24
qiyinchiliklarning darajasi ko’zda tutiladi.Og’irlikning
tashqi va ichki
tomonlarini ajratish muhimdir. Uning tashqi tomoni jismoniy
harakatning hajmi va tezkorligi parametrlari bilan belgilanadi, ichki
tomoni esa mashqlar natijasida organizmda ro’y beradigan siljishlar
natijasi katta-kichikligi bilan belgilanadi. Organizmning boshlang’ich
holati nisbatan bir xil bo’lganida og’irlikning tashqi va ichki
tomonlarida muayyan muvofiqligi mavjuddir.
Tashqi parametrlar
bo’yicha bir xil parametrlar funksional siljishlarning bir xildagi amaliy
katta-kichikligiga to’g’ri keladi: tashqi parametrlar bo’yicha og’irlik
qancha ko’p bo’lsa, organizmdagi siljishlar ham shunchalik ko’payadi
va aksincha, og’irlik qancha kam bo’lsa, siljishlar ham kamayib boradi.
Og’irlikning intensivligi - bu musukullar harakati tomonidan
organizmlarga qo’yiladigan talablar darajasidir. U yoki bu lahzada
bajarilayotgan ishning keskinligi va vaqt
doirasida mujassamlashishi
bilan ham belgilanadi. Xususan, og’irlik intensivligi ish kuchi, tiklanish
harakatining tezligi va harakat tezkorligi bilan belgilanadi.
Alohida mashqni bajarish jarayonida og’irlikning hajmi va
intensivligi teskari proporstional holatda bo’ladi, ya’ni mashqdagi
og’irlik qanchalik ko’p bo’lsa, uning
intensivligi shunchalik kam
bo’ladi. Va aksincha, intensivlik qancha yuqori bo’lsa, hajm parmetrlari
shunchalik kam ko’rsatkichlarga ega bo’lishi mumkin. Hordiqlar
orasidagi intervallarning ushbu xillari har bir alohida mashg’ulot
davomida tiklanishning sharti sifatida ishlatiladi. Tiklanish va
adaptatsiya jarayonlarining umumiy yo’nalashaga ta’sir
qiladigan
mashg’ulotlarorasidagi hordiq oraliqlarini ham hisobga olish lozimdir.
Ushbu borada oddiy va superkompensator bo’lib hisoblanadigan
intervallarni alohida ta’kidlash kerak. Bu intervallar mashg’ulotlarning
foydali tomonlarini jamlashga yordam berar ekan organizmning
funksional imkoniyatlariga yuqori talablar qo’yilish imkonini beradi va
katta mashg’ulotlarning umumiy ta’sirchanligini
oshirishga imkon
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: