52
timoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi
-
yalash hamda unga ta’lim berishning
mohiyati va muammolarini
o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy
fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bo-
lalarni jismoniy va
ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish
muammolarini o‘rganadi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani yetti yoshgacha
bo‘lgan bolalarga har tomonlama ta’lim - tarbiya berish qonuni-
yatlarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida
ta’lim-tarbiya ishini
tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va
vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh
va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har
tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga
qaratilgan shart-
sharoitlarni ishlab chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktab-
gacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qo-
nuniyatlari, tamoyillari,
metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod
va vositalariga tayanadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va amaliyoti
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga
yaxlit tarbiya berishning
maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan bosh-
lab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va
zamonaviylik bilan bog‘liqlikda
olib borishning zarurligi, bola
shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligiga asoslaniladi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivoj-
lantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy
e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya
nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika
(ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – «o‘rgatuvchi», didasko –
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy
jihatlari, ta’lim jarayonining mo-
hiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyat-
lari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi,
ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq
etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismla-
ridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod,
vosita va
usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
53
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
obyekti
– yaxlit
maktabgacha ta’lim jarayon.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
predmeti
– mak-
tabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl,
metod va vositalari.
Dostları ilə paylaş: