Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYaLARI: O’TMISh VA



Yüklə 108,79 Kb.
səhifə2/10
tarix18.02.2022
ölçüsü108,79 Kb.
#83899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
14-Anvar

SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYaLARI: O’TMISh VA

KELAJAK

Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib

birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida

amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni

rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni

radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab

bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga

o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi

sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab

chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash

jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi.

Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib

bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni

taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi.S i m siz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar

yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga

muhim turtki vazifasini o’tadi. 9 0-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi.

Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati

yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi

ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning

dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining

soni bir necha o’n millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan

birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi.

Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga

quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va

xususiy tadbirkorlar jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini

tutib qolish, bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya

markazlari ishiga xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini

takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda. S im s iz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir. Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni bir biri bilan ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda. S i msiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.




Yüklə 108,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə