Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə35/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Efiopiya-Somali tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering?

  2. Sharqiy Afrika tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering?

  3. Sharqiy Afrika yassi tog’ligining boshqa o’lkalardan farqini ayting?

  4. O’lka tabiatini muhofaza qilishga oid qanday ishlar amalga oshirilgan?



      1. JANUBIY AFRIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI




Tayanch so’z va iboralar: Janubiy Afrika yassi tog’ligi, Kap, Madagaskar oroli, plato, Kalaxari, Namib, Kryuger milliy parki, Katta va Kichik Karru botig’i.

Materikning janubiy qismini tashkil etib, uning shimoliy chegarasi, Kongo va Zambezi daryo havzalari o’rtasidagi suvayirg’ich platodan o’tadi. G’arbiy qismi Atlantika okeani va sharqiy qismi Hind okeni suvlari bilan yuvilib turadi. Maydoni 5 mln. km2 atrofida. O’lkaning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, uning rel’efida yassi tog’liklar va tog’ oralig’i botiqlari yetakchi rol o’ynaydi. Janubiy Afrika tabiiy geografik o’lkasi Janubiy Afrika yassi tog’ligi, Kalaxari botig’i, Drakon va Kap tog’laridan tarkib topgan. Janubiy Afrika qirg’oqlari yaqinida joylashgan Madagaskar oroli alohida tabiiy geografik o’lkani tashkil etadi.


Janubiy Afrika yassi tog’ligi. Janubiy Afrika yassi tog’ligi kembriydan oldin hosil bo’lgan platformada joylashgan. Uning asosini tashkil etuvchi qadimiy kristall jinsli poydevori gorizontal yotgan kontinental yotqiziqlar bilan qoplangan. Yassi tog’likning rel’efida ichki tog’ oralig’i botiqlari va ularni o’rab turgan arxey, proterozoy eralarining qadimiy kristall jinslaridan tarkib topgan ko’tarilmalar hukmronlik qiladi. Ichki botiqlarni o’rab turgan ko’tarilma poydevorlar balandligi 1200-2500 m keladigan bir qator platolar, balandliklar va tog’larni hosil qiladi, ular ichki rayonlardan atrofga qarab asta-sekin ko’tarilib boradi. Limpopo daryosidan shimolda Matabele platosi, janubda Baland Veld va Yuqori Karru platolri, g’arbiy qismida Kaokofeld, Damara, Namakva platolar polosasi cho’zilgan. Shimolda Katanga platosi Zambezi va Kongo daryo havzalari o’rtasida suvayirg’ich vazifasini bajaradi.
Janubiy Afrika yassi tog’ligining g’arbidagi va shimoli-sharqidagi baland platolar kembriygacha bo’lgan kristall jinslardan tarkib topgan. Janubda kristall jinslar ancha chuqurlikda joylashgan bo’lib, ularning yuzasi perm-trias davrlarining
laguna yotqiziqlari bilan qoplangan. Ayrim joylarda bu tog’ jinslarini lavalar yorib chiqib, alohida-alohida tog’ massivlarini hosil qilgan. Shulardan biri balandligi 3000 m gacha ko’tarilgan Basuto massividir. Baland platolar ichki rayonlardan chekka tomon ko’tarila borib, sharqda, janubda va g’arbda tik yonbag’irli Rodjers Pog’onasini yoki Katta Pog’onani hosil qiladi. Pog’onaning tashqi yonbag’irlari erozion jarayonlar tufayli kuchli parchalangan. Katta Pog’ona sharqda Limpopo daryosi yaqinidan boshlanib, janub orqali yarim aylana hosil qiladi va g’arbda Kunene daryosigacha davom etadi. Uning uzunligi Janubiy Afrika bo’ylab 2000 km masofaga cho’zilgan. Pog’onaning eng baland nuqtasi Drakon tog’laridagi Basuto massivining Katkin-Pik cho’qqisi (3657 m) Janubiy Afrika o’lkasining eng baland nuqtasi hisoblanadi.
Katta Pog’ona materikning janubiy qismida Nyuvefeldberge va Roxxefeldberge tog’ tizmalarini hosil qiladi. Bu tizmalardan janubda joylashgan Katta Karru botig’i Kap tog’ tizimini Afrika platformasidan ajratib turadi. G’arbda Katta Pog’ona Atlantika bo’yi pastekisligiga parallel ravishda janubdan shimolga tomon cho’zilgan. Atlantika sohilining Oranj va Kunene daryolari oralig’ida qirg’oqbo’yi Namib cho’li joylashgan. Janubiy Afrika materikning foydali qazilmalarga eng boy hududi hisoblanadi. Cho’kindi jinslarning karru formasiyasidan toshko’mir qazib olinadi. Platformaning kristall va vulkanik jinslarida temir, mis, marganes, qalay, qo’rg’oshin, vanadiy, uran, platina, rux rudalari keng tarqalgan. Yassi tog’likning barcha qismida oltin va olmos konlari bor. Janubiy Afrika yassi tog’ligi kontinental iqlimli, harorati baland, yog’in kam yog’adigan, dasht, chala cho’l va cho’l landshaftlari keng tarqalgan o’lka hisoblanadi. Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlar yassi tog’likning sharqiy qismiga ta’sir etib iqlimni mo’tadillashtirib turadi. Bu yerga yog’inni Mozambik iliq oqimi ustidan o’tib keladigan nam tropik havo massasi olib keladi. Shuning uchun plato va tog’larning sharqiy yonbag’irlariga, Zambezi havzasining quyi qismiga yiliga o’rtacha 1500 mm, Drakon tog’ yonbag’irlariga 1000 mm dan ko’proq yomg’ir yog’adi. Janubiy Afrikaning eng qurg’oqchil hududi Namib cho’li
hisoblanadi.
Hind okeanidan keladigan nam tropik havo massasi Atlantika okeani sohillariga yetib kela olmaydi. Atlantika okeani ustida vujudga kelgan antisiklonning sharqiy chekkasi Bengala sovuq oqimi ustida yanada kuchayib, materikning qirg’oqbo’yi pastekisliklariga kuchli ta’sir etadi. Bu salqin havo materik ustida bir oz qiziydi va hech qanday yog’in bermaydi. Chekka tog’lardan oshib o’tgan passatlar ichki platolarga va botiqlarga kam miqdorda yog’in keltiradi, Zambezi va Kalaxari botiqlarida 250-300 mm gacha yomg’ir yog’adi. Kalaxarining g’arbiy qismida Atlantika va Hind okeanlaridan esadigan passatlar o’zaro to’qnashib, havo frontini hosil qiladi va yog’in miqdorini 400-500 mm gacha ko’payishiga sabab bo’ladi. Havo harorati kenglik va balandlik bo’ylab o’zgarib boradi. Eng yuqori harorat Janubiy Afrikaning sharqiy tekislik qismi uchun xarakterli. Mozambikda o’rtacha oylik harorat +27°+29°S ga teng. Yassi tog’likning ko’pchilik hududlarida yoz oylarining kunduzgi harorati +200 S atrofida bo’ladi. Oranj daryosining quyilish joyida eng issiq oyning o’rtacha harorati +15°S dan yuqori ko’tarilmaydi. Umuman
Atlantika okeani sohilida sovuq oqimning ta’siri tufayli o’rtacha harorat +12° +15°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat o’lkaning hech bir joyida +40°S dan yuqori ko’tarilmaydi.
Janubiy Afrika yassi tog’ligida yog’inning kam bo’lishi tufayli daryo to’ri yaxshi rivojlanmagan. Bu o’lkaning eng yirik va sersuv daryolaridan biri Zambezi bo’lib, uning suv rejimi yomg’ir fasliga bog’liq. Undan keyin kattaligi jihatidan ikkinchi va uchinchi o’rinlarda Oranj va Limpopo daryolari turadi. Barcha daryolarda sharsharalar va ostonalar keng tarqalgan. Yassi tog’likning ichki platolari va botiqlari berk havzani tashkil etadi. Berk havzaga qarashli daryolar o’z suvini botiqlardagi sho’r ko’llarga va botqoqliklarga quyadi. O’lka shimolidagi baland platolarda va tekisliklarda shamshod daraxti, qizil buk va karam palmalaridan tashkil topgan siyrak o’rmonlar uchraydi. Bu yerda tropik jigar-rang-qizil tuproqlar keng tarqalgan. Ayrim joylarda siyrak o’rmonlar savannalar bilan almashinadi. Savannalarda shimoliy yarim shardagiga o’xshash baland bo’yli boshoqli o’tlar, ulkan baobablar, akasiyalar va xilma-xil palmalar o’sadi. 1000 m dan balandda tikanli butazorlar va baland o’tlar mintaqasi joylashgan. Undan yuqorida tipik al’p o’tloqzorlari keng tarqalgan.
Yassi tog’likning katta qismi kserofit o’simliklar bilan qopangan. Ichki hududlarda asosan butalar va quruq dasht o’simliklari o’sadi. Ularning qiyofasi nam va quruq fasllarga bog’liq keskin o’zgarib turadi. Sharqdan g’arbga borgan sari yog’in miqdorining kamayishi kserofit o’simliklar ko’payishiga sharoit yaratadi. Ularning flora tarkibida piyozli o’simliklar, tikanli akasiyalar, turli xil aloelar ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlikka eng kambag’al joy Namib cho’li hisoblanadi. Bu yerda tomiri yaxshi rivojlangan velvichiyalar va pakana bo’yli tikanli butalar har yer har yerda uchrab turadi. Janubiy Afrika yassi tog’ligi rang-barang landshaftlari bilan bir qatorda xilma-xil va boy fauna kompleksiga ham ega. Ammo, yovvoyi hayvonlarni yillar davomida ko’plab ovlanishi natijasida ularning soni keskin kamayib ketgan. Ayniqsa antilopalar, zebralar, jirafalar, fillar, qora qo’toslar va karkidonlarning soni juda ham kam qolgan. Hatto yirtqich hayvonlardan arslonlar, qoplonlar, sirtlonlar, yovvoyi mushuklar va yovvoyi itlar yo’qolib ketish arafasida turibdi. Shuning uchun yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etgan. Shulardan eng yirigi va mashhuri Kryuger milliy bog’idir. Bu yerda Afrika materigi uchun xos bo’lgan barcha hayvon turlari va qushlar to’plangan.
Bundan tashqari tabiatni muhofaza qilish va uni kelajak avlod uchun asrab- avaylash maqsadida Markaziy Kalaxari, Chobe, Mangadingadi-Pans qo’riqxonalari, Gemsbok, Kalaxari-Xemsbok, Uanki, Chobe, Kafue milliy bog’lari tashkil etilgan. Kap tog’lari. Kap tog’lari tabiiy geografik jihatdan Janubiy Afrika o’lkasining kichik oblastini tashkil etib, materikning eng janubi-g’arbiy chekkasida, Port- Elizabet shahri bilan Ulifans daryosining quyi qismi oralig’ida joylashgan. Kap tog’lari o’rtacha balandlikdagi parallel yo’nalgan bir necha antiklinal tog’lardan tarkib topgan. Ular materikning janubiy va janubi-g’arbiy sohillari bo’ylab 800 km masofaga cho’zilgan. Tog’lar oralig’ida turli kattalikdagi sinklinal cho’kmalar mavjud bo’lib, ular orasida yirigi Kichik Karru botig’i hisoblanadi. Undan shimolda
joylashgan keng Katta Karru botig’i Kap tog’larini Janubiy Afrika yassi tog’ligining Katta Pog’ona tizmasidan ajratib turadi. Mazkur tog’lar quyi paleozoyning qumtoshlari va kvarsitlaridan tarkib topgan, gertsin bosqichida burmalangan. So’nggi tog’ hosil bo’lish jarayoni natijasida qaytadan ko’tarilgan. Ularning o’rtacha balandligi 1500 m atrofida, eng baland nuqtasi Svartberg tizmasidagi Zvart cho’qqisi 2326 m ga ko’tarilgan.
Kap tog’lari tabiiy geografik o’lkasi uchun subtropik iqlim tipi xarakterli. Maksimal yog’in qish oylariga to’g’ri kelib, yozda yomg’ir juda kam yog’adi. Yomg’ir fasli apreldan boshlanib, sentabr oyigacha davom etadi va keyin yog’in to’xtaydi. Chunki, qishda esadigan g’arbiy nam shamollar yozda subtropik antisiklon bilan almashinadi. Kap tog’larining baland yonbag’irlarida yiliga 1800 mm gacha, qolgan joylarda 700-800 mm gacha yog’in tushadi. Qishda tog’ cho’qqilariga qor ham yog’adi. Eng kam yog’in tushadigan hududlar ichki botiqlar hisoblanadi. Jumladan, Kichik Karru botig’ida yiliga o’rtacha 150-300 mm atrofida yog’in bo’ladi. Shuning uchun bu hududlarda dehqonchilik sun’iy sug’orish asosida amalga oshiriladi.
Kap tabiiy geografik o’lkasi Janubiy Afrika o’lkasining boshqa qismlaridan o’ziga xos flora komplekslari bilan farq qiladi. Bu yerda qadimdan shakllangan Kap florasi o’zining tashqi qiyofasi va xususiyatlari bilan O’rta dengiz atrofidagi o’simliklarni eslatadi. Doimiy yashil butalar va past bo’yli daraxtlar ko’pchilikni tashkil etadi. Kap tog’larining g’arbiy yonbag’irlarida aralash o’rmonlar o’sadi. Birgina yuksak o’simliklarning 6000 dan ziyod turi bo’lib, shundan 3000 dan ko’proq turi endemik o’simliklardir. Kap florasida manzarali o’simliklar keng tarqalgan. Eng xarakterli o’simliklar orasida murakkabgullilar, dukkaklilar, vereskalar, sapsargullilar va boshqalar asosiy o’rin egallaydi. Madaniy o’simliklarning aksariyati (tok, zaytun, anjir, olma, nok, don ekinlari) Yevrosiyodan keltirilgan. Hozirgi paytda o’rmonlarning, chala cho’l va cho’l landshaftlarining o’rnini qishloq xo’jalik madaniy ekinlari – agrolandshaftlar egallagan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə