12 – mavzu.Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari
Hozirgi kunda “pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o’quvchilarning ta`lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.“Ijtimoiy texnologiyalar” ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog`liq texnologiyalarga juda yaqin. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog`liq.
1.Topshiriq. Ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini tasniflang.
13. Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya
Ta`lim muassasasining reabilitatsion tizimi, asosan, psixologik-pedagogik tavsifga ega bo’lib, uning mazmuni va shakllari maktab xodimlarining zimmasida bo’ladi. Ta`lim muassasalarida ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab depressiyalarining oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga, shuningdek, ularni o’quv faoliyatining sub`ekti sifatida tiklashga qaratiladi. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy — psixologik — pedagogik) xizmati modeli muassasa o’ziga xosligini ham inobatga oladi.
1.Topshiriq. Maktab reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalarini tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: |