Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə32/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Shimoliy Gvineya tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering?

  2. Kongo botig’i tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering?

  3. Tabiiy geografik o’lkalarning boshqa o’lkalardan farqli tomonlarini ayting?

  4. Tabiiy geografik rayonning gidroiqlimiy xususiyatlari nimada?



      1. SHARQIY AFRIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI




Tayanch so’z va iboralar: Sharqiy Afrika va Efiopiya-Somali tabiiy geografik o’lkasi, geotektonik struktura, kristall jinslar, landshaft komplekslar, morfotektonik struktura, gorst, Afar botig’i.

Materikning janubi-sharqiy qismini egallagan o’lka Afrikaning boshqa qismlaridan okean sathidan 4000-5000 m balandlikka ko’tarilganligi, yirik tog’liklar, baland tizmalar va platolardan tarkib topganligi hamda tog’ rel’ef shakllarining hukmronligi bilan ajralib turadi. Tabiiy geografik rayon qadimiy kristalli platformaning serharakat qismida joylashgan bo’lib, neogen va to’rtlamchi davrlarda kuchli tektonik harakatlarni boshdan kechirgan. Bu hudud hozir ham seysmik jihatdan eng harakatchan mintaqa hisoblanadi. Baland Afrika geotektonik strukturasi va yer usti tuzilishining murakkabligi, kuchli parchalanganligi, yer po’stida yoriqlarning keng tarqalganligi, qadimgi va hozirgi vulkanik jarayonlarning faolligi hamda landshaft komplekslarining xilma-xilligi bilan ham farq qiladi. Bu yerda tropik cho’l landshaftlaridan tortib, qirg’oq bo’yidagi tog’ yonbag’irlarida nam ekvatorial o’rmonlar va baland tog’ cho’qqilarida qor bilan qoplangan nival mintaqagacha uchraydi. Baland Afrika hududidan materikning Atlantika va Hind okeanlari havzalari o’rtasidagi bosh suvayirg’ichi o’tadi va undan eng yirik sersuv daryolar boshlanadi. Materikning bu qismi morfotektonik strukturasi va tabiiy xususiyatlari bilan farq qiluvchi ikkita yirik - Efiopiya-Somali va Sharqiy Afrika yassi tog’ligi tabiiy geografik o’lkalari ajratiladi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə