Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə22/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Hayvonot dunyosi. Afrikaning hayvonot dunyosi juda xilma-xil va turlarga boy. Bunga sabab materikning geologik rivojlanish tarixi va landshaft zonalarining rang-barangligidir. Afrika hududi Yer yuzini zoogeografik rayonlashtirishiga muvofiq Golarktika va Efiopiya zoogeografik oblastlariga qaraydi. Materikning shimoliy qismi Sahroi Kabir bilan birgalikda Golarktika oblastining O’rta dengiz kichik zoogeografik oblastiga qaraydi. Qolgan katta qismi Efiopiya oblastini tashkil etib, Sharqiy Afrika, G’arbiy Afrika va Janubiy Afrika kichik zoogeogafik oblastlariga bo’linadi. Golarktika va Efiopiya oblastlari o’rtasidagi chegara 20° sh.k. ning janubidan o’tadi.
Materikning shimoliy qismida yashaydigan hayvonlarning ko’pchiligi Janubiy Yevropa va G’arbiy Osiyo faunasiga o’xshash. Sahroi Kabirda va Atlas tog’larining qurg’oqchil hududlarida suvsizlikka chidamli hayvonlar yashaydi. Bunday hayvon turlari asosan bubala, mendasa kabi antilopalar, Shimoliy Afrika bug’ulari, cho’l bug’ulari (lan) va boshqalardan tarkib topgan. Yirtqichlardan yo’l-yo’l gaenalar, chiyabo’rilar, yovvoyi mushuklar, fenek cho’l tulkisi uchraydi. Atlas tog’larida dumsiz makaklar yashaydi. Maymunlarning bu turi Prineyning janubidagi Andalusiya tog’larida ham uchraydi. Kemiruvchilardan yovvoyi quyonlar, qo’shoyoqlar, jayralar ko’pchilikni tashkil etadi. Cho’llarda sudralib yuruvchilardan Afrika kobrasi, qum bo’g’ma iloni, zaharli qora ilon, gekkonlar, cho’l echkemari va boshqalar uchraydi. Shimoliy Afrika chala cho’l va cho’llarida tuyaqush, tuvaloq, so’fito’rg’ay, Atlas tog’larida kakliklar yashaydi. Sahroi Kabir cho’llarida bir o’rkachli tuyalar boqiladi va ulardan mahalliy xalq transport vositasi sifatida keng foydalanadi.
Afrikaning Efiopiya zoogeografik oblastiga qarashli hududining faunasi turli- tumanligi va regional-zonal sharoitga moslashgan xususiyatlari bilan farq qiladi. Bunday farqlar o’zining ifodasini kichik zoogeografik oblasglarga bo’linishda topgan. Savannalarda yem-xashak resurslari yetarli darajada mavjud bo’lganligi tufayli o’txo’r hayvonlar keng tarqalgan. Birgina antilopalarning 40 dan ziyod turi yashaydi. Eng yirik qadimiy antilopalardan biri bo’lgan gnu hozirga qadar ham saqlanib qolgan. Antilopalar oilasiga mansub bo’lgan kanni va kudu turlari ko’p uchraydi. Uzunligi yarim metrga yetmaydigan mitti antilopalar ham yashaydi. Savannalarda va chala cho’llarda soni juda kamayib ketayotgan tez yuguradigan jirafalar yashaydi. Materikning sharqidagi va ekvatorning janubidagi savannalarda va dashtlarda Afrika yovvoyi otlari - zebralar keng tarqalgan. Ular ayrim joylarda qo’lga o’rgatilib, uy hayvonlari sifatida foydalaniladi. Afrika fillarining soni ham yildan-yilga keskin kamayib ketmoqda. Materikning ko’p joylarida fillar qirib yuborilgan. Shuning uchun ham Afrika bo’yicha fillarni ovlash qat’iyan man etilgan.
Hozirgi paytda fillar aholi kam yashaydigan Efiopiya tog’ligida, Sharqiy va Janubiy Afrika qo’riqxonalarida himoya qilinib ko’paytirilmoqda.
Materikning sharqiy va janubiy o’lkalarida yo’qolib ketayotgan hayvon turlaridan yana biri karkidonlar yashaydi. Afrika karkidonlari ikki shohli bo’lib, ular oq va qora turlardan iborat. Hozirgi paytda karkidonlar ham fillar va jirafalar singari qo’riqxonalarda saqlanib qolingan. Daryo va ko’l qirg’oqlarida begemotlar, yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon, gepard, giena, sirtlon va silovsinlar yashaydi. Afrikaning savanna va chala cho’llarida arslonlarning ikki turi: ekvatordan shimolda berber va janubda Senegal turi mavjud. Hashoratlardan termitlar va sese pashshasi ko’p tarqalgan. Afrikaning nam o’rmon landshaftlari savanna va cho’l landshaftlariga nisbatan hayvonlarga unchalik boy emas. Bu yerda ayniqsa o’txo’r hayvonlar va ularning kushandasi bo’lgan yirtqichlar bir muncha kam. Nam tropik o’rmonlarda okapa jirafasi, o’rmon antilopasi, buyvollar (suv sigiri), suv bug’usi, yovvoyi cho’chqalar va begemotlar yashaydi. Yirtqich hayvonlardan qoplon, yovvoyi mushuk, chiyabo’rilar yashaydi.
O’rmonlarda xilma-xil maymunlar keng tarqalgan. Ular asosan daraxtlarda hayot kechiradi. Materikning 100 sh.k va 10° j.k. oralig’idagi tropik o’rmonlarda gorillalar va shimpanzelar yashaydi. Bulardan tashqari o’rmonlarda lemurlar, martishkalar, mandrillalar ko’pchilikni tashkil etadi. O’rmonlar ornitofaunaga boy bo’lib, u yerda to’tiqushlarning bir necha turlari, bananxo’r qushlar, nektarxo’r mitti qushlar, qizilishtonlar, go’zal sasiqpopushaklar va tovuslar yashaydi. Janubiy Afrika cho’llari materikning barcha hududlariga nisbatan faunaga unchalik boy emas. Janubiy cho’l va chala cho’l landshaftlari uchun kafr buyvoli, zebralarning kvaga turi, bir necha xil antilopalar xarakterli. Yirtqich hayvonlardan tulkilar va bo’rilar yashaydi. Madagaskarning fauna kompleksi o’ziga xos bo’lib, materik faunasidan farq qiladi. Orolda yirik yirtqichlar, maymunlar, zaharli ilonlar uchramaydi, lekin Madagaskar uchun xarakterli bo’lgan endemik turlar keng tarqalgan. Lemurlarning bir necha turlari yashaydi. Shuning uchun Madagaskar oroli Efiopiya zoogeofafik oblastining mustaqil kichik oblastini tashkil etadi (Ilova, 3-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə