Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə15/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Қаюмжонова G

Ixtiyorsiz diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan, hissiyotga bog'liq. Kishining faoliyati bilan bog'liq bo'lgan hislar, emotsiyalar ham ixtiyoriy diqqatning kuchi va barqarorligini mustahkamlaydi va kuchayaytiradi. Bilish va amaliy faoliyat jarayonida kishining ongi tobora ko‘proq yangi narsalar bilan boyib borar, bilmagan va oz bilgan narsalarini bilib borar ekan, diqqatning to'planishi va barqarorligi ham ortib boradi. Yangilikni sezish hissi kishining bilish faoliyatini kuchaytiradi, faollashtiradi, shu bilan birga, diqqatning kuchini va barqarorligini mustahkamlaydi. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kishining ayni paytdagi umumiy kayfiyati ham ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat har qanday ishda diqqatimizning kuchini oshiradi. Diqqat obyektidan bo'lak sabablar tufayli qo'zg'algan his-tuyg'ular diqqatning kuchi va barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday his-tuyg'ular diqqatni chalg'itadi va kuchsizlantiradi hamda uning barqarorligini buzadi.
●Masalan, qo'shni sinfdagi musiqa yoki ashula ovozi tufayli tug'ilgan hissiyot o‘quvchilarning darsga qaratilgan diqqatlarini bo'shashtiradi.Ixtiyoriy (irodaviy) diqqatning kuchi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Ko'pincha, ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi ham faoliyat jarayonida irodaning zo'ri bilan ushlab turiladi. Shuning uchun iroda, asosan, diqqatda ko'rinadi, desa bo'ladi. Agar kishi diqqatli bo'lishni xohlab, buning uchun zo'r bersa, diqqat kuchli va barqaror bo'ladi.Bunda kishi ixtiyorsiz ravishda paydo bo'ladigan va diqqatning obyektiga munosabati bilmagan taassurotlar, tasavvurlar, fikr va hissiyotlarni siqib chiqarish va yo'q qilib yuborish uchun zo'r harakat qiladi.
Irodaning ishga solinishida kishining bir maqsadga intilishi, uning ishga shaylanib, hozirlanib turishi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun, kuchli va barqaror diqqat
hosil qilishda ma’lum ishga moyillik va tayyor bo'lishlik katta rol o'ynaydi. Bu ishga shaylanish, tayyor tutishdir. Chunonchi, agarda o'quvchi uy vazifasini tayyorlashga shaylansa, o'qish ishiga hafsala qo'ysa, uning diqqati butun ish davomida unchalik zo'r berishni talab qilmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, uning diqqati kuchliroq va barqarorroq bo'ladi. Diqqatning g'oyat darajada mujassamligini va barqarorligini saqlab turish uchun kishining ishga muvofiqlanishi, ishlashga odatlanib qolganligi katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, deyarli har qanday ish boshda qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'ladi, kishidan alohida kuch bilan zo'r berishlikni talab qiladi. Bironta yangi ishning boshlanishida unga qarata birdaniga diqqatni to'plash qiyin bo'ladi. Biz, ko'pincha, o'zimizni ma’lum bir ish bilan «shug'ullanishga» majbur qilamiz. Masalan, fanning biz uchun qandaydir yangi bo'lgan sohasi bo'yicha kitoblarni sistemali ravishda o'qiymiz. Bunday hollarda diqqatimizni to'plash uchun, ko'pincha, anchagina zo'r berishga, ko'p kuch sarf qilishga to'g'ri keladi. Lekin, ma’lum bir vaqt davomida aynan bir sharoit va ayni bir vaqt ichida ma’lum ish bilan shug'ullanar ekanmiz, natijada bunday ishga o'rganib qolamiz.
●Masalan, kitob bilan ishlashni olsak, unga o'rganib qolgan sharoitimiz bilanoq aytarli zo‘r bermay va unchalik kuch sarf qilmay o'qiy boshlaymiz. Faoliyatimizning boshqa turlarida ham diqqat berib turish uchun bizda hosil bo'lgan odatlar xuddi shunday ahamiyatga egadir. Shunday yo'l bilan biz uchun misli odat bo'lib qolgan diqqat, ya’ni ma'lum bir tashqi ifodaga ega bo'lgan va organizmning ayni ish sharoitiga odatlanib ko'nikishi tufayli doimo ishga tayyor diqqat hosil bo'ladi. Bunday diqqat psixologiyada, boshqacha qilib aytganda, odat bo‘lib qolgan diqqat deb ataladi. Bunday odat bo'lib qolgan diqqatning hosil bo'lishida ishdagi saranjomlik, jumladan, ma’lum ish joyining tayin bo'lishligi, muayyan bir ishning ma’lum reja bilan qilinishi (o'qish mashg'ulotlarining qat’iy jadvaliga rioya qilinishi), mehnat asboblarining va materiallarining joy-joyida bo'lishi katta ahamiyatga egadir. Maktabda partadagi o'rinni tez-tez almashtirib turish, uyda doimiy ish joyining bo'lmasligi -bulaming hammasi o'quvchining diqqatiga salbiy ta’sir qiladi. Odat bo'lib qolgan diqqat ishda saranjomlik bo'lishi uchun juda muhimdir. Bizdagi odatlar mashq natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun, kuchli va barqaror .diqqat ham mashqning mahsulidir.
Diqqatning to'planishi va barqarorligini saqlab turishda kishining qiziqishlari katta ahamiyatga egadir. Ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi, asosan, kishining ayni faoliyatiga bevosita qiziqishiga, ishtiyoqiga bog'liq. Bevosita qiziqish -bu ayni ish jarayonining, ish-harakatlarning o'ziga, ish usullariga bo'lgan qiziqishdir. Ixtiyoriy diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan vositali qiziqishga, ya’ni faoliyatning maqsadi, ishning natijasi bilan qiziqishga bog'liq. Ixtiyoriy diqqat asosida qilinadigan ish jarayonining o'zi zo'r berishni talab qilish tufayli noxush bo'lishi mumkin. Bunday ish davomida diqqatning to'planishi va barqarorligi erishilgan maqsadni, ish natijalarining zarurligi va ahamiyatini anglash orqali saqlab turiladi. Yoshlaming qiziqishlari, ularning asosiy va hayotiy maqsadlari O'zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashi, uning kelajagini, faolligini ta’minlashdan iboratdir. Bunday maqsadlarni anglash o'z ishi jarayonida diqqatining g'oyat darajada to'planishi va barqarorligini ta'min etuvchi eng muhim shartlardandir.


XULOSA
Yuqorida ko'rilgan mavzular,fikrlar davomida shu narsa ma'lum bo'ldiki diqqatning turlari va xususiyatlari odamning yoshlik davrlaridan boshlab rivojlanadi.Hayot davomida o'zgarib,murakablashib boradi.
Shunday qilib. diqqatning ana shu yug’orida ko’rib o ’tgan asosiy xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman o'zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya'ni irsiy yo'l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o'yin, o'qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Inson individlik xususiyatidan shaxs tomon qadam tashlar ekan,avvalo,unda barcha kognitiv jarayonlar sezgi,idrok,diqqat,xotira,tafakkur va h.k.Sezgi organlarimiz tomonidan qabul qilingan axborotlar qayta ishlab idrok qilinadi va xotiraga saqlanadi.Xotiradagi avval o'zlashtirgan ma'lumotlarizmiz,o'tmish tajribalarimiz asosida biz yangi narsalarni tafakur va tasavvur qila olamiz.Lekin atrofdagi bo'layotgan jarayonlarga diqqatimizni qaratmas ekanmiz,hech nmani anglay olmaymiz,anglanmagan ma'lumotlar xotiraga saqlanmaydi.Bu esa o'z-o'zidan diqqatning muhim kognitiv jarayon ekanligini bildiradi.
Yuqorida ko'rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat mavjud bo'lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat -ongimizning o'zimiz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsam izga qaratish, bir nuqtaga to'plash demakdir. Diqqat o'ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning faol borishi va sifatli bo'lishi uchun zarurdir, xolos. Ba’zi psixologlar (masalan, G.A.Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga qo'shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o'ziga xos alohida bir ko‘rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo'shish mumkin.
Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki diqqat idrok,xotira,xayol,tafakkur va nutq singari alohida ruhiy jarayon emas.Diqqat hamma ruhiy jarayonlarda ko'rinadi.Biz “shunchaki diqqatli bo'la olmaymiz,balki biz diqqat bilan idraok qilamniz,diqqat bilan esda olib qolamiz ,o'ylaymiz,diqqat bilan muhokama yuritamiz,gaplashamiz.Bundan kelib chiqadiki barcha xususiyatlatimiz diqqat asosida quriladi.Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta'minlatdigan ichki faollikdir.Biz tashqi ta'sirlarga nisbatan reflekslar bilan javob qaytaramiz.”Miya yarim sharlarining optmal qo'zg'alishga ega bo'lgan qismida yangi shartli reflekslar osonlik bilan hosil bo'ladi va differensyirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi”.-deydi I.P.Pavlov.Ushbu fikrlar shuni tasqiqlaydi shartli reklekslarning oson paydo bo'lishida diqqat asosiy o'rinda turadi.Shartli reflekslar esa shaxs taraqqqiyotining,yangi bilimlarni o'zlashtirishning manbayidir.
Xulosa o'rnida aytish joizki, diqqatning xususiyatlari barqarorligi,bo'linuvchanligi,ko'chuvchanligi kabilar shaxs strukturasini to'la shakllantirishda,barcha kognitiv jarayonlarni aks ettirilishida katta ahamiyatga ega.Shunday ekan bolalarda yoshlikdanoq diqqat sifatlarini shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə