Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari


Ikki pallali o`simliklar poyasining tuzilishi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə21/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
MAVZU

Ikki pallali o`simliklar poyasining tuzilishi

Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Ikki pallali o`simliklarda poya epidyermis, birlamchi po`stloq va markaziy tsilindrga bo`linadi. Birlamchi po`stloq asosan xlorofill donachalari bo`lgan parenxima to`qimalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga mexanik to`qima kollenxima hamda sklyerenximalar kiradi.

Kollenxima asosan epidyermis ostida, sklyerenxima esa poyaning markaziga yaqinroq qovoqda halqasimon, kungaboqarda bo`lak-bo`lak bo`lib joylashadi. Poyaning markazroG’ida joylashgan parenxima hujayralarda xloroplast yo`qligi uchun rangsiz bo`ladi. Birlamchi po`stloqning markaziga yaqin (kraxmal donachalari to`planadigan) qismi endodyerma deb ataladi. endodyermaga yaqin turgan pyeretsikldan boshlab markaziy tsilindr boshlanadi. Pyeretsikldan ko`pchilik o`simliklarda qo`shimcha ildiz va kurtak hamda ikkilamchi myeristema hosil bo`ladi. Pyeretsikldan markazga qarab floema, shuningdek, ksilema orasida kambiy bo`lgan o`tkazuvchi boG’lamlar joylashgan.

Ikki pallali o`simliklar poyasi birlamchi tuzilishida bir pallali o`simliklar poyasining anatomik tuzilishidan quyidagicha farq qiladi:

o `tkazuvchi boG’lamlar ikki pallalilarda ochiq, ya`ni floema bilan ksilema orasida kambiy joylashgan;

o`tkazuvchi boG’lam poya sathidan bir xil masofada aylana bo`lib joylashgan; ikki pallali o`simliklar poyasida mexanik to`qimaning kollenxima va sklyerenxima xillari mavjud.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə