Namangan muhandislik texnologiya instituti yengil sanoat texnologiyasi fakulteti


IQTISODIY SAMARADORLIGINI HISOBLASH



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix11.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#143848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
15d486d1-96a1-47ed-b745-40332aa55ede

5.IQTISODIY SAMARADORLIGINI HISOBLASH 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy 
tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish, 
vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan 
hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo iqtisodiyotning real 
sektorini jadal va sifatli rivojlantirish zarur bo’ladi. Ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, 
uni ma`naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta 
tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon
 
hisoblanadi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib 


quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; 
ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy 
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
 
Buning uchun paxta tolasidan olingan ipni eksport qilmasdan uni toyyar 
mahsulotga aylantirib sotilsa davlatimizning iqtisodiy budjetiga katta xissa 
qo’shgan bo’lamiz. Buni natijasida ishsizlik qatlami ham anchagina kamaytirgan 
bo’lar edik. Bugun bu borada prezidentimiz SH. Mirziyoyev qarorlari bilan 
barcha yigiruv korxonalari klasster tizimiga o’tish uchun yangi loyhalar ishlab 
chiqmoqdalar 
va 
ularni 
amalga 
oshirishni 
ham 
boshlab 
yubordilar.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta`minlashda kelgusi davr uchun 
puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, 
turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq 
belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o’tilgan 
yo’l–oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali 


72 
tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini 
yanada takomillashtirib borish ham muhim printsipial ahamiyat kasb etadi.
 
Ushbu qoida ayniqsa hozirgi sharoitda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Xususan muxtaram yurt boshimiz Sh. Mirziyoyev tashabbuzlari bilan bugun tekstil 
sohasida qator ishlar olib borilmoqda. Xisob–kitoblarga qaraganda ip kalavani 
eksport qilsak, tolaga nisbatan 1,4 marotaba ko’p daromat olamiz. Agar uni tayyor 
mahsulotga aylantirib sotadigan bo’lsak, ekspartdan keladigan daromadimiz 6,0 
barobarga ko’payadi. Bu esa budjetga qo’shimcha soliq va aholi bandligini 
ta’minlash mumkin. Bundan tashqari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jaxon 
standarti talablariga javob berishi uchun sifat-nozorat tizimini tubdan isloh etish, 
“Sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonunga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida ham 
ko’rsatmalar berdilar[17]. 
“Namangan toqimachi”MCHJ korxonasida diplom loyihasi mavzusi asosida 
tajriba o’tkazish uchun pnevmomexanik usulda ip yigirish jarayonini tahlil qilindi.
Tajribani ikki xil rusumdagi mashinalardan o’tkazilib olingan natijalarni tahlil 
qilib tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi. Olingan natijalarning tahliliga ko’ra 
iqtisodiy samadorlik aniqlandi. Buning uchun korxonada ishlatilayotgan turli 
rusumdagi 12 ta pnevmomexanik mashinalaridan olingan ko’rsatkichlarni o’zaro 
taqqoslab natijalar ko’rib chiqildi. Korxonada ishlayotgan mashinalarning 6 tasi 
RIETER firmasining BT-903 va qolgan 6 tasi Schlafhorst firmasining Autocoro 
288 ni tashkil etadi. 1mashinadagi kameralar soni BT-903 da 320 ta va Autocoro 
288 mashinasida 288 ta yigirish kamerasi mavjud.
Korxonadagi o’rnatilgan mashinalarning amaldagi unumdorligini quyidagicha 
xissoblanadi. 
Bu yerda, 
- kameraning tezligi, min
-1


73 
- mashinaning foydalanish koeffitsenti 
m- mashinadagi kameralar soni 
N- ipning nomeri 
K-ipning burami (1m dagi buramlar soni) 
Rieter firmasining BT-903 rusumidagi mashinasining 1 soatdagi unumdorligi 
quyidagicha 
Autocoro 288 rusumdagi mashinasining 1 soatdagi unumdorligi quyidagicha. 
Mashinalarga 1soatda bir xil miqdorda maxsulot ta’minlanadi. BT-903 
mashinasiga ta’minlanayotgan hom-ashyo (pilta)dan 91,5 % miqdorda ip ishlab 
chiqarilayotgan bo’lsa, Autocoro 288 mashinasidan esa 95.7% dagi ip ishlab 
chiqarilmoqda. 
BT-903 mashinasiga kiritilgan piltadan 8.5% ni chiqindi tozalash kurulmasi 
orqali chiqindilar sifatida ajratib olinadi va mashinada1 soatda 57,5 kg piltadan 53 
kg ip ishlab chiqarilmoqda. U xolda mashinadan ishlab chiqarilgan ipning sotish
qiymati quyidagi summaga teng bo’ladi, ya’ni 53x1925=102025 so’mni tashkil 
etdi. Ushbu vaqt davomida Autocoro 288 mashinasidan foydalanilsa 57.5 kg 
piltadan 55.2 kg ip ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan ipning sotish qiymati 
quyidagi summani tashkil etadi, ya’ni 55.2x1925=106 260 so’mni tashkil etadi. 
Agar BT-903 mashinasining o’rniga Autocoro 288 mashinasidan qo’lanilganda 
bir xil miqdordagi piltadan 2.2 kg miqdorda ko’p ip yigirishga erishiladi. U xolda 


74 
ushbu mashinada 4235 so’m foyda olishga erishiladi, 1 kunda esa 95288 so’m 
miqdorda foyda keltiradi. 
BT-903 mashinasidan chiqindi sifatida ajralib chiqayotgan tolali chiqindilarning 
50% Autocoro 288 mashinasini qo’lanilganda ipga aylantirilmoqda. 
5- bob bo’yicha xulosalar: 
1.Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta`minlashda kelgusi davr uchun 
puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, 
turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq 
belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. 
2.Olingan natijalarning tahliliga ko’ra iqtisodiy samadorlik aniqlandi. Buning 
uchun korxonada ishlatilayotgan turli rusimdagi 12 ta pnevmomexanik 
mashinalaridan olingan ko’rsatkichlarni o’zaro taqoslab natijalar ko’rib chiqildi.
3. Agar BT-903 mashinasining o’rniga Autocoro 288 mashinasidan qo’lanilganda 
bir xil miqdordagi piltadan 2.2 kg miqdorda ko’p ip yigirishga erishiladi. U xolda 
ushbu mashinada 4235 so’m foyda olishga erishiladi, 1 kunda esa 95288 so’m 
miqdorda foyda keltiradi. 
4.BT-903 mashinasidan chiqindi sifatida ajralib chiqayotgan tolali chiqindilarning 
50% 
Autocoro 
288 
mashinasini qo’lanilganda ipga aylantirilmoqda


75 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə