Og‘ir yotgan bemorlarni sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar vujudga keladi



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə3/6
tarix12.07.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#119509
1   2   3   4   5   6
yotoq yara

KO‘ZLARNI PARVARISH QILISH
Bemorlar ko‘zini parvarish qilish tibbiy- ijtimoiy xodimdan katta e’tibor talab etiladi. Ko‘zda hosil bo‘lgan yiringli ajratmalar natijasida bemorning kiprik va qovoqlari yopishib qoladi. Bu holda tibbiy-ijtimoiy xodim qo‘llarini yuvib, qo‘lqoplarini kiyadi. Steril lotokka antiseptiklar 0,02% li furetsellin yoki 1 — 2% li Na gidrokorbanat eritmasi solib, steril paxta sharchalarni shu eritmada ho‘llab, ko‘zni tashqi burchagidan ichki burchak tomonga qaratib, 4 — 5 marta artiladi. Ishlatilgan sharchalar boshqa lotokka tashlanadi. Ikkinchi tomon ham yuqoridagi tartibda artiladi. Eritma qoldiqlari quruq paxta sharcha bilan artiladi.

OG‘IZ BO‘SHLIG‘INI PARVARISH QILISH
Kuchsiz bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘iga mikroorganizmlar yig‘ilib, ular badbo‘y hid hosil qiladi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining yiringli kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Mana shuning uchun ham og‘ir yotgan bemorning og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish zarur.Yuradigan bemorlar har kuni ertalab va kechqurun ovqatdan keyin tishlarini yuvadilar va og‘iz bo‘shlig‘ini kuchsiz (1 stakan suvga □ choy qoshiqda osh tuzi solinadi) namokob yoki kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan chayadilar. Og‘ir ahvoldagi bemorlar tishlarini o‘zlari yuva olmaydilar, shuning uchun tibbiy ijtimoiy xodim har gal ovqatdan so‘ng bemorning og‘zini, tilini, tishlarini parvarish qiladi. Buning uchun 2% li natriy gidrokorbanat eritmasi yoki kuchsiz kaliy permanganat eritmasini menzurkaga quyadi va qo‘lqoplarni kiygan holda bemorni yon tomonga qaratishga yordam beradi, tish protezlari bo‘lsa yechishga yordam beradi. Oldiga klyonka sochiq yozib, daxani ostiga lotok beradi. Pinset yordamida paxta sharchani antiseptik eritmada ho‘llab, tishlarini har birini milkdan boshlab artib chiqadi, vaqti-vaqti bilan sharchani almashtirib turiladi. Chap qo‘l bilan steril salfetka yordamida til uchidan ushlab, tilni og‘iz bo‘shlig‘idan chiqariladi va steril salfetkani shpatelga o‘rab antiseptik eritmaga botirib, tildagi karashni oladi. Shundan keyin bemor tanglaylarini, lunjining ichki tomonlarini, til ostini artib, og‘zini yaxshilab chayishga yordam beriladi. Ba’zi kasallarda lab quriydi, og‘iz burchaklari yoriladi. Bu og‘zini ochganda og‘riqqa sabab bo‘ladi. Bemor ahvolini yaxshilash uchun labiga suvga ho‘llangan doka salfetka bosiladi, so‘ng lablariga yumshatuvchi moy surtiladi. Og‘zini katta ochish yoriqlarga qo‘l tekkizish va hosil bo‘lgan po‘stloqchalarni shilish mumkin emas. Tish cho‘tkasidan foydalanish man qilinadi.
Agar bemorda tish protezlari bo‘lsa, kechqurun ularni olib qo‘yish, sovunlab yuvib, ertalabgacha quruq va toza stakanda saqlash, ertalab yana yuvib, keyin taqish kerak.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə