ma’ro’zachi yoki opponent sifatida tayyorlanib kelishga
o’rgatish juda muhim hisoblanadi. Referatli ma’ro’zalarni
yakuniy
seminarda, uning asosiy savollari avvaldan
muhokama qilib bo’lingan, katta bir mavzu bo’yicha
ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Press-konferentsiya.
Qisqa so’zga chiqishdan so’ng birinchi savol bo’yicha
ma’ro’zachiga (agarda ma’ro’zalar
bir qator talabalarga
berilgan bo’lsa, o’qituvchining o’zi ulardan biriga so’z
beradi) so’z beriladi. SHundan so’ng har bir talaba
ma’ro’za mavzusi bo’yicha unga savol berishi lozim.
Savol va javoblar seminarning
markaziy qismini tashkil
etadi. Qancha ko’p jiddiy tayyorgarlik ko’rilsa, savollar
shunchalik chuqur va mahoratli beriladi.
Savollarga avval
ma’ro’zachi javob beradi, so’ngra
u yoki boshqalar
bo’yicha istagan bir talaba o’z fikrini bildirishi mumkin.
Bunday holatlarda qo’shimcha ma’ro’zachilar, agarda
shundaylar belgilangan bo’lsa,faol bo’ladilar. O’qituvchi
har bir muhokama qilinayotgan savol bo’yicha, yoki
seminar yakunida o’z xulosasini qiladi.
Dostları ilə paylaş: