligini o‘lchash usullari va asboblari
Qattiq va quyma materiallarning namligini o'lchash usullari va asboblari
Moddalarning namligini o‘lchash
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat,
metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi
hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan
hisoblanadi. Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning mutlaq namligi deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m3 gaz
aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m3
yoki kg/m3.
Nisbiy namlik deyilganda 1,0 m3 aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning shu haroratdagi 1,0 m3 aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda ifodalanadi. Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik — nam saqlami va namlikdan foydalaniladi.
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati nam saqlami
deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda, M — nam massasi; Mo — mutlaq quruq materialning massasi; M1 — nam materialning massasi.
Namlik jismdagi nam massasining nam material massasiga nisbati quyidagicha
ifodalanadi:
Nam saqlamidan namlikka o‘tish va aksincha hollarda quyidagi nisbatdan
foydalaniladi
Gaz namligini o‘lchash usullariga psixrometrik, shudring nuqtasi, gigrometrik
(sorbsion), kondensasion, spektrometrik, elektr-kimyoviy, issiq o‘tkazuvchanlik
usullari kiradi. Bulardan birinchi uchtasi eng ko‘p tarqalgan.
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli, absorbsion asboblar va
suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan
foydalaniladi. Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va bilvosita usullar qo‘llaniladi. Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash usullarining ichida eng ko‘p tarqalgandir. Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi. Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |