Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82

 
78 
bronxlar  va  oshqozon  osti  bezlari  faoliyatiga  ta`sir  qiladi,  o‘pka  infeksiyalariga, 
hazm jarayonlari buzilishiga olib keladi.  
O‘roqsimon  hujayrali  kamqonlik  va  talassemiya  kasalliklari  ham  ikkilamchi 
pleyotropiyaga misol bo‘ladi.  
Beshinchi  o’ziga  xoslik  –  kasallikning  tug’ma  bo’lishi.  Gen  kasalliklarining 
25%ga yaqini va xromosoma kasalliklarining belgilari embriogenezdayoq shakllana 
boshlaydi.  Tug‘ma  irsiy  kasalliklarga  misol  qilib  xromosoma  sindromlarini, 
axondroplaziyani,  ixtiozni,  X-ga  birikkan  va  autosoma-retsessiv  tipidagi 
gidrotsefaliyalarni  keltirish  mumkin.  Irsiy  bo‘lmagan  tug‘ma  kasalliklariga 
embriogenezning  qaltis  davrlarida  zararli  omillar  ta`sirida  (alkogol,  giyohvand 
moddalar) shakllanadigan anomaliyalar misol bo‘la oladi. 
Oltinchi  o’ziga  xoslik  –  davolash  usullarining  samara  bermasligidir.  Irsiy 
kasalliklarning ko‘pchiligida davolash usullari yaxshi samara bermasligining sababi, 
metabolizm  bosqichlari  buzilganligidir.  Lekin  irsiy  kasalliklarning  patogenezining 
buzilgan  bosqichlarini  tuzatish  natijasida,  ayrim  kasalliklarni  (fenilketonuriya, 
mukovistsidoz) davolashga muyassar bo‘linmoqda.  
4.3.Irsiy kasalliklar klinik diagnostikasining umumiy prinsiplari. 
Irsiy  kasalliklarning  nozologik  birliklari  juda  xilma-xil  bo‘lib,  ularni  har 
qanday  mutaxassislikdagi  shifokorlar  amaliyotida  uchratish  mumkin.  Irsiy 
kasalliklarning  klinik  diagnozini  qo‘yishda  klinik,  genealogik  va  paraklinik 
tekshirishlar natijalariga asoslanadi.  
Klinik  tekshirishlarga  asoslanib  shifokor  kasallikning  irsiy  yoki  irsiymasligi 
haqida  hulosaga  kelishi  mumkin.  Kasallikning  irsiymasligini  aniqlash  uchun 
umumiy klinik va laboratoriya tekshirishlarining o‘zi kifoya qiladi, lekin ko‘pchilik 
holatlarda  kasallikning  irsiyligi  va  irsiymasligini  aniqlashda  genetik  shifokorning 
maslahati  zarur.  Aniq  diagnoz  qo‘yish  uchun  maxsus  paraklinik  va  laboratoriya-
genetik tekshirishlarni o‘tkazish talab qilinadi.  
Irsiy  kasalliklarga  klinik  tashxis  qo‘yishda  patsiyentlarni  va  ularning 
qarindoshlarining  fenotipini  tekshirishga  katta  e`tibor  beriladi.  Irsiy  kasalliklarning 
eng ko‘zga ko‘rinarli belgilari tug’ma rivojlanish nuqsonlaridir. 


 
79 
Tug‘ma  rivojlanish  nuqsonlari  organogenezning  buzilishlari  natijasida  kelib 
chiqadi  va  bunda  a`zoning  strukturasi  va  funksiyasi  buziladi.  Ilmiy  adabiyotda 
kengroq  ma`noda  ishlatiladigan  tug‘ma  anomaliyalar  tushunchasi  ham  ishlatiladi. 
Tug‘ma rivojlanish nuqsonlari alohidalangan (bitta a`zoning o‘zida), tizimli (butun 
tizim  miqiyosida)  va  ko’p  tomonlama  (har  xil  a`zolarda  va  tizimlarda)  shakllarda 
uchrashi mumkin.  
Etiologiyasiga qarab tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini quyidagilari ajratiladi:  1-
irsiy; 2-ekzogen; 3-multifaktorial. 
Irsiy  tug’ma  rivojlanish  nuqsonlari  gen,  genom  va  xromosoma  mutatsiyalari 
natijasida kelib chiqadi. 
Ekzogen  nuqsonlar–  embriogenez  jarayonlariga  teratogen  omillar  ta`sirining 
natijasidir.  Ionlashtiruvchi  nurlar,  ba`zi  kimyoviy  moddalar  va  dori  preparatlari, 
alkogol,  nikotin,  giyohvand  moddalar,  parazitlarning  metabolitlari  va  boshqalar 
teratogenlar hisoblanadi. 
Homilaning  teratogen  omillar  ta`siriga  eng  chidamsiz  davrlar  mavjud  va  bu 
davrlarni rivojlanishning qaltis davrlari deyiladi.  
Multifaktorial  tug’ma  nuqsonlar  ham  irsiy,  ham  ekzogen  omillar  ta`sirida 
kelib chiqadi. Tug‘ma nuqsonlarning 20-30% ni irsiy, 30-40% ni multifaktorial, 2-
5% ni ekzogen, 25-50% sababi noma`lum nuqsonlar tashkil qiladi. 
Embriogenezning  qaysi  bosqichida  kelib  chiqishiga  qarab:  gametopatiyalar, 
blastopatiyalar, embriopatiyalar va fetopatiyalar tafovut etiladi. 
Gametopatiyalar – gametalarda mutatsiyalar mavjudligi natijasidir.  
Blastopatiyalar–  blastotsistalarning  buzilishlari  natijasidir.  Ularga  siklopiya, 
sironomyeliya, xromosoma sindromlarining mozaik variantlari misol bo‘ladi.  
Embriopatiyalar–  otalanishdan  15  kun  o‘tganidan  keyin  8-hafta  oxirigacha  kelib 
chiqadigan nuqsonlardir.  
Fetopatiyalar  –  pusht  rivojlanishi  buzilishlaridir,  rivojlanishning  9-haftasidan 
tug‘ilguncha kelib chiqadigan nuqsonlar.  
Fetopatiyalar  kamroq  uchraydi,  alkogol,  infeksiyalar,  diabet  va  boshqa  omillar 
ta`sirida kelib chiqadigan funksional buzilishlardir. 


 
80 
Klinik-genetik  tekshirishlarda  antropometriyaning  ahamiyati  katta.  Irsiy 
kasalliklarda  o‘sishning  tezlashishi  va  sekin  lashishi,  tana  qismlari  rivojlanishida 
disproportsionallik ko‘p uchraydigan belgilardir. Klaynfelter, Shereshevskiy-Terner, 
Marfan  sindromlarda  antropometrik  o‘zgarishlar  xarakterlidir.  Kalla  suyagi 
o‘lchamlarining kichikligi ko‘p irsiy kasalliklarda uchraydi.  
Irsiy  kasalliklarga  diagnoz  qo‘yishda  bo‘y  uzunligini,  tana  massasi,  tana 
tuzilishi,  qo‘l-oyoq  uzunligi,  kalla  suyagi  sagital  va  lateral  o‘lchamlari 
munosabatlari  aniqlanib,  bu  ma`lumotlarni  populyatsiya  o‘rtacha  ko‘rsatkichlari 
bilan taqqoslanadi.  
Homiladorlik 
kechishidagi 
va 
pushtning 
rivojlanishidagi 
buzilishlar 
kasallikning  irsiy ekanligini ko‘rsatuvchi belgilardan biridir.  
Prenatal  gipoplaziya  pushtning  yoki  chaqaloqning  o‘lchamlari  va  massasi 
normal  rivojlanishning  o‘rtacha  ko‘rsatkichlariga  to‘g‘ri  kelmaslik  xromosoma  va 
gen  kasalliklari  sababli  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  qiyosiy  diagnostika 
o‘tkazish talab qilinadi.  
Pusht  rivojlanishi  sust  kechishi  irsiy  kasalliklar,  pushtning  surunkali  yuqumli 
kasalliklari  (sitomegaliya,  sifilis),  radiatsiya  ta`siri,  ko‘p  pushtli  homiladorlik  yoki 
ona organizmining ta`siri (toksikoz, tamaki chekish, alkogolizm, gemoglobinopatiya 
va boshqalar) natijasi bo‘lishi mumkin.  
Ba`zi  irsiy  kasalliklarda  prenatal  makrosomiya  (prenatal  davrda  massa  va 
o‘lchamlarning me‘yordan ancha yuqori bo‘lishi) kuzatiladi. Bu holat Sotos, Bekvit-
Videman sindromlari, diabetik fetopatiyalar uchun xarakterlidir. 
Patsiyentlarni  tekshirganda  rivojlanishning  mikronuqsonlariga  ham  e`tibor 
berish zarur (28-rasm). 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə