Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə23/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Tabiat zonalari. Afrika tabiat (landshaft) zonalarining geografik joylashishi boshqa materiklardagidan keskin farq qilib, u yerda ekvatorial o’rmonlar zonasidan tashqari boshqa zonalar simmetriya hosil qilib ikki martadan takrorlanadi. Buning sababi ekvator Afrikani qariyb markazidan kesib o’tib, uni teng ikki kismga bo’lganligidir. Materikdagi landshaft zonalari aniq ifodalangan tabiiy chegaralarga ega bo’lmay, ular bir-biri bilan keng o’tkinchi polosa hosil qilib asta-sekin almashinadi. Tabiat zonalarining asosiy xususiyatlarini materikning iqlim sharoiti, tuproq-o’simlik qoplami kabi asosiy omillar belgilaydi (Ilova, 3-rasm).
Sernam ekvatorial o’rmonlar (ekvatorial zona). Kongo daryosi havzasini kesib o’tgan ekvatorning har ikki tomonida va Gvineya qo’ltig’i sohillarida Afrikaning nam ekvatorial o’rmonlar zonasi joylashgan. Uning sharqiy chegarasi Sharqiy Afrika yassi tog’ligigacha borib, tahminan 30° shq.u. dan o’tadi. Ekvatorial iqlim mintaqasida ekvatorial o’rmonlar zonasining hosil bo’lishi yil bo’yi issiqlik va namlik miqdorining ko’pligi bilan bevosita bog’liqdir. Sharqiy Afrikada esa shu kengliklarning o’zida nam ekvatorial o’rmonlar o’rnida siyrak o’rmonlar va
savannalar vujudga kelgan. Chunki, bu yerlarda yilning aksariyat paytlarida quruq passatlar sirkulyasiyasi hukmronlik qilib turadi. Ekvatorial o’rmonlar zonasi tipik ekvatorial iqlim xarakteriga ega. Bu yerda Quyosh nuri yil bo’yi tik tushadi va harorat bir xil bo’ladi. Yil davomida o’rtacha harorat +26°, +27°S ga teng. Yog’in miqdori 2000-3000 mm va undan ham ko’proqni tashkil etadi. Yomg’ir yil bo’yi deyarli bir tekisda taqsimlangan. Faqat Gvineya qo’ltig’i sohillari bahor va kuz oylarida namlik kuchli bo’ladi. Bu zonada tarkib topgan tuproqlarning ona jinslari temir birikmalariga juda boy. Bunday ona jinslarning ustida hosil bo’lgan tuproqlarning rangi ham qizil bo’ladi. Shuning uchun bu tuproqlar qizil-sariq lateritlar yoki ferralitlar deb nomlangan. Ekvatorial o’rmonlar zonasining iqlim sharoiti o’simliklar va mikroorganizmlar hayoti uchun juda qulay, bu hol tuproq hosil bo’lish jarayoniga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Tuproqqa tushadigan organik moddalar oxirigacha parchalanib, tuproqqa singa olmaydi, chunki organik ozuqalarni o’simlik qoplami tezda so’rib olib, uzoq vaqt o’z tarkibida saqlaydi. Ekvatorial o’rmonlarda namlik yil bo’yi ko’p bo’lishi tuproqning to’xtovsiz yuvilib turishiga, pastqam joylarda botqoqlanishiga olib keladi.
Ekvatorial o’rmonlar zonasi o’simlik turlariga nihoyatda boy. Bu zonada o’simliklarning 25 000 turi mavjud. Faqat daraxt turlarining o’zi 3000 ga yaqin. Shulardan 1000 ta turi o’rmonlarning yuqori yarusini tashkil etadi. Yuqori yarus tarkibidagi daraxtlarning balandligi 40-80 m gacha yetadi. Bunday daraxtlarning shoxlari faqat ularning yuqori qismidagina bo’ladi, qolgan tanalari ustunlarga o’xshab turadi. Ularning ostida uncha baland bulmagan va yorug’likni kamroq sevuvchi daraxtlar bir necha yarus bo’lib o’sadi. Bu o’rmonlar shakllanish tarixiga ko’ra eng qadimiy, keksa relikt o’rmonlar hisoblanadi. Ekvatorial o’rmonlarning yuqori yarusi fikuslar, xilma-xil palmalar, paporotniklar, kola va seyba daraxtlaridan tarkib topgan. Quyi yaruslarda bananlar, daraxtsimon qirqquloqlar, kofe daraxti, kauchuk beradigan daraxtsimon lianalar - landolfiyalar ko’pchilikni tashkil etadi. Lianalar daraxtlar tanasiga va shoxlariga chirmashib o’sib, o’rmonda o’tib bulmaydigan changalzorlarni hosil qiladi. Ekvatorial o’rmonlar qimmatbaho o’simliklar vatani hisoblanadi.
Ekvatorial o’rmonlar zonasining hayvonot dunyosi juda boy. Bu yerdagi hayvonlarning boshqa zonada yashaydigan hayvonlardan farqi shundaki, ularning aksariyati daraxtlarda yashaydi. Daraxtlarda qushlar, kemiruvchilar va hasharotlardan tashqari maymunlarning bir necha turlari - martishka, shimpanze va boshqalar ham yashaydi. Yerda yashaydigan hayvonlardan o’rmon cho’chqasi, mitti qo’tos, Afrika bug’usi va jirafa oilasiga kiruvchi okaplar uchraydi. Okaplar Afrika uchun endemik bo’lib, boshqa materiklarda uchramaydi. O’rmonlarning eng qalin joylarida yirik odamsimon maymunlardan - gorillalarning ikki turi saqlanib qolgan. Afrikada sernam tropik o’rmonlar XX asrning boshlarida 2 mln. km2 maydonni egallab olgan. Hozirgi paytda esa 1 mln. km2 ga yaqin maydonda o’rmonlar saqlanib qolgan. Dehqonchiliq qilish uchun yer ochish va yog’och tayyorlash maqsadida katta-katta maydonlardagi o’rmonlar kesib yuborilgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə