Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə15/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Subtropik mintaqalar. Afrikaning shimoliy va janubiy chekka qismlari subtropik mintaqalarda joylashgan. Subtropiklarda Quyosh issiqligi ancha kam, harorat va yog’in fasllarga qarab o’zgaradi. Yoz issiq, qish esa nisbatan iliq bo’ladi. O’rta dengiz sohillarida iyulning o’rtacha harorati +27°+28°S ga, yanvarning o’rtacha harorati +11°+12°S ga teng. Janubda Kap qirg’oqlarida issiq oyning o’rtacha harorati +21°S dan, salqin oyning o’rtacha harorati +13°+14°S dan oshmaydi. Afrikaning shimolida va janubi-g’arbida yoz juda qurg’oqchil va qish ancha sernam keladi. Bunga sabab shuki, yozda subtropik mintaqalarda baland haroratli va yomg’irsiz barqaror tropik antisiklonlari hukmronlik qiladi, qishda esa g’arbiy shamollar okeandan mo’tadil kengliklarga xos havo massalarini olib keladi. Afrikaning janubi-sharqiy qismida subtropik iqlimning shakllanishi boshqacha xarakterdagi qonuniyatga ega. Qishda g’arbiy shamollar tog’ to’siqlari tufayli materikning janubi-sharqiy sohillarigacha yetib bora olmaydi. Shuning uchun qishda yog’in miqdori bu yerda bir oz kam, yozda butun janubi-sharqiy qirg’oq bo’ylab Hind okeanidan katta miqdorda yog’in olib keladigan nam havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababli Drakon tog’larining sharqiy yon bag’irlariga yomg’ir ko’p tushadi, yog’in yil bo’yi takrorlanib turadi. Binobarin, janubiy subtropik mintaqaning janubi-g’arbiy qismi uchun yoz quruq subtropik iqlim tipi va janubi-
sharqiy qismi uchun nam subtropik iqlim tipi xarakterli.

Nazorat savollari:


  1. Materikda iqlim o’zgarishlari qanday kechadi?

  2. Afrika iqlimiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni ayting?

  3. Materikda qanday iqlim mintaqalari shakllangan?

  4. Afrikada harorat va yog’in miqdori qanday taqsimlangan?



    1. AFRIKA MATERIGI ICHKI SUVLARI




Tayanch so’z va iboralar: yillik oqim, suvayirg’ich, oqim havzasi, daryo to’yinish manbalari, sharshara, ostona, gidrografik to’r, vodiy, del’ta, tektonik ko’l, to’g’on ko’l, gidroenergiya resurslari.
Afrika yillik oqimining umumiy hajmiga ko’ra (5400 km3) Yevrosiyo va Janubiy Amerikadan keyin uchinchi o’rinda turadi. Materikning Atlantika va Hind okeani havzalari o’rtasidagi bosh suvayirg’ich uning balandroq ko’tarilgan sharqiy
qismidan o’tadi. Shuning uchun Afrikaning 51% maydoni Atlantika okeani havzasiga, 18% maydoni Hind okeani havzasiga va qolgan 31% maydoni ichki berk oqim havzasiga qaraydi. Afrikada turli xil kattalikka ega bo’lgan daryolar keng tarqalgan. Ammo ular materik hududida juda notekis taqsimlangan. Materikning ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalarida daryolar hamda daryo irmoqlari to’ri nihoyatda qalin. Tropik iqlim mintaqalarining Sahroi Kabir va Kalaxari cho’llarida esa daryolar juda kam. Bu yerlarda daryolarning quruq o’zanlari-vodiylar uchraydi. Ular kamdan-kam bo’ladigan jala yomg’irlaridan keyin suvga to’ladi. Binobarin, daryolar va irmoqlarining notekis taqsimlanishi asosan rel’efga va iqlimga bog’liq. Materik daryolari va ko’llari asosan yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Daryolarning to’yinishida qor va muzliklarning roli nihoyat darajada oz. Daryolarning suv rejimi, maksimal va minimal suv sarfining kuzatilishi yomg’irli va quruq fasllarga bog’liq. Ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalaridagi daryolarning suv sarfi yil bo’yi deyarli bir me’yorda davom etadi. Bu yerda daryolarning minimal suv sarfi sezilmaydi. Biroq, zenit yomg’irlari bilan bog’liq bo’lgan maksimal suv sarfining ikki davri yaqqol ifodalangan. Yoz va qish fasllarida maksimal hamda minimal suv sarfi kuzatiladigan hududlar oralig’ida doimiy oqimdan mahrum bo’lgan va katta- katta maydonlarni egallab yotgan o’lkalar joylashgan. Bunday o’lkalarga Sahroi Kabir va Kalaxari botig’ining aksariyat qismi qaraydi. Bir qancha iqlim
mintaqalaridan oqib o’tadigan daryolar murakkab rejimga ega (Ilova, 1-2-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə