Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə24/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Fasliy nam o’rmonlar (subekvotorial zona). Sernam ekvatorial o’rmonlarning shimoliy va janubiy qismlarida tor polosa bo’lib fasliy nam o’rmonlar
zonalari joylashgan. Shimoliy fasliy nam o’rmonlar zonasi shimoliy yarim sharda juda tor polosa hosil qilib, g’arbda Atlantika okeani va Gvineya qo’ltig’i sohillaridan, sharqda Albert ko’li qirg’oqlarigacha cho’zilgan. Janubiy subekvatorial o’rmonlar zonasi shimolga nisbatan keng polosa hosil qilib, g’arbda Atlantika okeani sohilidan, sharqda Tanganika ko’ligacha cho’zilgan. Bu zonalar uchun uzoq davom etadigan nam mavsum va qisqa vaqt davom etadigan quruq mavsum xarakterlidir. Quruq mavsum paytida ayrim daraxtlar bir necha haftaga bargini to’kadi. Bu zonalarda seyba, mangralar, paporotniklar, danta, gildegariya, afora va boshqa daraxtlar o’sadi.
Savannalar va siyrak o’rmonlar (subekvotorial zona). Ekvatordan shimolga va janubga tomon uzoqlashgan sari nam ekvatorial o’rmonlar o’tkinchi polosa hosil qilib, fasliy nam subtropik o’rmonlar, so’ngra savannalar zonasi bilan almashinadi. Savannalar ekvator atrofidagi nam va fasliy nam o’rmonlar zonalariga nisbatan quruq va sernam fasllarning almashinishi yaqqol ifodalanganligi, har yer-har yerda yakka daraxt yoki siyrak o’rmonlar va butalar o’sgan o’tloqlarning keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ekvatorial va subekvatorial o’rmonlar zonalari yorug’likning kamligi, havosining sernamligi bilan farq qilsa, savannalar kunlarning yorug’ligi, havosining tozaligi, namlikning kamligi bilan ajralib turadi. Atmosfera yog’inlari ko’p yog’adigan faslda baland bo’yli to’liq o’tlar tekisliklarni, platolarni, vodiylarni, tog’liklarni qamrab oladi. Afrikada boshqa tabiat zonalarga nisbatan savannalar juda katta maydonni egallagan.
Afrika savannalarida tuproq hosil bo’lish jarayoni yil fasllari bilan uzviy bog’liq. Fasliy yomg’irlar davrida organik moddalar parchalanadi, o’simlik qoldiqlari yaxshi chiriydi, tuproqlar yuviladi. Qurg’oqchil davrda nam yetishmasligi tufayli mikroorganizmlarning hayot faoliyati sekinlashadi, o’t o’simlik qoldiqlari sekin chiriydi. Shu tarzda tuproqni unumdor qiluvchi chirindi to’planadi. Savannalarda tuproq, o’simlik qoplamining hosil bo’lishi va rivojlanishi zonaning iqlim sharoiti bilan chambarchas bog’liq. Subekvatorial o’rmonlarga yaqin bo’lgan, yog’in miqdori 1000-2000 mm atrofida yog’adigan va yomg’irli mavsum 6-8 oy davom etadigan joylarda qizil laterit tuproqlar yoki ferralit tuproqlar tarqalgan. Bu yerlarda balandligi 3 m gacha yetadigan baland o’t o’simliklari keng tarqalgan va ular katta maydonlarni egallab yotgan o’tloqzorlarni hosil qiladi. Har yer-har yerda siyrak daraxtlar uchraydi, bahaybat sershox baobablar, yog’ olinadigan va yelpig’ichsimon palmalar, aloe, papirus, sutlama, soyabonli akasiyalar mavjud. Yomg’irli davr 4-5 oy davom etadigan hamda yog’in miqdori 500-1000 mm atrofida bo’lgan savannalarning o’rta polosasida qizil-qo’ng’ir tuproqlar shakllangan. Bu joylarda uncha baland bo’lmagan o’t o’simliklar tarkib topgan tropik savannalar vujudga kelgan.
Chala cho’llarga chegaradosh, yomg’irli davr 1,5-2 oy davom etadigan va yog’in 200-500 mm atrofida tushadigan joylarda cho’llangan savannalar vujudga kelgan. U yerlarda qattiq o’t o’simliklar, tikanli butalar siyrak holda o’sadi. Qurg’oqchilikka chidamli semiz tanali daraxtsimon o’simlik - ixrojlar ham uchraydi. Ixrojning bargi bo’lmaydi, lekin uning tanasi tikanlar bilan qoplangan. Bu o’simlik quruq iqlimga moslashib, tikanlarida suv to’plab oladi. Afrika savannalari boshqa
tabiat zonalariga nisbatan hayvon turlarining xilma-xillik xususiyatlari bilan farq qiladi. Ayniqsa savannalarda yirik hayvonlar ko’p miqdorda to’plangan. Masalan, antilopalar, zebralar, jirafalar, fillar, qo’toslar, karkidonlar shular jumlasidandir. Cho’llangan savannalarda g’izollar yashaydi. Daryolarda timsohlarning bir necha turlari uchraydi, ulardan eng yirigi, uzunligi 5-6 m ga yetadigan Nil timsohlaridir. Oq Nil, Chad ko’li va boshqa suv havzalarining botqoqlashgan joylarida katta suv echkilari, daryo va ko’l qirg’oqlarida og’irligi 3 t. gacha keladigan begemotlar yashaydi. Kemiruvchilardan in qazib yashaydigan yer olmaxoni asosiy hayvonlardan hisoblanadi. Afrika savannalari turli qushlarga juda boy. Bu zonada dunyodagi eng kichik qushni ham, eng katta qushni ham uchratish mumkin. Nihoyatda kichik, go’zal qushlardan nektarxo’r va ulkan qushlardan Afrika tuyaqushi, marabu qushi yashaydi. Yirtqich qushlardan o’zining ko’rinishi va harakati bilan kotib qush alohida ajralib turadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə