Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


WI-MAX TEXNOLOGIYASI: GLOBAL TARMOQQA



Yüklə 108,79 Kb.
səhifə5/10
tarix18.02.2022
ölçüsü108,79 Kb.
#83899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
14-Anvar

WI-MAX TEXNOLOGIYASI: GLOBAL TARMOQQA

CHIQISHNING EVOLYUTSIYASI

S o’ ng gi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal

kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga

chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi. Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz.

1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib

kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa

o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga oshiriladi hamda ma’lumot uzatish

uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu

texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi

past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish

extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon

liniyasining butunlay band bo’lishi.

2. Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya

statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan

foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish

mumkin, lekin liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi

manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu

texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham foydalanuvchi

ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalga oshirilishi

lozim.


3. Ethernet texnologiyasi. Lokal tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan

turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik

bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug’i tarmoq strukturasi

tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum

masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u

holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100

metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur.

Lekin qo’shni binolarni bir tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda

qimmatga tushishi mumkin.

4. Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi

(802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq

joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta

hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari

o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib

keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir

nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda

to’xtovlar vujudga kelishidir. Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16 standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin. Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 1999-yilda Wi- MAX-forumi ochildi va Wi-MAX texnologiyasiga quyidagi talablar qo’yildi:

1. Katta bo’lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki

(chetlashtirilgan) obyektlar Wi-MAX texnologiyasi asosida kommunikatsiya va

axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo’lishi, rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5

million aholini shu hisob ichidan 100 ta odam ATs larga ulanmagan va yirik

shaharlar bilan simli aloqa orqali axborot, ma’lumot almashish sharoitiga ega

bo’lmagan aholini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish

imkoniyatini yaratish.

2. Wi-MAX texnologiyasi orqali yer kurrasidagi aholining teng yarmini

kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish.

Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal simsiz aloqa

orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan

foydalanish sharoitini yaratish bo’ldi. Bu orqali Wi-MAX texnologiyasi quyidagi

farqlarga ega bo’ldi:

1. Simli aloqa va yo’ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga iqtisodiy

tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial abonentlarga

erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, (statsionar) abonentlar sonini

oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishni

sifatli yo’lga qo’yish.

2. Simsiz aloqa tizimlari boshqa simli texnologiyalar bilan moslashuvchanligi.

Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish (masshtablashtirish) imkoniyati

paydo bo’ladi.

3. O’rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan xarajatlarni

kamaytirilishiga olib keladi.

4 . Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim

hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo’ljallangan ko’p simsiz aloqa

tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishga ega bo’lishi

kerak.


5. Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo’lganligi sababli lokal va

korporativ tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin.




Yüklə 108,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə