Mundarija. I. Kirish II. Asosiy qism


O‘quvchilarni aqliy rivojlantirishda uchraydigan muammolar va ularni hal etish



Yüklə 36,99 Kb.
səhifə4/4
tarix17.06.2023
ölçüsü36,99 Kb.
#117663
1   2   3   4
O‘ralova Sh.. Kurs ishi

3.O‘quvchilarni aqliy rivojlantirishda uchraydigan muammolar va ularni hal etish .
Bu yo‘nalishda aniqlanishi kerak bo‘lgan dastlabki muammo bu "Bolaning kerakli darajada rivojlanayotganini qanday tushunish mumkin? degan savolga javob topishdan boshlanadi.Bugungi kunda aqliy rivojlanish darajasini baholashning ko'plab usullari mavjud. Bolaning diagnostikasi psixikaning barcha tomonlarini o'rganishga qaratilgan. Keyin topilmalar bolaning yaxlit ko'rinishini ta'minlash uchun jamlanadi. Shunday qilib, baholash usullari mavjud:
-bolaning jismoniy rivojlanishi;
-intellektual rivojlanish;
-shaxsning sifatli rivojlanishi;
-individual ko'nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish.O‘sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi ijodiy qobiliyatni shakllantirish respublika maktablari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Chunki «hozirgi maktabning asosiy vazifasi ta’lim metodlarini, o‘quvchilarning fikrlashlarini taraqqiy ettirish metodlarini takomillashtirishdir».G‘.B.Shoumarov mamlakat fuqarolarining aqliy saviyasiga alohida urg‘u berib, har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli o‘z fuqarolarining saviyasi bilan belgilanishini e’tirof etadi. Jamiyat va fan-texnikaning rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biridir. SHuningdek, SHoumarov har qanday insonparvarlik jamiyatida aqli zaiflarga e’tibor muhimligini uqtirib, aqli zaiflik omillarini markaziy asab tizimining organik buzilishi, shuning oqibatida bola bilish faoliyatining turg‘un pasayishidir deydi.R.Toshimov va M.Mamatovlar aql-idrok (intellekt) ni tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratish lozimligini uqtirishadi. Aqliy rivojlanishni tekshirish, o‘rganish va hayotga tatbiq etish diagnostik metodlarsiz amalga oshmaydi. Aqliy imkoniyatlarning diagnostikasi jarayonidagi inson qobiliyatlariga amaliy yondashuv shaxsning bir aqliy taraqqiyoti bosqichidan boshqasiga o‘tishiga yordam beruvchi muayyan ko‘lamdagi bilimlar bo‘lishini taqozo qiladi.E.Z.Usmonova inson bilimi qanchalik keng va chuqur bo‘lsa, uning aqliy faoliyatining tajribasi shunchalik mukammallikka ega. U shunchalik ko‘p hal etilmagan muammolarni ko‘ra oladi, ongidan shunchalik tez echimni talab etuvchi fikriy vazifalar yuzaga keladi, deb aqliy rivojlanishni bilimlarni chuqurlashtirishga bog‘laydi. Aqlning muhim sifatlaridan bo‘lgan tafakkurga alohida urg‘u berib, uning yordamida sezgi, idrokka berilmagan va umuman kuzatish imkoniyati bo‘lmagan hodisalarni aqlan hal qilish mumkinligini ta’kidlaydi.B.R.Qodirov o‘z ishlarida zehn, iste’dod aqliy taraqqiyot yuzasidan tadqiqot ishlari olib borgan. Hatto bu borada bank tuzishga ham muvaffaq bo‘lgan. «Intellektual potensialni boyitish aqliy zakovatni shakllantirishning ommaviy va shu bilan birga an’anaviy, hech kimning e’tiroziga sabab bo‘lmaydigan turlariga diqqatni ko‘proq qaratish, imkon darajada ular moddiy-moliyaviy tomonlarini kuchaytirish, ma’lum yutuqqa erishayotgan yoshlarni kengroq rag‘batlantirish, ularga tegishli moliyaviy va madaniy muhit yaratish juda katta ahamiyatga ega. Aqliy faoliyatni tarbiyalaydigan, uning mahsuldorligini oshiradigan, ijodiy xislatlarni rivojlantiradigan an’anaviy metodlar doirasiga quyidagilarni kiritish mukin:
1. Maktablarda fanlardan ilmiy to‘garaklar.
2. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning ilmiy jamiyatlari.
3. O‘quvchilar va o‘quvchilarning har xil doirada o‘tadigan olimpiadalari.
4. O‘quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari.
5. Ijodiy ishlar, ko‘riklar, konkurslar, musobaqalar va hokazo».
Z.Nishonova o‘z ilmiy izlanishlarida aqliy faoliyat usullari va yo‘llarini egallash muammosi ilm va texnikaga yangicha zamonaviy talablarning ortishi, ta’lim metodlarining takomillashishi, o‘quv dasturlari nazariy darajasining kuchayishi va ta’limning jadallashuvi munosabati bilan muhimdir, deydi. SHuningdek, u o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullari va yo‘llarini guruhiy trening metodi yordamida rivojlantirish strategiyasini o‘zbek maktablar amaliyotida qo‘llashni tavsiya etadi.Shuningdek, intellektual yoshlik va intellektning rivojlanishining yuqori darajasi inson salomatligining umumiy holati belgilarini taqozo etib, uning o‘zini uzoq vaqt yosh sezishini va o‘z tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘rinishini ta’minlashlari olimlar tomonidan e’tirof etilgan.
Rene Dekartning (1596-1650) fikricha, yaxshi aqlga ega bo‘lishning o‘zi kifoya emas, balki uni to‘g‘ri qo‘llay olish muhimdir. Rene Dekart ta’limoticha, hamma odamlarda aqliy tafakkur qobiliyati bir xil. Insonlardagi intellektual daraja o‘rtasidagi farqlar esa, uslubiy fikrga bog‘liqdir. Umuman, Dekart ilmiy uslubining asosiy qoidalari shundan iborat.P.Anoxin va E.Polejayevlar shaxsning psixofiziologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni ko‘rinishlaga ajratadi, fikr yuritihshning faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi.M.K.Akimovaning fikricha, intellekt asosini ayni shu aqliy faollik tashkil etadi, ayni vaqtda u o‘zini-o‘zi boshqarish sifatida faqat vazifani hal etishuchun zarur bo‘lgan faollik darajasini ta’minlaydi.E.A.Golubeva ham ana shu fikriga qo‘shilib, faollik va o‘z-o‘zini boshqarish intellektual samaradorlikning tayanch omillaridan biri ekanligini ta’kidlaydi va bunga yana mehnat qobiliyatini ham qo‘shadi.Intellekt tabiatiga qobiliyat sifatida qarashda jon bor. Mazkur muamoga inson psixikasida onglilik va ongsizlikning nisbati nazaridan qaralsa, u yaqqol ko‘zga tashlanadi. Muammoning hal etilishi turli darajalarda yetakchi rol o‘ynaydi. Agar masalani qo‘yilishi va hal qilinishi bosqichida ong yetakchilik qilsa, “g‘oyalar inkubatsiyasi” bosqichida va gipotezaning tug‘ilishi davrida ongsizlikning faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Insoniyat kutilmagan kashfiyot, bashorat qilish vaqtida g‘oya “kalit-qulf prinsipi” prinsipi bo‘yicha “qisqacha to‘xtab qolish” g‘oya ong ichiga yorib kiradi, ana shu paytda yorqin emotsional kechinmalar yuz beradi. Gipotezalarni tanlash, tekshirish bosqichida esa yana ong yetakchi mavqeni egallaydi.


XULOSA.
Shunday xulosa qilish mumkinki,Aqliy rivojlanish - bu fikrlash jarayonlarida yoshga qarab va atrof-muhit ta'sirida, shuningdek, maxsus tashkil etilgan ta'lim va tarbiya ta'sirida va bolaning o'z tajribasida sodir bo'ladigan sifat va miqdor o'zgarishlar majmuidir. Bolaning aqliy rivojlanishiga biologik omillar ham ta'sir qiladi: miya tuzilishi, analizatorlar holati, asabiy faoliyatning o'zgarishi, shartli aloqalarning shakllanishi va moyilliklarning irsiy fondi. O‘quvchilarni aqliy jihatdan o‘stirish uchun ularni faqat bilimlar tizimi bilangina emas, balki muayyan aqliy faoliyat usullari (tahlil, sintez, taqqoslash, turkumlash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, esda olib qolish va boshqalar) o‘quv, ko‘nikma va malakalarni ko‘zda tutish kerakligini ta’kidlaydi. O‘quvchilar aql-zakovatini kamol toptirishda mantiqiy tafakkurning ahamiyati katta, chunki tafakkurning rivojlanishi aqlni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.Aqliy faoliyat insonning muayyan bilimlarni o‘zlashtirish yoki yangiliklarni ochish bilan bog‘liq psixik faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashtirgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsialsababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.Aqliy ta'lim - bu har tomonlama rivojlanish, atrofdagi hayotga moslashish, shu asosda kognitiv jarayonlarni shakllantirish, olingan bilimlarni hayotda qo'llash qobiliyati uchun zarur bo'lgan bilimlarni etkazish uchun kattalarning bolalarning aqliy rivojlanishiga tizimli, maqsadli ta'siri. tadbirlar.O‘sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi ijodiy qobiliyatni shakllantirish respublika maktablari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Chunki «hozirgi maktabning asosiy vazifasi ta’lim metodlarini, o‘quvchilarning fikrlashlarini taraqqiy ettirish metodlarini takomillashtirishdir».Aqliy faoliyatni tarbiyalaydigan, uning mahsuldorligini oshiradigan, ijodiy xislatlarni rivojlantiradigan an’anaviy metodlar doirasiga quyidagilarni kiritish mukin:
1. Maktablarda fanlardan ilmiy to‘garaklar.
2. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning ilmiy jamiyatlari.
3. O‘quvchilar va o‘quvchilarning har xil doirada o‘tadigan olimpiadalari.
4. O‘quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari.
5. Ijodiy ishlar, ko‘riklar, konkurslar, musobaqalar va hokazo».

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. G’oziyev. E Jabborova. A “Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi” T. 2003y


2. Bo’tayeva. H “Boshlangich sinf o’quvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishining psixologik xususiyatlari”
3. Begmurzayevich, D. B. (2022)." BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.
4. Begmurzayevich, D. B. (2022). O ‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ijodkor o'qituvchi, 2(20), 52-59.


Yüklə 36,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə