Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Chala cho’llar va cho’llar (tropik zona)



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə25/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Chala cho’llar va cho’llar (tropik zona). Afrikada savannalar shimoliy va janubiy yarim sharlarda asta-sekin tropik cho’llar va chala cho’llar tabiat zonalari bilan almashinadi. Tabiat zonalarining bunday namlikdan qurg’oqchilikka tomon o’rin almashinuviga sabab, tropik kengliklardagi tropik havo massalarining tarkibida namlikning nihoyatda kamligi, doimiy passatlarning hukmronligi va oqibatda yog’inning kam bo’lishidir. Binobarin, tropik cho’llar va chala cho’llar yog’in juda kam yog’adigan, o’simlik qoplamining siyrak o’sadigan, havo harorati yuqori bo’lgan tabiat zonasidir. Shimoliy Afrikada cho’l zonasi Janubiy Afrikadagiga qaraganda juda katta maydonni egallaydi. Bunga Shimoliy Afrika maydonining Janubiy Afrikaga nisbatan kattaligi va shimolda kontinental iqlimning barqarorligi sababdir. Umuman, Afrika savannalar va cho’llar eng ko’p tarqalgan materik hisoblanadi. Afrikaning shimoliy qismida Yer yuzidagi eng katta cho’llardan biri Sahroi Kabir joylashgan. Bu cho’l zonasi uchun sutkalik va yillik haroratlar amplitudasining kattaligi xosdir. Masalan, sutka davomida eng yuqori va eng past haroratning farqi havoda +45°S ni va tuproq yuzasida +70°S ni tashkil etadi. Sutkalik harorat amplitudasining kattaligi fizik nurashning faollashishiga ta’sir ko’rsatadi. Natijada bu jarayon tog’ jinslarini parchalab, toshloq va qumli cho’llarni mayda zarrachali jinslar bilan boyitadi. Sahroi Kabirda asosan toshloq qumli va gilli cho’llar katta-katta maydonlarni egallaydi. Qumli cho’llarda va voha atroflarida barxan tepaliklari ko’tarilib turadi.
Afrika cho’l zonalarida chirindiga juda kambag’al bo’lgan tropik cho’l tuproqlari uchraydi. Bunday tuproqlarning tarkibida chirindining kam bo’lishiga sabab o’simlik qoplamining siyrak bo’lishidir. Gilli cho’llardagi tuproqlarda o’simlik hayoti uchun zarur bulgan mineral tuzlar ko’p bo’ladi. Tropik cho’l zonalarining toshloq va qumli landshaft komplekslarining katta maydonlarida tuproq qoplami yaxshi rivojlanmagan va o’simliklar kam uchraydi. Tropik cho’l zonalarida o’simliklar umuman siyrak holda tarqalgan. Shimoliy Afrika cho’l zonasining o’rta polosasida butali akasiya, pakana bo’yli palmalar, aloe, saksovul, yantoq, yulg’un, tikanli butalar, boshoqli o’simliklardan tariq, aristida va boshqalar o’sadi. Cho’l o’simliklarining e’tiborli tomoni shundaki, ularning ko’pchiligida ildizi yaxshi rivojlangan. Bunday ildizlar juda chuqurdan va keng atrofdan suv
yig’ib olishga imkon beradi. Ko’p o’simliklarning bargi suvni kam bug’lantirishga moslashgan, shuning uchun juda mayda, hatto ular ko’pchilik o’simliklarda tikonga aylangan. Sahroi Kabirning barcha vohalarida xurmo o’sadi. Shimoliy Afrika cho’l zonasida issiq va quruq iqlim sharoitiga moslashgan hayvonlar yashaydi. Antilopalar tipik cho’l hayvoni hisoblanadi. Bu yerda toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar uzoq vaqt suvsiz yashaydi. Yirtqichlardan arslon, yo’l-yo’l gienalar, chiyabo’rilar, tulkilar, tuyalar, ohular va Misr toshbaqasi uchraydi, har xil hasharotlar keng tarqalgan.
Janubiy Afrika tropik cho’llar zonasi Atlantika okeani sohillarida joylashgan bo’lib, ular kichik maydonni egallaydi. Qirg’oq bo’ylab cho’zilib yotgan Namib cho’lining iqlimining shakllanishiga Bengala sovuq oqimi ta’sir ko’rsatib turadi. Shuning uchun yoz oyida harorat +20°, +24°S, qish oyida +14°, +20°S bo’ladi. Cho’lning markaziy qismida yillik yog’in miqdori 10 mm dan oshmaydi. Bu cho’l zonasi uchun ochiq urug’lilar oilasiga mansub, uzoq geologik o’tmishdan saqlanib qolgan relikt velvichiya o’simligi xosdir. Uning juda qisqa tanasi yer yuzidan atigi 20 sm ko’tarilib turadi va uzunligi 3 m ga yetadigan go’shtdor 2 ta barg chiqaradi. Velvichiya boshqa o’simliklardan farq qilib 500-600 yil yashaydi. Janubiy Afrika tropik cho’llar zonasi sharqqa va janubga tomon chala cho’l zonasi bilan almashina boradi. Chala cho’llarda yostiqsimon tikanli o’simliklar, ayniqsa ixroj va aloelar ko’p uchraydi. Bu yerda sersuv mevali yovvoyi tarvuzlar ham o’sadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə