Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Talaba Malakaviy amaliyoti davrida quyidagi pedagogik ko’nikma va malakalarni



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

Talaba Malakaviy amaliyoti davrida quyidagi pedagogik ko’nikma va malakalarni
egallashi zarur: 
 
-
o’quvchilar jamoasining ijtimoiy-psixologik va yosh xususiyatlarini hamda ma’naviy-
ahloqiy, fuqarolik tarbiyasining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniq tarbiyaviy 
vazifalarni belgilay olishi: 
-
tarbiya jarayonini to’g’ri loyihalashtirish va rejalashtirish maqsadida o’quvchilar jamoasi va 
o’quvchi shaxsini o’rganish; 
-
guruh murabbiysi, “O’zbekiston yoshlar ittifoqi”, ota-onalar Kengashining ish rejalarini 
tuzish hamda ma’naviyat va tarbiyaviy soatlarni, ota-onalar yig’ilishini o’tkazish; 
-
tarbiyaviy tadbirlar senariysini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish; 
-
ta’lim muassasasining oila va mahalla bilan hamkorligini tashkil etish; 
-
sinfdan va ta’lim muassasasidan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish. 
 
1
2017 yil 6 aprel,187-son. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son 
qaroriga 
1-ILOVA



 
Malakaviy amaliyotining hajmi
№ 
Malakaviy Malakaviy amaliyotini 
o`tash davri 
Ajratilgan bir 
haftalik soat 
Ajratilgan 
umumiy soat 
Kredit 
Semestr 
1. 
4-hafta
 
30 
120 

VI 
2. 
Jami: 4 - hafta 
30 
120 

 
I.
 
MALAKAVIY AMALIYOTNING VAZIFALARI 
1.Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu 
bilimlarni o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni 
o`rgatish. 
2.Talabalarni bolalar va o`smirlar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va 
tahlil qilishni o`rganish bilan qurollantirish. 
3.Psixologiya, pedagogika, hamda bolalar va o`smirlar fiziologiyasi bo`yicha olgan bilimlariga 
tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual xususiyatlarini hisobga olgan 
holda o`quv-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishga o`rgatish. 
4.O`quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlardan foydalangan 
holda talabalarni dars mashg`ulotlarni o`tishga tayyorlash. 
5.Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o`quvchilar jamoasi, bolalar oromgohida va 
Yoshlar ittifoqi bilan ishlashga, hamda o`quvchilar bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib 
borishga o`rgatish. 
6.Talabalarni o`z kasbiga bo`lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash, ta`lim va tarbiya 
masalalarini ijobiy hal qilishga o`rgatish, hamda pedagogik fanlarga bo`lgan intilishlarini 
shakllantirish. 
7.O`quvchilar sog`ligini muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarini 
hosil qilish. 
8.Shaxsiy, kalendar mavzuli va tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish va reja-konspekt, hamda 
tarbiyaviy tadbir konspektlarni yozishni o`rgatish. 
9.O`quvchilarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni 
qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlash. 
10.Maktab direktori, o`rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi, fan o`qituvchisi, 
sinf rahbari va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilish. 
11.Tanlab olib ishlayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo`yicha ilmiy rahbari hamkorligida 
ilmiy uslubiy ishlar (materiallar to`plash, tajriba ishlarini yo`lga qo`yish, tajribali 
o`qituvchilardan maslaxatlar olish) olib borish. 
12.Informatika va axborot texnologiyalari, pedagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va 
pedagoglik kompetentligini takomillashtirish. 
13.Fan xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlashga, ko`rgazmali qurollar, tarqatma 
materiallar, dars ishlanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa kerakli materiallar bilan 
boyitishga yordam berish va ularni o`rganish. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə