Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

4. EKOLOGIK QISM 
4.1. Ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan Sanitariya va gigiyena talablari 
Yoritishga qo‘yiladigan talablar. 
1. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish KMQ 2.01.05-98 «Tabiiy 
va sun’iy yoritish» talablariga mos bo‘lishi lozim. 
2. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi 
taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta 
tekshirilishi lozim. 
3. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi 
oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim. 
4. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor 
mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi. 
5. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy 
bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 
Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar kon-tsentratsiyasi 
yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi 
kerak. 
4.2. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar. 
1. Xududagi harorat, nisbiy namlik, havoni xarakatlanish tezligi va boshqalar 
GOST 12.1.005-88 “Ish hududini havosi umumiy sanitariya- gigiyenik talablari”ga 
muvofiq bo‘lishi kerak. 
2. Nokulay omillar ta’siriga, qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo 
almashinuvi tizimini QMQ 2.
04.
05-
97
«Isitish, ventelyatsiya va konditsiyalash» 
talabiga muvofiq tashkil qilish lozim. 


67 
Yoritishning ahamiyati 
Kishilar yashash faoliyatining tabiiy shart-sharoiti sifatida yorug‘lik 
salomatlikni saqlashda muhim ahamnyatga ega. Quyosh Yer yuzida energiya, 
issiqlik, nur manbaidir. 
Yer yuzidagi barcha tirik mavjudot quyosh nurlaridan bahra oladi. Quyosh 
radiatsiyasining ahamiyati inson organizmi uchun g‘oyat bebahodir. Ko‘zga 
tashlanuvchi nurlar ko‘rish singari nozik va masofaviy analizatorlik fao-liyatini
ta’minlaydi. 
Quyosh yorug‘ligi — ko‘rish analizatori orqali katta yarim sharlar qobig‘i 
faolligini oshirib, markaziy asab sistemasi holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik 
insonning tuyg‘un holatiga ijobiy ta’sir qiladi, kayfiyatini yaxshilaydi, hayotiy 
faoliyatini oshiradi. Yerug‘lik ko‘rish tahlilotchisi orqali refleks tarzda va qisman 
teriga joylashgan periferik nerv oxirlari orqaln harakat qilib, organizmda 
fotokimyoviy jarayonlar paydo bo‘lishiga, hayot tarzi (uxlash va bedorlik) 
maromiga, moddalar almashinuvi, yurak qon-tomir sis-temasi faoliyati va 
hokazolarga ta’sir ko‘rsatadi. 
Yorug‘likning yetarli darajada yaxshi bo‘lishi mehnat unumdorligining 
ortishiga yuksak saviyada ishlash qobiliyatinp saqlashga yordam beradi. 
Yomon yoritilgan korxona, mehnat qobiliyati va unumdorligining 
pasayishiga, refraksiya (yorug‘lik nurlarining sinishi) anomaliyasi (odatdagi 
holatdan chetga chiqish)ning o‘sishiga, shuningdek ishlab chiqarish 
jarohatlanishining ko‘payishiga, ko‘rish analizatori toliqishining ortib borishiga 
olib keladi. 
Ish joylarining yorug‘ligi devor va shift bo‘yoqlarga hamda uskunalarga 
bog‘liq. Ma’lumki, ochiq bir xil quvvatdagi nur manbalari orqali yoritishda
o‘quvchilarning ishlash qobiliyatiga ko‘rsatib, xonaning yoritilish darajasini 


68 
anchagina oshiradi. Buning uchun o‘ziga tushadigan nurning kamida 40 foizini 
mujassamlantiruvchi ranglarni tanlash tavsiya qilinadi. 
Asab sistemasiga ko‘proq yoqimli ta’sir etuvchi spektrning o‘rtacha to‘lqin 
qismidagi ranglar asosiy hisoblanadi. Ular orasida umuman organizm ruhiyati 
hamda ko‘rishning fiziologik faoliyatiga zid ta’sir ko‘rsatuvchi sovuq va iliq 
ranglar ham mavjud. Iliq ranglar kishini hayajonlantirib, kayfiyatni ko‘taradi, 
sovuqlari xotirjam qiladi; mushaklarning ishlash qobiliyati iliq rangli yorug‘likda 
sovug‘iga nisbatan yuqori bo‘ladi[15]. 
Ishlab chiqarish yoritgichini o‘rnatishda, unga gigiyenik nuqtai nazardan 
baho berishda uning tomonlarining sifati va sonini hisobga olish zarur. Ishlab 
chiqarish sexlari va ustaxonalaridagi yoritgichlar miqdori ularning saviyasiga 
qarab, mehnatning o‘ziga xos xususiyatlaridan, asosan ko‘rish organlari oldiga 
qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda baholanishi kerak. Ishlab 
chiqarishning yoritilishiga gigiyena jihatidan qo‘yiladigan talablar idrok etishning 
ruhiy-fiziologik xususiyatlariga asoslangan. Bunga birinchidan, yorug‘likning 
qulay spektral tarkibi quyosh nuri yorug‘ligiga yaqinligi; ikkinchidan, gigiyena 
normalariga mos keladigan aniqlikni talab qiladigan ko‘zga zo‘r kelishini va 
boshqa ayrim sharoitlarni inobatga ola-digan yorug‘likning yetarli darajada 
bo‘lishi; uchinchidan, ko‘pincha qayta ko‘nikishga to‘g‘ri kelganda va ko‘z 
charchog‘i oshib borgan taqdirda xonadagi yorug‘lik tengligi hamda barqaror 
darajadaligi; to‘rtinchidan, ishlash joyi atrofida nur manbai singari boshqa 
buyumlarning yiltillashiga qarshi kurash kiradi. Ishlab chiqarish binolari tabiiy va 
sun’iy yo‘l bilan yoritilishi mumkin. Tabiiy quyosh nuri qulay spektrga ega, ko‘z 
unga ko‘nikuvchandir. 
Biroq quyosh nuri doimiy nur manbai bo‘la olmaydi, chunki u kun, mavsum 
mobaynida ob-havo sharoitiga qarab keskin o‘zgarishi mumkin. Masalan, bahorda, 
yozda quyosh charaqlab turadi, lekin kechqurun (ayniqsa kech kuz va qishda), 
shuningdek, havo bulutli kezlarda quyosh nuri va uning issiqligi pasayadi. 


69 
Sun’iy yoritish qayd etilgan kamchiliklardan xoli bo‘lsa-da, lekin ba’zan 
ko‘plab energiya sarflash bilan bog‘liq, tabiiy nurga nisbatan yomonroq spektral 
xususiyatlarga ega, elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etishni talab qiladi va
hokazo. 
Yoritilish me’yori va uning sifat xususiyatlari qurilish hamda «Tabiiy va 
sun’iy yoritish» qoidalarida (SN va P) ko‘rsatib o‘tilgan. Loyihalash normalari 
sanoat va qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga tarqatiladi. Normalar umumiy, 
tarmoqlararo jihatga ega. Ular asosida, ko‘rish ishlari xususiyatlarini hisobga olgan 
holda saioatning turlari uchun tarmoq normalari ishlab chiqiladi. Normalar ob’ekt 
farqining eng kichik hajmini, ob’ekt zidma-zidligi kattaligini va rang 
xususnyatlarini hisobga olgan holda razryad bo‘yicha belgilanadi. 
Ishlab chiqarishda tabiiy yoritishga baho berish uchun tabiiy yorituvchanlik 
koeffitsiyenti (TYoK) kattaligidan foydalaniladi. TYoK — bino ichkarisi 
tashqariga nisbatan necha marta kam yoritilganligini ko‘rsatuvchi niyebiy
kattalikdir. 
Binoning hajmi, mutanosibligi, nurni qabul qiluv-chilarning hajmi, 
joylashtirilishi, imorat ichki sathi va unga soya tashlab turgan ob’ektlarping 
yorug‘likpi qaytarish qobiliyati, T
YO
K
kattaligiga ta’sir ko‘rsatadi. TYoK kunning 
qaysi vaqti ekanligi va tabiiy yoritilishning o‘zgaruvchapligiga bog‘liq emas. 
Binoning nimaga mo‘ljallanganligiga va u yerda nurni qabul qiluvchilar qanday 
joylashganligiga qarab, TYoK 0,1 foizdan 10 foizgacha normalashtiriladi. Binoni 
tabiiy yoritish normalari nurni qabul qiluvchilarning yon hamda ustki joylashuvi 
uchun alohida-alohida belgilangan. Bitta yon tomondan yoritilganda T
YO
K
ning 
epg kam ta’siri derazadan anchagina olisda devordan bir metr masofaga, ikki 
yondan yoritilganda binonipg o‘rtasiga normalashtiriladi. 
Binolardagi tabiiy yoritish darajasi nur o‘tkazish koeffitsiyentini 
kamaytiradigan daraja sathining ifloslanishi oqibatida pasayishi mumkin, devorlar 
hamda shiftning ifloslanishi esa nurni qaytarish koeffitsiyentini kamaytiradi. 


70 
Shuning uchun unchalik ko‘p chang, tutun va qurum bo‘lmaydigan binolar 
oynasini yiliga kamida ikki marta, anchagina ifloslanadigan bo‘lsa, to‘rt marta 
tozalash lozim. Shift hamda devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo‘yash 
kerak[16]. 
Yetarli tabiiy yorug‘likni ta’minlash uchun derazalarning oynali sathi va pol 
maydoni nisbati kamida 1:5 bo‘lishi, deraza panjarasi nur qabul qiluvchi umumiy 
maydonning ko‘pi bilan 20 foizini tashkil etishi lozim. 
Ishlab chiqarish binolarini sun’iy yoritish uchun lyuminessent chiroqlar 
hamda cho‘g‘lanish lampalaridan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish sexlari binolaridagi ish joyining yetarli jihatdan
sun’iy 
yoritilganligi (ishning aniqligi, devor ranglari yorug‘ligining qandayligi, 
farqlanuvchi ob’ekt bilan shu ranglar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka muvofiq 
ko‘rish tahlilotchisining toliqish darajasiga qarab aniqlanadi va lyuks) lyukslarda 
normalashtiriladi. Ishlab chiqarish ustaxonalari lyuminessent chiroqlar orqali 
yoritilganda 300 lk dagi daraja eng kam hisoblanadi. 
4-bob bo’yicha xulosalar: 
1.Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar kon-
tsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan 
alohida bajarilishi kerak. 
2.Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi 
oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim. 
3.Avariya yoritkichlari — avariya natijasida ish yoritkichlari o‘chib 
kolganda ishni davom ettirish yoki odamlarni xonalardan evakuatsiya kilish 
maqsadida o‘rnatiladi. Bunda ish sirtlarining eng kam yoritilganligi me’yorida 
yoritilganlikning kamida 5 % ini, ammo bino ichida 2 lyuks ni tashkil etishi zarur. 


71 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə