Mundarija. I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 36,99 Kb.
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü36,99 Kb.
#117663
1   2   3   4
O‘ralova Sh.. Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi .Mazkur mavzuni o‘rganish orqali o‘quvchilarni aqliy rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari haqida ma'lumot to'plash.
Kurs ishining vazifalari.
- aqliy rivojlanish haqida ma'lumot to'plash va tahlil qilish ;
-o‘quvchilarni aqliy rivojlantirishning pedagogik- psixologik xususiyatlarini o‘rganish;
-o‘quvchilarni aqliy rivojlantirishda uchraydigan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish to‘g‘risida xulosalar chiqarish.

1.Aqliy rivojlanish haqida tushuncha.
Aqliy rivojlanish - tarbiyachilarning bolaning aqliy qobiliyatlari va tafakkurini rivojlantirishda, uning aqliy harakatlari va bilim qobiliyatlarini shakllantirishdagi ma'suliyatli yondashuviga bog‘liq. Bolaning aqliy tarbiyasi va rivojlanishi uning aqliy rivojlanishidan, bolaning manfaatlarining boyligidan, uning hissiyotlaridan va uning ruhiy qiyofasini yaratadigan barcha boshqa xususiyatlardan ajratilgan holda ko’rib chiqilishi mumkin emas.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o‘z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, ana shularning barchasini amalga oshirish, nihoyasiga yetkazishda, yechimini qidirishda usul va vositalarning shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli qo‘shimcha belgi va alomatlarning keltirilishidan iborat bosqichlarning bo‘lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda trafaretga aylangan usul, eski yo‘l va usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.E.G‘.G‘oziyev aqliy taraqqiyotning o‘sishini maktabda olinadigan bilimlar ta’minlaydi, deb hisoblaydi. O‘quvchilarni aqliy jihatdan o‘stirish uchun ularni faqat bilimlar tizimi bilangina emas, balki muayyan aqliy faoliyat usullari (tahlil, sintez, taqqoslash, turkumlash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, esda olib qolish va boshqalar) o‘quv, ko‘nikma va malakalarni ko‘zda tutish kerakligini ta’kidlaydi. O‘quvchilar aql-zakovatini kamol toptirishda mantiqiy tafakkurning ahamiyati katta, chunki tafakkurning rivojlanishi aqlni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.Aqliy faoliyat insonning muayyan bilimlarni o‘zlashtirish yoki yangiliklarni ochish bilan bog‘liq psixik faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashtirgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsialsababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.Mazkur muammoni V.M.Karimova qo‘yidagicha talqin etadi. qobiliyatlar masalasi eng avvalo inson aql-zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning birligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.Ilm fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aql sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatkichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning verbal, miqdoriy, fazoviy ko‘rsatkichlarini aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘laydilar. Qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, unga va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi. Oila muhitining aql o‘sishiga ta’sirini hech kim inkor etmaydi.M.G‘.Davletshin aqliy tushunchalarni qobiliyat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rgangan. Qobiliyat shakllanishi va rivojlanishi, birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni engil va samarali o‘zlashtirishni rejalashtirgan faoliyat bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar hosil qilishni ta’minlasin. Bolalarda qobiliyatlarni o‘sishi ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladi.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: “Har kimki ilm hikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ -salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin,yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol -dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin.” Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim - tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Aqliy faoliyatining (bilimlarni egallash, ko’nikma va malakalar) bosqichlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: O’quvchilar oldiga maqsad va masalalar qo’yish, o’qishga zarur sharoit va rag’bat yaratish, bilish topshiriqlarini qo’yish,talabalarning o’quv materiali ma’nosini tushinish uchun sharoit yaratish; agar talabalar materialni o’rganish maqsadi va vazifalarini anglamasa, u bilan tanishishga kirisha olmaydi. Pedagogik-psixologiyada, anglangan maqsadga inson faolroq, tezroq erishishi isbotlangan. Shunisi diqatga sazovarki, maqsadlar aniq va amallar maqsadga yo’naltirilgan bo’lsa, inson kam kuch va vaqt sarflab katta yutuqlarga erishadi.Aksincha, aniq anglanmagan maqsad, masalalarning noaniqligi kishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, odamni charchatadi. O’quvchilarning yangi materialni qabul qilishi va uni idrok etishi. Yangi bilimlar olish, o’quv materialni tushinish uchun eng avvalo uni qabul qilish lozim. Qabul qilish-maqsadga yo’naltirilganligi va tanlash xususiyati bilan xarakterlanadigan faol jarayondir. Talabalarning tayyorgarlik darajasi, ular bilimi va hayot tajribasiga bog’liq holda, qabul qilish bevosita, talabalar ongida hissiyot organlari yordamida predmet va hodisalarni aks ettiradi. Bevosita qabul qilishni tashkil etuvchi o’qituvchi atrof voqelikdagi predmetlarni o’ylab talabalarni maqsadga yo’naltirilgan kuzatishlarga o’rgatadi, o’rganilayotgan ob’ektning muhim tomonlari va xususiyatlariga e’tiborini yo’naltiradi. Tajribadan ma’lumki, ba’zan alohida detallar o’rganilayotgan ob’ektning yaxlit obrazini bosib ketadi. Aksincha,qabul qilingan yaxlit obrazning yorqinligi ahamiyatli belgilarni qismlarga bo’lish va uning alohida tomonlarini ko’rib chiqish, ular o’rtasida muayyan aloqalar va munosabatlarni belgilashni qiyinlashtiradi. O’qituvchining vazifasi-atrof-muhitdagi predmet va hodisalarni o’quvchilar tomonidan qabul qilish, kuzatish va frqlashga o’rgatishdir. Buning uchun talabalar oldiga aniq topshiriqlarni qo’yish kerak. Ular predmetni qabul qilishda ko’rishlari, tasavvur qilishlari va tahlil qilishlari lozim.Talabalarning ham amaliy, ham aqliy xarakatlarini qabul qilinayotgan predmet bilan bog’lay olishlariga o’rganishlari ayniqsa muhimdir. O’quvchilar egallagan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.O’rganilgan materialni mustahkamlash, qabul qilish va idrok yetish jarayonida ro’y beradi. Biroq bunda o’zlashtirilgan bilimlar bundan keyngi takomillashtirishni talab etadi. Mustahkamlashning mohiyati yangi materialni qabul qilishda hosil bo’lgan yangi aloqalarni mustahkmlashdir. Yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida o’quv,ko’nikma va malakalar shakllanadi, ular mustaqil ishlar orqali tekshiriladi. Ularni o’zlashtirish vositasida aniqlangan kamchiliklar oqibati tugatiladi. O’zlashtirilgan materialni mustahkamlash asosan ijodiy xarakterdagi mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Materialni mustahkamlash bo’yicha birinchi mashqlar asosan jamoa holida,bevosita o’qituvchi rahbarligida bajariladi. Mashqlar boshida ancha kuchli talabalar tomonidan bajariladi. Bu ish boshqa talabalar yangi materialni yana bir bor idrok yetishlari uchun qilinadi. Biroq, agar yangi material mazmuni bo’yicha ancha oddiy bo’lsa, uni mustahkamlashni darhol boshlash mumkin. Bilim, ko’nikma va malakalarni qo’llash. Bilimlarni takomillashtirishning eng samarali yo’llaridan biriularni qo’llashdir. Fikrimizcha, bilim, ko’nikma va malakalarni to’laqonli o’zlashtirishga ularni o’zgarayotgan sharoitda faol mustaqil qo’llash sharoitlardagina yerishish mumkin. Bilim, ko’nikma va malakalarni qo’llash jarayoni talabalarning mustaqillik rolini sekin-asta va izchil oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda o’qituvchi yutuq va kamchiliklarni nazorat qilish va tahlil yetish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Bilish faoliyatining yuqorida ko’rilgan bosqichlari dialektik murakkab aloqada bo’lib, amaliy jihatdan ajralmasdir. Alohida bosqichlar va ularning o’zaro aloqasini o’rganish bilish faoliyatining ichki mohiyatini to’g’ri tushinishga,talabalarning turli darajadagi bilish faoliyatining xos xususiyatlarini aniqlashimizga imkon beradi


Yüklə 36,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə