Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Materik tabiatini muhofaza qilish



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə27/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Materik tabiatini muhofaza qilish. Materikda aholining geografik tarqalishi nihoyatda xilma-xil. Aholining hudud bo’ylab notekis taqsimlanishi, ya’ni ayrim hududlarda juda siyrak joylashishi birinchi navbatda Afrikaning tabiiy geografik sharoitiga va kishilarning yashashi uchun barcha imkoniyatlarning mavjudligiga bog’liq. Shuning uchun aholi materikning O’rta dengiz, Gvineya qo’ltig’i, janubi- g’arbiy va janubi-sharqiy sohillarida ancha zich joylashgan. Ayniqsa Nil vodiysi aholisining zichligi jihatidan faqat Afrikada emas, balki butun dunyoda ham alohida o’rin tutadi. Nil vodiysida aholining o’rtacha zichligi 1 km2 maydonga 200-250 kishi to’g’ri keladi. Uning del’tasida aholi yanada ham zich joylashgan bo’lib, bu yerda 1 km2 maydonga 1000 kishi tug’ri keladi.
Materikning katta qismida aholi deyarli yashamaydi, ayrim o’lkalarda esa juda siyrak joylashgan. Jumladan, materikning 25% hududini egallab yotgan Sahroi Kabirda aholining 1% dan kamrog’i yashaydi. Uning ayrim hududlarida aholi umuman yashamaydi. Bu o’lkada aholining o’rtacha zichlik ko’rsatkichi nihoyatda past, Sahroi Kabir, Kalaxari botig’i va Namib cho’lida 1 km2 maydonga bir kishi tug’ri keladi. Aholi Kongo havzasining nam tropik o’rmonlarida, Sharqiy Afrika yassi tog’liklari, Shimoliy va Janubiy Afrika savannalarida ham siyrak joylashgan. Shuning uchun kishilarning materik tabiatiga, uning tabiat zonalariga va hududiy geokomplekslariga ko’rsatgan ta’siri ham turli xil darajada. Afrika tabiatiga inson eng qadimgi vaqtlardan ta’sir ko’rsatib kelgan va tabiiy holdagi landshaft komplekslarining juda katta maydonlarini o’zlashtirgan. Materik o’rmonlarida kishilar dehqonchiliq bilan shug’ulanish maqsadida ularni kesib va yondirib yer ochgan. Natijada ekvatorial va subekvatorial o’rmonlarning maydoni ikki barobar qisqargan. O’rmonlar kesilib ochilgan katta-katta maydonlarda agrolandshaftlar - kakao, kofe, yog’ olinadigan palma, yeryong’oq plantasiyalari barpo etilgan. Nam ekvatorial va fasliy nam subekvatorial o’rmonlar o’rnida antropogen agrolandshaft komplekslari, antropogen savannalar vujudga kelgan.
Afrikadagi savannalarning tabiati ham inson xo’jalik faoliyati ta’sirida kuchli o’zgartirilgan. Bu joylarda haydab dehqonchilik qilinadigan yerlar va yaylovlar juda katta maydonlarni tashkil etadi. Inson o’zining xo’jalik faoliyatida tabiat komplekslaridan noto’g’ri foydalanishi oqibatida ko’p asrlar davomida savannalar asta-sekin antropogen cho’llarga aylanib borgan. Shimoliy Afrikada faqatgina savannalarning antropogen cho’llanishi natijasida keyingi yarim asr davomida Sahroi Kabirning chegarasi janubga tomon ancha surildi va uning maydoni 650 ming km2 ga kengaydi. Savannalarni cho’llar bosib kelishidan saqlash uchun Sahroi Kabirda uzunligi 1500 km bo’lgan ihota o’rmonlari bunyod etilmoqda. Bunday antropogen o’rmonlar polosasi ekinlarni cho’llarning quruq va issiq shamollaridan, unumdor yerlarni ishdan chiqarishdan saqlaydi. Toshloq va qumli cho’llarning u yer-bu yerida antropogen landshaft komplekslarining yana bir turi - yam-yashil xurmozorli vohalar uchraydi. Foydali qazilmalar qazib chiqariladigan va tog’-kon
sanoati yaxshi rivojlangan joylarda antropogen tabiat komplekslarining bir necha xillari, jumladan texnogen landshaftlar keng tarqalgan.
Materikning eng ko’p o’zlashtirilgan hududlaridan va landshaft komplekslaridan biri Nil vodiysi va uning del’tasidir. Bu yerda aholining nihoyatdi zich joylashganligi sababli har bir joy madaniy landshaftlarga aylantirilgan. Daryo toshqini paytida vujudga kelgan unumdor tuproqlardan yiliga uch martadan hosil olinadi. Vodiyning juda katta maydonida barpo etilgan agrolandshatlar tarkibida paxta, sholi, sitrus va xurmo plantasiyalari hukmronlik qiladi. Agrolandshaftlarning qolgan maydoni bug’doy, arpa, makkajo’xori va boshqa madaniy ekinlar bilan band. Vodiyda boshqa mevali daraxtlar ham ko’plab ekiladi. Afrikaning hamma tabiat zonalarida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida juda katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. Ko’pchilik tabiat komplekslarining dastlabki tabiiy holati o’zgartirilib, ularning o’rnida ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega bo’lgan antropogen landshaft komplekslari vujudga kelgan. O’rmonlar zonasining katta maydoni savannalashgan, savannalarning bir qismi cho’llashgan. Tog’-kon sanoati rivojlangan joylarda tuproq va o’simlik qoplami butunlay buzilgan, atmosfera havosi ifloslangan. Afrikada yovvoyi hayvonlarni ovlash ham uzoq vaqtlardan beri davom etib kelmoqda. Buning oqibatida ko’plab ov hayvonlari qirilib ketgan. Masalan, antilopa va zebralarning ayrim turlari butunlay yo’qolib, tng yirik hayvonlardan fil, karkidon, gorilla va boshqa turlarning soni juda kamaygan.
Binobarin, kesilgan o’rmonlarning maydonini tiklash, kamayib ketayotgan hayvon turlarini saqlab qolish va ularning sonini ko’paytirish, noyob tabiat komplekslari va landshaft yodgorliklarini e’zozlab asrash hayotiy zarurat. Ana shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish yo’li bilan tabiatning ekologik sharoitini yaxshilash va uning ekologik holatini tiklash mumkin. Materikning barcha o’lkalarida tabiiy va antropogen landshaft tizimlarini muhofaza qilish yo’li bilan ularning sofligini, iqtisodiy samaradorligini saqlab qolish mumkin.
Materik tabiatini muhofaza qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etilgan. Ular Janubiy va Sharqiy Afrikada juda ko’p. Masalan, Sentral-Kalaxari, Faldam, Milando, Kizingo, Ugalla, Masva qo’riqxonalari, Kryuger, Kalaxarn-Xemsbok, Serengeti, Rudolf, Kilimanjaro vulkanik massivi, Kameya milliy bog’lari shular jumlasidandir (1-jadval). Bu joylarda noyob tabiat komplekslari, o’rmonlar, savannalar, vulkanlar, landshaft yodgorliklari, yovvoyi hayvonlar muhofaza qilinadi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida yo’qolib ketish arafasida turgan ko’p hayvonlar soni tiklangan.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə