Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Huquqiy ta’limga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/13
tarix27.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#97930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Usmonov Abduxamir HUQUQIY ONGLILIK VA HU

1.2. Huquqiy ta’limga ta’sir etuvchi omillar


Yoshlarning huquqiy tarbiyasini tashkillashtirish tamoyillarini aniqlash va ularni amalga oshirish uchun uchta xolatni eьtibordan kochirmaslik kerak. Birinchidan, voyaga yetmaganlarning ruxiy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, psixologik qonunlar ta’sirining xususiyatlarini hisobga olish lozim. Ikkinchidan, pedagogika erishgan va amaliyotda sinovdan o’tgan psixologiyasini hisobga olib tegishli huquqiy tarbiya shakllari va vositalaring ishlab chiqish hamda ularga asosan huquqiy jarayonni qurish. Uchinchidan, voyaga yetmaganlarning qiziqishlari va intilishlaridan kelib chiqqan holda ular hakida yig’ilgan ma’lumotlardan to’g’ri foydalanish. Voyaga yetmaganlar o’zlaridagi to’liq rivojlanib, shakllanmagan dunyoqarashlari tufayli turli xil mafkuralar qopqoniga tushib qolishlari mumkin'. SHuni ta’kidlash kerakki, voyaga yetmaganlarning psixologik rivojlanishida ularniig kundalik hayotda duch keladigan vokea hodisalarga nisbatan xarakatlarning faolligi yuqori darajada bo’ladi. Atrof muxitda ruy berayotgan voqea-hodisalarning voyaga yetmaganlarning ongiga bo’lgan ta’siri kattalarnikidek bo’lmaydi. Voyaga yetmaganlar ongida voqelik taьsirida vujudga kelgan tushunchalar aksariyat holatlarda o’zlarining sayozligi bilan ajralib turadi. Voqelikda yuz berayotgan hodisalarning murakkabligi va ko’p qirraligi hayotda yetarli darajada tayyor bo’lmagan yoshlarni o’zlari uchun murakkab va qiyin bo’lgan maьlumotlarni ongida qayta ishlash hamda qabul qilishga majbur qiladi.Hayotda yuz berayotgan voqealarni to’g’ri taxlil qila olmaslik va turli voqealarni umumlashtira olmaslik yoshlar ongida noto’g’ri tushuncha va fikrlarning vujudga kelishiga sababchi bo’lish ehtimoli yuqori hisoblanadi. Bu holat jamiyatdagi huquqiy voqelikka bo’lgan munosabatda ham o’z aksini topishi mumkin. SHunday ekan, yoshlarni ahlokiy va huquqiy tarbiya berishda lozim bo’lgan darajada, moddiy va ma’naviy resurs hamda vositalarni jalb qilish lozim. «SHu boisdan ham, o’z hak-huquqini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalk manfaatlari bilan uygun holda quradigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal kiluvchi masalaga aylandi». Yoshlarning huquqiy tarbiyasini yaxshilash, oshirish uchun qo’llaniladigan shakl va vositalar tizimi tarbiyalanuvchilarning yoshi, ular o’qishi yoki faoliyati o’tadigan joylar va muxit, ma’lumoti va madaniyati darajasiga qarab o’zgarib borishi lozim. Turli xil yoshdagi voyaga yetmaganlarga nisbatan turli xil huquqiy tarbiya vositalari qo’llanilishi lozim. Agar katta yoshdagilarning huquqiy tarbiyasida uncha samarali bo’lmagan tarbiya vositalaridan foydalanilsa, voyaga yetmaganlar xolatida bunga yo’l ko’yib bo’lmaydi. Voyaga yetmagan shaxsning ongi, ruhi va tarbiyasiga ta’sir o’tkazishda individual yondashuv bo’lishi kerak. Bolalar, yoshlar, o’smirlarning tarbiyasida xar tomonlama o’ylangan kompleks tarbiya metodi bo’lishi kerak, bu voyaga yetmaganlarning huquqiy pedagogikasining yanada murakkablashtiradi. Bunda huquqiy pedagogika umumiy pedagogikaga juda yaqin bo’lib, u umumiy pedagogika yutuqlaridan unumli foydalanadi, huquqiy tarbiya bu boskichda umumiy, axloqiy tarbiyaning mantiqiy davomi hisoblanadi. Umumiy tarbiyadan kelib chiqqan holda huquqiy tarbiyaning shakllanishi vujudga keladi. Yaqin va uzoq kelajagimiz qo’llarida bo’ladigan yoshlarimizning rivojlanish bosqichlariga yuzaki nazar tashlaydigan bo’lsak, umumiy pedagogika bilan huquqiy pedagogikaning shakl xamda metodlarining qay darajada o’zaro bog’liqligini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Xususan, bu bog’liqlik voyaga yetmaganlar juda yosh bo’lganliklarida juda kuchli bo’ladi. Bolalik davri insonning rivojlanishi bosqichdagi shunday paytki, uning ongi va psixikasida ongli, aqlli odamga xos umumiy tushunchalar vujudga kela boshlaydi. Bu davrda inson biror narsani qilishdan oldin o’ylaydigan bo’ladi. Bunda u birlamchi instiktlardan voz kechib, ongli faoliyat va hatti-harakatlar kiladigan bo’ladi. Bolalik davri 11 yoshgacha davom etib, uning o’zi 5ta bosqichga bo’linadi. Boshlangich maktabda bolada atrof tabiiy-muhit hakida umumiy-ilmiy maьlumotlar yig’ilganidek, bu davrda uning ongida huquq va majburiyatlar hakida umumiy tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Xuddi shu davrda bola ongida adolat va axloqiy barkamollik tushunchalarini singdirish lozim. Bu davrda voyaga yetmagan shaxs juda taьsirchan, sezgir bo’lganligi va tegishli xayotiy tajribaga ega bo’lmaganligini hisobga oladigan bo’lsak uni turli salbiy taьsirlardan, tushunchalardan asrash lozim. Bunda asosiy rolni uning tarbiyachilari xamda pedagoglari o’ynaydi. Agar ular o’z ishini puxga biladigan hamda zimmalariga yuklangan javobgarlikni to’la anglab yetsalar bolalar salbiy ta’sirlarga duchor bo’lmaydilar. Bu davrda huquqiy pedagogika bola pedagogikasi doirasidan chiqmagan holda amalga oshiriladi. Demak, bolalar mafkuraviy sog’lom bo’lishlari uchun birinchidai zamon talablariga javob beradigan maktab pedagogikasi, ikkinchidan sog’lom mafkuraviy tushunchalarga ega bo’lgan kadrlar, yaьni tarbiyachi pedagoglar talab qilinadi. O’smirlarga keladigan bo’lsak, ular hali bolalikni to’liq xis etmagan va kattalar hayotiga to’liq kirib kelmagan bo’lsalarda maьlum darajada hayotiy tajribaga ega bo’lib, atrof-muxitda ro’y berayotgan voqealarga nisbatan o’z fikrlarini bildira olishadi. Huquq va majburiyatlar tushunchasi ular ongida to’liqroq joylashgan bo’lib qaerda huquq va majburiyatlar boshlanib, qaerda tugashni o’zlariga tasavvur eta oladilar. O’smirlar jamiyatda mavjud bo’lgan turli qarama-qarshiliklarga juda sezgir bo’lganliklari uchun ularning qalbi va ongini himoya kilish juda muhim masala hisoblanadi. O’smirlarning ongi va qalbi uchun bo’lgan kurash huquqiy tarbiyani ham uz ichiga oladi. Bunda huquqiy tarbiyaning asosini tashkil qiladigan asosiy huquqiy tushunchalar mafkuraviy g’oyalarga asoslangan bo’ladi.Qonun ustuvorligini anglash uchun o’smir siyosiy va g’oyaviy tamoyillarni anglab yetish lozim. O’smir javobgarlik tushunchasini anglab yetib, o’z hatti-xarakatlarini qonun doirasida sodir etish lozimligini tushunishi lozim. Qonun bu majburlash emas, balki ozodlik ekanligini tushunish lozim bo’lgan o’smir, ushbu qonunlarni himoya qiladigan davlatni hurmat kilish g’oyasida tarbiyalanishi lozim. Inson irodasini maьlum doiradan chiqib ketmasligini ta’minlovchi va umumiy manfaatini ko’zlovchi qonun turli xil ta’qiqlarga avtomatik tarzda qarshilik bildiruvchi o’smirlarda salbiy taassurot qoldirmasligi uchun huquqiy tarbiyaning erishgan barcha yutuqlaridan samarali foydalanish zarur. Tug’ri olib borilgan huquqiy tarbiya kelgusida sodir qilinishi mumkin bo’lgan ko’pgina qonunbuzarliklarning oldini olish mumkin. O’smirlar ongida huquq to’g’risida to’g’ri tushuncha, fikr va g’oyalarning vujudga kelishini ta’minlash huquqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri bo’lsa, uning boshqa bir vazifasi mustaqil hayotga yo’l qo’yish ifodasida turgan voyaga yetmagan shaxslarni mustakil hayotga tayyorlash, mustaqil hayot davomida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarni tushuntirish, huquqiy munosabatda paydo bo’lish mumkin bo’lgan masalalarni yechish yo’llarini tushuntirib berish vazifasi hisoblanadi. SHuning uchun, o’rta maktab o’quv dasturlariga Konstitutsiyaviy huquq, Davlat va huquq asoslari(Mehnat huquqi, Fuqarolik huquqi, Oila huquqi va b.), Iste’molchi huquqlarini himoyalash darslari qo’yilgan. Bu darslar mustaqil hayotga qadam ko’yayotgan yoshlarni huquqiy munosabatlarga tayyor qilib boradi. Qonun ustuvorligini to’lik anglab yetgan yoshlar o’zlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha mustaqil ishlarni olib boradilar chunki o’z huquqlarining himoya qilinishini anglab yetgan yoshlar o’z huquqlarini talab qila oladilar va o’zlari o’z navbatda boshqa birovning huquqini buzsalar to’lik darajada javobgar bo’lishlarini anglab yetadilar. Voyaga yetmaganlarning huquqiy tarbiyasini tegishli darajada bo’lishiga ommaviy axborot vositalari ham salmoqli hissa qo’shadilar. Lekin eng asosiy vazifani pedagoglar bajaradilar. Huquqshunos olima O.A.Karimova ta’kidlashicha, “Jamiyatimizning kelajagini bugungi yosh avlod qo’liga olishida, tarbiya va yana tarbiya eng dolzarb, ertangi takdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmokda, bu muammolarni hal qilish jarayonida barcha muallimlar, shu bilan bir qatorda psixolog va huquqshunoslar birgalikda ish ko’rishlari kerak”. SHunday ekan, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun o’z kasbining ustasi bo’lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash eng oliy darajadagi vazifa xisoblanadi.6



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə