Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

8-rasm. “Poytaxtlar”
sahifasi 
Ekranda geografik kontur namoyon bo’ladi. Bizga bu bandda ketma-ket 
shaharlar joylashgan o’rnini topish vazifasi qo’yiladi. Agar biz bir urinishda 
to’g’ri javobni tanlay olsak, keyingi savolga o’tilgan holatga ko’zimiz tushadi. 


Agar to’g’ri javobni topa olmasak, 2-marta urinishdan so’ng to’g’ri javob 
turgan nuqta o’zi qizil rangli tus olib, bizni ogohlantiradi.
Navbatdagi band “Poytaxtlar” viktorinasi. Bu sahifa yozuvi ustiga borib 
sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosganimizda quyidagi holat sodir 
bo’ladi: (9-rasm) 
9-rasm. “Seterra” dasturi “Poytaxtlar” viktorinasi 
Bu holatda topshiriq sifatida poytaxt nomi berilgan, u qaysi davlat 
poytaxti ekanligini topish kerak. 
“Daryolar” bandida daryo konturi berilgan, ketma-ket mintaqa daryolari 
joylashuvini aniqlab topish vazifasi yuklangan (10-rasm). 
10-rasm. “Seterra” dasturi “Daryolar” bandi 
Hozirgi paytda, ilm-fan va ta’limiy texnologiyalarning eng so’nggi 
yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va 
uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim 


sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan-texnika, texnologiyalar rivoji asosida kadrlar 
tayyorlashning takomillashgan tizimning amal qilishga erishishdan iboratdir. 
“Seterra” dasturi mukammal ishlangan bo’lib, bu dastur barcha 
mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida tashkil 
etish imkonini berib, o’quvchi-talabalarning mustaqil va guruhiy mashq 
bajarishlari, mustaqil ijodiy fikrlashi, mavzularni o’rganishda mavjud 
geografik bosma va elektron manbalardan to’g’ri foydalanishga, erkin 
mulohaza yuritishga hamda mustaqil ilmiy tadqiqotlarni bajarishda 
imkoniyatlar yaratadi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə