Mundarija


Qozg`alonning bostirilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə33/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

Qozg`alonning bostirilishi


Viloyatning hamma joylaridan Jizzax qo`zg`alonchilari uchun madadga yetib kelishardi. Jazolovchilarga qarshi ular qurolsiz holda tashlandilar. 16-iyulda podsho hukumati qo`shinlari tevarakdagi qishloqlarga o`t qo`yishdi, eski Jizzax markazi ham yondirib tashlandi. Ammo qo`zg`alonchilar taslim bo`lishmadi.

Kurash qattiqbo`ldi, qo`zg`alonchilar oxirigacha turib berishdi. Faqat 18-iyulda chorqo`shini Jizzax shahrini egalladi. Ko`pgina qishloqlar butunlay vayron etildi. Dehqonlarni, shaharliklarni tergovsiz va sud qilmasdan otib tashlayverdilar. Halok bo`lganlarni kechalari qarindoshlari tog`dan tushib, olib ketib, dafn etishardi.

1916-yilgi qo`zg`alonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar ommasi bo`lgan. Unda shahar kambag`allari — qora ishchilar, kosib-hunarmandlar, mardikorlar, chorakorlar ham faol ishtirok etdi. Butun Turkiston o`lkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazolovchilar temiryo'1 bo`ylab qo`zg`alon bo`lgan barcha mintaqalaridan o`tdilar.

Mustabid hukumat qo`zg`alonga yaxshi qurollangan armiyani tashladi. 25-iyulga kelib, hamma joyda qo`zg`alonlar bostirildi, qo`zg`alonchilar ayovsiz jazolandi. Ayniqsa, Jizzax aholisidan shafqatsiz o`ch olindi. Qo`zg`alonchilardan chorva, molmulk va bor g`allasi tortib olindi. Yangi tayinlangan general-gubernator Kuropatkin buyrug`iga ko`ra Jizzax shahri yo`q qilib tashlandi, ko`pgina qishloqlar tag-tugi bilan yondirib yuborildi. Jizzax uyezdi aholisidan o`ch olish maqsadida mavjud ekin maydonlarining hammasi musodara etildi. Minglab odamlar Sibirga surgun qilindi va turmalarga tashlandi.

1916-yilgi qo`zg`alon o`zbek xalqining podsho hukumati va Rossiya mustamlakachiligiga qarshi milliy-ozodlik harakatining cho`qqisi bo`ldi. Qo`zg`alonchilar aniq rejasi bo`lmagani tufayli tarqoq hujum qilishdi. Biroq qo`zg`alon kamchiliklari va yaxshi tayyorlanmaganligiga qaramay, Turkistonda milliy-ozodlik harakati rivojlanishida muhim bosqich bo`ldi. U Turkiston mehnatkash ommasi chorizmga qarshi yalpi ozodlik harakati yo`liga kirganini namoyish etdi. Qo`zg`alonchilar chorizmning mo`min-qobil va mute qullari bo`lib qola olmasliklarini isbotlashdi. 1916-yil qo`zg`alonining tarixiy ahamiyati ham shundadir, kun tartibida endi qurolli kurash turar edi.

1917-yil fevral inqilobidan so`ng Turkiston masalasi bo`yicha adolatli qarorga kelish imkoni tug`ildi. 30-mart kuni Turkiston general-gubernatori va Bosh qo`mondoni general Kuropatkin vazifasidan chetlatildi va hibsga olindi. o`lkaning eski ma'muriy boshqaruv apparati o`rnida Turkiston Muvaqqat hukumati qo`mitasi tashkil etildi. Shu bilan Turkistonda 50 yil hukm surgan general gubernatorlik barham topdi.



Yakunlarni chiqaramiz

-1914-yil 1-avgust — Birinchi jahon urushi boshlandi;

-urushga ketadigan xarajatlarning katta qismi Turkiston aholisi zimmasiga tushdi;

-"Ayollar isyoni" — narxlar oshirilishiga qarshi xalq g`alayonlari edi;

-1916-yil 25-iyun — erkak aholini frontorti ishlariga mardikorlikka olish to`g`risida oqpodsho farmoni chiqdi;

-1916-yil 4-iyul — Xo`jandda qo`zg`alon boshlandi;

-Samarqand viloyatida, Marg`ilon, Andijon, Toshkent, Namangan, Jizzaxda xalq qo`zg`alonlari bo`ldi;

-25-iyul — butun Turkiston hududida qo`zg`alonlar bostirildi;

-Mustabid hukumatga qarshi ommaviy ozodlik harakatlari boshlandi.

8 BOB MUSTAMLAKA SHAROITIDA TURKISTONDA MADANIYATNING RIVOJLANISHI


BOBNI o`RGANISH NATIJASIDA:

— islom dinining Turkiston aholisi -turmushiga ta'siri;

— mustamlaka qaramligi sharoitida fan va maorif rivojlanishi;

— demokratik yo`nalishdagi adabiyot rivojlanishida jadidlarning roli;

— jadidlarning ma'rifatchilik harakati va ular tomonidan yangiusul maktablari ochilishi;

— mustamlaka ma'muriyatining yangiusul maktablari tashkilotchilariga qarshi kurashi;

— arxitektura, teatr va musiqa san'ati, matbuot va kitob matbaachiligi rivqjlanishi xususiyatlari haqida bilib olasiz.

36-§. XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA MAORIFNING RIVOJLANISHI

Islomning halq hayotidagi roli


XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiston ma'naviy hayotining asosi islom edi. Madaniyat, maorif, san'at, huquq, falsafa, adabiyot — barchabarchasi islom dini asosida o`qitilar edi. Oilaviy munosabatlar, turmushning an'anaviy shakllari, ijtimoiy hayot ham diniy qoidalar bilan belgilanar edi. Shariat — islom qonuni musulmon hayotining barcha jihatlarini tartibga solib turardi.

Islom dini davlat hokimiyatining tayanchi edi. Oliy ruhoniylarning o`zi ham hukmron sinfning bir qismi — ruhoniylar yirik zamindorlar bo`lishgan va ularning nufuzi iqtisodiy qudrati va jamiyatdagi mavqei bilan belgilanar edi. Ko`pgina aslzoda ruhoniylar davlat hokimiyatida muhim lavozimlarni egallagan edilar. Buxoro amirligida shayxulislom islom rahbari va boshqozi bosh shariat suyasi lavozimlari bo`lgan.

Islom Turkiston xalq ommasining mafkurasi edi. Barcha musulmonlar o`z diniga sodiqligining asosi bo`lmish beshta asosiy farzni ado etishi lozim edi: kalimai tavhid — "Ollohdan o`zga tangri yo`qdir, Muhammad uning payg`ambaridir" deb aytish; har kuni besh marta namoz o`qish, har yili bir oy ro`za tutish, zakot (soliq) to`lash va hajga borish. Davlat hokimiyati aholi belgilangan qoidalardan chetga og`masligi ustidan qafiy nazorat qilar edi.

Buxoro islom saltanati edi. Yuzlab masjidlarda butun islom olamiga tanilgan ko`plab diniy markazlar joylashgan edi. Buxoroning islom olamidagi ulug`ligi va ahamiyatini ta'kidlagan holda bu shaharni "islom gumbazi" yoki "Buxoroi sharif' deb atashgan. Bu shaharda butun musulmon olamiga tanilgan allomalar, olimlar, nazariyotchilar va sharhchilar — islom bilimdonlari yashar va ijod qilishar edi.


MAORIF


Maktablar — boshlang`ich maktablarning keng tarqalgan turi bo`lib, uning dasturi murakkab emasdi. Bu yerda dastavval arab alifbosi harflari o`rganilgan. Shundan keyin islomning asosiy qoidalari aks etgan Qur'oni karimdan tanlab olingan suralar va oyatlardan iborat "Haftiyak" (ya'ni Qur'oni karimning yettidan biri)ni yod olishga kirishilgan. So`ng musulmon marosimlari tasvirlangan "Chorkitob", so`ngra "So`fi Olloyor"m yod olishga kirishilgan. "So`fi Olloyor" she'riy shaklda o`zbek tilida tuzilgan bo`lib, avliyolar, payg`ambarlar hayoti haqidagi hikoyatlarga ega musulmon "avliyonoma"larini o`zida ifoda etgan. Shundan keyin fors shoiri Hofizning hayoti va diniy faoliyatining turli jihatlariga bag`ishlangan "Xo`ja Hofiz" devonini o`rganish va yod olish kerak bo`lgan. Nihoyat, dasturdan tashqari bir nechta diniy kitob yod olingan. Maktablardagi butun ta'lim davri 5—6 yildan iborat bo`lgan.

Maktablardan tashqari, oliy o`quv yurtlari — madrasalar ham bo`lgan. Ularda din arboblari — ilohiyotshunoslar va shariat, ya'ni musulmon diniy huquqi bilimdonlari tayyorlanar edi. Madrasada o`qish 10 yilgacha davom etgan. Ayrim madrasalarda boshlang`ich matematika kursi ham o`qitilgan. Madrasani tugatgan talaba Qur'oni karimning eng inurakkab qoidalarini ham mukammal sharhlab berishi shart bo`lgan.



Qorixonalar deb nomlangan maxsus maktablar ham bo`lib, ular Qur'oni karim qorilarini tayyorlashga xizmat qilar edi.

Qiz bolalar uchun ham maxsus maktablar bo`lib, bu yerda otinbibilarni, ya'ni Qur'oni karimdan, an'anaviy marosimlardan, oila parvarishidan, axloqiy me'yorlardan, odob, ya'ni yurish-turish va tarbiyadan saboq beruvchi savodxon ajjpllar tayyorlanar edi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə