Mundarija Kirish


Shart munosabatini ifodalovchi ergash gapli qo’shma gaplar



Yüklə 88,82 Kb.
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü88,82 Kb.
#110933
1   2   3   4   5   6
Shartlanganlik munosabatidagi ergash gaplar (2)

2.2 Shart munosabatini ifodalovchi ergash gapli qo’shma gaplar

Shart munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplarga shart semantikasini ifodalovchi qo‘shma gaplar mujassamlanadi.


Shart ergash gaplar bosh gapda anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan yuzaga kelganini, yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi. Shart ergash gapning asosiy grammatik belgisi uning kesimining shart fe‘li orqali ifodalanishidir. Ammo bu belgiga qarab muayyan qurulmalarni shart ergash gap deb hukm chiqarib bo‘lmaydi, chunki shart fe‘li boshqa ergash gaplarning kesimi bo‘lib kelishi mumkin. Shu sababli ham shart ergash gaplarni belgilashda ergash gap qurilmalarining mazmuniga, tarkibidagi bo‘laklarning ma‘nosiga e‘tibor berish talab etiladi.22
Shart fe‘li boshqargan qurilmalarning ergash gap bo‘lishi uchun tarkibida o‘z egasi bo‘lishi kerak (egasi ma‘lum gaplar bundan mustasno), shundagina predikativ munosabat, hukm yuzaga chiqadi. Tarkibida ega qatnashmagan, egasi umumiy bo‘lgan birikmalar shart birikmalar, shartli oborotlar sanaladi. Shart ergash gapning kesimi fe‘l kesim yoki ot kesim yoki ot kesim shaklida bo‘ladi. Ot- kesim bo‘lganda kesim shart fe‘li shaklidagi bo‘lmoq bog‘lamasi bilan birikib keladi: 1. Agar qo‘ylarni qayerga yashirganingni aytmasang, go‘shtingni itlarim nimtalaydi. 2. Hatto kechgacha molni pullab yuborsak, kechqurun pulingni qaytaraman. 3. Agar rozi bo‘lsang, shu ish bo‘yicha yaxshi maoshli ham, hatto uy olish imkoniyatlari ham boridi.
Shart fe‘li logik jihatdan kelasi zamonni ifodalaydi. U har vaqt bosh gap kesimidan anglashilgan harakat-holatdan oldin ro‘y beruvchi harakat-holatni ifodalaydi. Shuning uchun ham bosh gapning kesimi kelasi yok hozirgi-kelasi zamonda bo‘ladi yoki, buyruq fe‘li shaklida bo‘ladi.
Bosh gapning kesimi o‘tgan zamonda ham bo‘lishi mumkin. Bunday holda ham bosh va ergash gap orasidagi chegara saqlanadi. O‘tgan zamonda shart ergash gapdan anglashilgan harakatdan so‘nggina bosh gapdagi mazmun ro‘y bergani ifodalanadi: Hatto kechgacha molni pullab yuborsak, kechqurun pulingni qaytaraman.
Shart ergash gapli qo‘shma gaplarda doimo bo‘lib turadigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakat-holatlar to‘g‘risida fikr yuritilgani uchun ham ko‘p maqollar, aforizmlar shu xil qo‘shma gaplar shaklida tuziladi: Olim bo‘lsang, olam seniki. Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham shu yo‘ldan yuradi.
Shart fe‘lining boshqa fe‘l shakllaridan farqi shuki, bu fe‘l shakli egasi bilan shaxsda moslashadi, shart fe‘li har uchala shaxsda bo‘lishi mumkin: Agar sen namozsiz taskin topmayotgan bo‘lsang, o‘qiyver xohlaganingcha, faqat birovlarni tinch qo‘y.
Ergash gap mazmunidagi shart mazmunini yanada ta‘kidlash va bosh gap mazmuni bilan qat‘iy chegaralash uchun ergash gap kesimidan so‘ng –mi, -chi yuklamalari keltiriladi: Bordiyu mashinani to‘xtatadigan, shofyorni javobgarlikka tortadigan militsionerning o‘zini qasddan urib yuqitib o‘tsa-chi, unda nima bo‘ladi? (A.Q.)
Shart ergash gaplardan anglashilgan harakat-holatning bajarilishi real sodir bo‘lishi yoki real sodir bo‘lmasligi mumkin. Shart ergash gaplarning real holatida ergash gapda bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro‘y berishi uchun shart-sharoitning aniq ekani ko‘rsatiladi: 1. Mabodo suvda zardoli oqmay qolsa, bolalar devordan bo‘ylaydi. 2. Agar bu qumlar, irg‘ayzorlar orasida adashilsa, umr bo‘yi yurib ham chiqib ketib bo‘lmaydi.
Real sodir bo‘lmaydigan shart ifodalovchi shart ergash gap va bosh gaplarning kesimi tarkibida edi fe‘li ishtirok etadi: Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to‘g‘ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. (O.)
Shu tarzda irreal shart ifodalovchi ergash gaplar, bir tomondan, amalga oshishi mumkin bo‘lmagan harakat-holatni ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, ergash gapdan anglashilganmazmun ro‘y bermagan bo‘lsa ham u yuzaga chiqishi mumkin bo‘ladi. Shart ergash gaplardagi irreallik gaplarning umumiy mazmunidan, ayrim gap bo‘laklarining ma‘nolaridan ham anglashilib turadi. Bunday qo‘shma gaplar so‘zlovchining istagi, ikkilanishi, iltimosi, maslahati, murojaati kabi modal ma‘nolarni ifodalash uchun bir vosita bo‘ladi.
Shart ergash gaplar o‘zining asosiy mazmunidan tashqari quyidagi ma‘nolarni ham ifodalab keladi:

  1. Istak, xohish ma‘nosi bosh va ergash gapning kesimi shaklidan va umumiy konteksdan sezilib turadi. Bunday hollarda ergash gapning kesimi buyruq-istak shaklida bo‘ladi: Bahor kelsa, toqqa chiqardik.

  2. Sabab-natija mazmuni shart ergash gapning bosh gapidan anglashiladi. Bu holda ergash gap mazmuni bosh gap mazmuni uchun sabab bo‘ladi. Bu mazmun munosabati shart ergash gapning hamma turida ham ifodalanadi. Ammo bu mazmun munosabati ayrim ergash gaplarning kesimi ko‘pincha –r/-s shaklli sifatdosh yoki aniqlik fe‘li orqali ifodalanadi, yohud ot kesim bo‘ladi. Ergash gap tarkibida mabodo, bordi-yu kai bog‘lovchilar v kesimi sostavida –mi yuklamasi ham bo‘lishi mumkin. Ergash gap kesimi shart fe‘lidan bo‘lsa, bosh kesimi –rdi shaklli fe‘l orqali ifodalanadi.. Marasul, menga qara, agar Nasibani o‘qishdan qoldirib, kurortga olib ketar ekansan, senday jiyanim yo‘q. (A Q.).

  3. Qiyoslash mazmuni. Ayrim shart ergash gaplarda qiyoslash ottenkasi bo‘ladi. Bunda ergash va bosh gapning umumiy mazmuni yoki ayrim gap bo‘laklarining ma‘nosi bir-biriga qiyoslanishi mumkin: Sen mening xotinim bo‘lsang, meni xotin oladigan o‘g‘il qilib tuqqan onam o‘sha yerda demaysan? (A Q.).

  4. Ayrim shart ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunni chegaralaydi. Bu xil ergash gaplarning keimi, asosan, sifatdoshdan bo‘ladi: Agar dunyoda haqiqat bo‘lganda, o‘sha o‘ringa men emas, sen o‘tirishing kerakmasmidi?

  5. Izoh mazmuni. Shart ergash gapli qo‘shma gapning shunday turlari ham borki, ularda bosh gapdan anglashilgan mazmun ergash gapda ifodalangan mazmunga izoh beradi. Bu holda bosh gap tarkibida ergash gap mazmuniga tebg keluvchi olmosh bu, uni kab qo‘llanadi: Agar bordiyu, o‘lib qolsachi, buni xudodan, kasalning ajali yetganidan yoki kasalning eshonga bo‘lgan ixlosining sustligidan va ununing ―shakkok‖ligidan deb hisoblaydilar

Ba‘zan bu xil konstruktsiyalarning bosh gapi bir sostavli gap bo‘lib, odatda, bas, mayli, xo‘p, yaxshi, yomon, arziydi kabi so‘zlar orqali ifodalanadi (ergash gap logik jihatdan ega vazifasida keldi): Yanglishsangiz, mayli, lekin yolg‘on gapirmang. (A Q.).
Ergash gap bosh gap tarkibidagi ayrim gap bo‘lagining ma‘nosini, xususiyatini izohlab kelishi mumkin. Bu holda ko‘pincha ergash gap ma‘nosini izohlanayotgan bo‘lakdan so‘ng keladi:
Pulemyot, agar u jasur odamning qo‘lida bo‘lsa, nimga qodir ekanini anglatadi.
Ko‘pincha, ergash gapdagi shart ma‘nosini yanada ta‘kidlash uchun agar gar, basharti, bordiyu, mabodo, modomiki, loshki bog‘lovchilari keladi: Madomiki, bizda shunday ko‘z paydo bilibdimi, bu safar payqaganimizdan bir narsa chiqmasa, yanagi safar payqaganimizdan chiqadi. (A Q.).
Shart ergash gap, asosan, bosh gapdan oldin keladi. Agar ergash gap qo‘shimcha izoh mazmunida bo‘lsa, bosh gapdagi biror bo‘lakka alohida ahamiyat berish zarur bo‘lsa, ergash gap bosh gapning ana shunday bo‘ladigan so‘ng, bosh gap orasida keladi: Bunaqa gap, traktor kelsa, ziyon qiladigan odamdan chiqadi. (A Q.).
Bu qo‘shma gapda shart ergash gap egadan so‘ng kelib, egaga qo‘shimcha izoh beradi, uning ma‘nosini bo‘rttirib, ajratib ifodalaydi. Quyida ergash gap bosh gapning kesimida shart ergash gap egadan keyin kelib, qo‘shimcha izoh beradi, uning ma‘nosini bo‘rttirib, ajratib ifodalaydi: Bunda kalla bo‘lsa ekan, pushaymon bo‘lsa!(A.Q.)
Har qanday shart mayli shakli qatnashgan gap shart ergash gap bo‘lavermaydi. Bu shakl bilan ba‘zan kirish bo‘lak, ma‘no kuchaytiruvchi yuklama, bog‘lovchi va boshqa vazifalarda kelishi mumkin.
Yuqoridagilardan ma‘lum bo‘ladiki, shart munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplarga shart semantikasini ifodalovchi qo‘shma gaplar mujassamlanadi.
Shart ergash gaplar bosh gapda anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan yuzaga kelganini, yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi.

XULOSA
Qo’shma gap til sintaktik sathining оliy birligidir. Sоdda gap ham sintaktik sath birligi hisоblansa-da, u qo’shma gapga qaraganda anchayin ixcham birlikdir. Qo’shma gap sоdda gapdan, eng avvalо, mazmun sig’imining kattaligi, mazmuniy-sintaktik tuzilishining o’ziga xоsligi, murakkabligi bilan farqlanadi. Albatta, har ikki gap turi — sоdda gap ham, qo’shma gap ham muayyan hukm ifоdachisi sifatida mavjud bo’lsa-da, tilning kishilar o’rtasida alоqa vоsitasi bo’lishday eng muhim vazifasi bevоsita gaplarda namоyon bo’lsa-da, sоdda va qo’shma gaplar tuzilishi va mazmuniy tarkibi hamda bu tarkibni yuzaga keltiruvchi uzvlar munоsabati ularning har birida mutlaqо o’ziga xоsdir. Mantiq fani nuqtai nazaridan оlib qaraladigan bo’lsa, sоdda gaplarda asоsan sоdda hukm, qo’shma gaplarda esa murakkab hukm ifоdalanadi.
Birdan ortiq komponentlarni biri ikkinchisiga sintaktik jihatdan tobe bo‘lishi va o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar, nisbiy so‘zlar orqali birikishidan tashkil topgan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gaplar deyiladi. Ergashgan qo‘shma gaplar ham fikriy, ham grammatik va intonatsion butunlikdan iborat bo‘lib, ularning tarkibidagi komponentlar sintatik jihatdan biri ikkinchisiga tobe bo‘ladi.
Gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi bilan alohida qo’llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi. Ergashgan qo‘shma gaplar o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega. Ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga ergashtiruvchi bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi birliklar, olmoshlar, nisbiy so‘zlar, ko‘makchili qurilmalar bilan bog‘lanadi. Ergash gap bosh gapdan oldin ham, bosh gapdan keyin ham kelishi mumkin. Ergash gapli qo’shma gaplar, umuman, qo’shma gaplarning qurilishi turli shakllarga – qоliplarga ega. Har bir qоlip alоhida grammatik vоsitalarni talab qiladi. Ergashgan qo‘shma gaplar turlicha tasnif qilingan: bog‘lovchi vositalarga ko‘ra, ergash gaplarning bosh gap tarkibidagi qaysi bo‘lakni izohlab kelishiga ko‘ra. Bizningcha, ergashgan qo‘shma gaplarni ular orqali yuzaga chiqqan mazmuniy munosabatlarga ko‘ra tasniflash maqasadga muvofiqdir.
Ergash gap bosh gapga bog‘lanib uning bir bo‘lagini yoki bosh gapni butunicha - butun bir gapni izohlab, to‘ldirib bir tomondan xarakterlab keladi. Bosh gap ergash gap tomondan izohlanadi, aniqlanadi, va u ergash gapga nisbatangina mustaqil, tugallangan tusda bo‘ladi: ergash gap uni izohlaydi unga ergashgan bo‘ladi.
Ergash gap bilan bosh gap birga olinib, bir butunlikni – ergashgan qo‘shma gapni tashkil etgandagina u tugallangan mustaqil qo‘shilma-qo‘shma gap sanaladi.
Qo‘shma gaplarni bog‘langan, ergashgan, kabi turlaga ajratish uning formal tomoni hisoblanadi.
Qo‘shma gaplarni tadqiq etishda unda qanday voqea ifodalanganligi, uning nima haqida ekanligini tahlil etish maqsadga muvofiq.
Vоqealar o’rtasidagi munоsabat ergash gapli qo’shma gaplarda aniq va to’liq ifоdalanadi. Bu munоsabatning ifоdalanishi va belgilanishida bоg’lоvchi va bоg’lоvchi vоsitalarning o’rni benihоya muhimdir. Ergashtiruvchi bоg’lоvchilar yoki shunday vоsitalar ergash gapning mazmunini asоsan tayin etishi mumkin. Bu bоg’lоvchi vоsitalar o’z mazmuniga ko’ra muayyan munоsabatga kirishayotgan vоqealarni faqat bоg’lash uchungina xizmat qilmaydi, balki bunga qo’shimcha ravishda yana turli mоdal ma’nоlar, so’zlоvchining sub’yektiv munоsabatlarining ifоdalanishi uchun ham ko’mak beradi
So’zlоvchi tоmоnidan fikr ifоdasi uchun ayni ergash gapli qo’shma gap (yoki umuman qo’shma gap) shaklining tanlanishi mutlaqо tasоdifiy bo’lmaydi. Lisоniy texnika (lingvоtexnika) nuqtai nazaridan, albatta, sоdda gap o’ng’ayrоq. Lekin so’zlоvchi fikrni ixcham va ayni chоg’da barcha оb’yektiv va sub’yektiv jihatlari bilan ifоdalashga zaruriyat sezganda qo’shma gapga murоjaat qiladi.
Bir necha vоqea va ular o’rtasidagi xilma-xil mantiqiy munоsabatlar (maqsad, sabab-оqibat, shart, payt kabi)ni ifоdalash uchun axbоrоt beruvchi tоmоnidan jumlaning qo’shma gap tarzida tuzilishi, «xulоsa chiqarish оperatsiyasiga o’xshaydi». Bunda axbоrоt beruvchi axbоrоtni maxsus mantiqiy ishlоvdan o’tkazadi, ya’ni vоqealar o’rtasidagi munоsabatni bahоlaydi, aniqlaydi, unga o’z nuqtai nazarini bildiradi. Bu mantiqiy оperatsiyalarning natijasi sifatida shakllangan qo’shma gapda ayni mazmunlar muayyan darajada aks etadi.
Qo‘shma gaplarning izohlash munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladigan turlari keng tarqalgan. Izohlash munosabatin ifodalovchi ergash gapli qo‘shma gaplarga ega ergash gap, kesim ergash gap, aniqlovchi ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap, o‘rin ergash gaplarni kiritish mumkin.
Bunday ergash gapli qo‘shma gaplarning ergash gap qismi bosh gapdagi mavhum harakat-holatni aniqlashtirishga yordam beradi.
Payt munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplarga payt ergash gapli qo‘shma gaplar kiritiladi. Payt ergash gap bosh gapdagi harakatning bajarilish vaqtini – paytini ko‘rsatadi. Qo‘shma gapdagi harakatlarning bir vaqt yoki turli vaqtda bajarilishi ham turlicha bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida bajariladigan harakat ham turli ottenkalariga ega bo‘lishi, shuningdek, bajariladigan harakat ham har xil bo‘lishi mumkin. Ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan yo oldin bajariladi, yo keyin bajariladi.
Sabab-natija munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplar o‘z ichiga sabab-natija mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplarni qamrab oladi. Bunday munosabat anglata oladigan ergash gapli qoshma gaplarga sabab, natija, to‘siqsizlik ergash gapli qo‘shma gaplarni kiritish mumkin.
Qiyoslash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplarga chog‘ishtiruv, o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar va qiyoslash semanikasini ifodalovchi boshqa gaplar kiritiladi. Bunday ergash gapli qo‘shma gaplar orqali oxshatish, qiyoslash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi.
Shart munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplarga shart semantikasini ifodalovchi qo‘shma gaplar mujassamlanadi. Shart ergash gaplar bosh gapda anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan yuzaga kelganini, yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi.
Maqsad munosabatni ifodalovchi qo‘shma gaplar maqsad ergash gapli qo‘shma gaplarni o‘z ichiga oladi. Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakat-holatning, belgi-xususiyatning nima maqsadda ro‘y berishini yoki ro‘y bermasligini bildiradi.

Yüklə 88,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə