Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


Endokrin sistemasining fiziologiyasi



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Одам анатомияси

Endokrin sistemasining fiziologiyasi 
Ichki sekretsiya bezlarining tasnifi va funksiyasi. Gormonlar to`shunchasi, ularning 
biologik xarakteristikasi. Ichki sekretsiya bezlarining fiziologik roli va o‘rganish metodlari. 
Gipofiz bezi funksiyasi. 
Qalqonsimon bez va uning oldidagi bezlarning funksiyasi va boshqarilishi. Gormonlar 
va ularning moddalar almashinuviga ta’siri. Buyrak usti bezining po‘stloq va mag‘iz qismi 
gormonlari hamda ularining asab sistemasiga ta’siri. Po‘stloq qavatining gormonlari: 
minerolokortikoidlar va glyukokortikoidlar. Me’da osti bezining endokrin vazifasi. Epifiz va 
jinsiy bezlarining vazifalari. Jinsiy gormonlarning odam o‘sishi va rivojlanishi hamda mehnat 
faoliyatiga ta’siri. Balog‘atga etishda jinsiy gormonlarning ahamiyati.
 
Nerv-mushak apparatining fiziologiyasi 
Harakat apparati haqidagi to`shuncha. Nerv-mushak birligi harakat apparatining 
asosiy qismi ekanligi. Mushak turlari,tuzilishining xususiyatlari. Ko‘ndalang targ‘il va silliq 
muskul tolalarining vazifasi. 
Muskul to‘qimasining fiziologik xossalari. Qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik va 
qisqaruvchanlik. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar haqida to`shuncha. Mushak qisqarganda sodir 
bo‘ladigan elektr hodisalar. Qo‘zg‘alishning tarqalish mexanizmi. Qo‘zg‘alishning fazalari: 
labillik, parabioz haqida to`shuncha. N.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy nazariyalari. Skelet 
muskullarining tonusi. Muskulning izotermik, izotonik va yakka qisqarishlari haqida 
to`shuncha. Tabiiy sharoitda tetanius, pogona osti va pogona usti kuchlari haqida 
to`shuncha. Muskulning tinch holati va qisqarish vaqtida kuzatiladigan bioelektrik, kimyoviy 
va issiqlik jarayonlari. Muskul qisqarishining kuchi. Muskul ishi. Muskulning charchashi. 
Simpatik nerv sistemasining muskul apparatiga trofik ta’siri. Silliq muskullar strukturasining 
funksional xususiyatlari. Silliq muskullarning ishlashi va avtomatiyasi. Nerv tolalarining 
tuzilish i qo‘zg‘alishning miyadagi tolalardan tarqalish mexanizmi. Periferiya nervlarning 
tuzilish. Afferent, efferent nerv tolalari. Periferik nervlardan qo‘zg‘alishning o‘tish qonunlari 
va qo‘zg‘alishning tarqalish turlari. Nerv tolasining funksional bir butunligi haqida to`shuncha 
.


Nerv-muskul sinapslari fiziologiyasi. Sinapslar ularning turlari. Nerv-muskul 
sinapsidan qo‘zg‘alishning o‘tishi va tarqalish mexanizmi. Mediator nazariyasi. 

Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə