Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə21/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

O’simlik dunyosi. Afrika boshqa materiklardan shu bilan farq qiladiki, uning hududi uchta flora oblastida joylashgan. Materikning Sahroi Kabir bilan birgalikdagi shimoliy qismi Golarktika, ekvatordan shimoldagi va janubdagi asosiy qismi Paleotropik va eng janubiy qismi Kap flora oblastiga qaraydi. Bular orasida Paleotropik oblastining florasi ancha qadimiy bo’lib, uning tarkibida Avstraliya bilan tarixiy davrda bo’lgan aloqaning belgilari sezilib turadi. Shimoliy Afrika florasining shakllanishi Janubiy Yevropa va G’arbiy Osiyo florasining shakllanishi bilan bir vaqtda sodir bo’lgan. Afrika florasi tarkibida hozirga qadar 40 000 dan ortiq tur borligi aniqlangan. Shundan 900 ga yaqin turi tropik florasining endemiklari hisoblanadi. Materikning o’simlik qoplamida asosan tropik o’simliklar tipi hukmronlik qiladi. Tropikdan tashqari subtropik o’simlik tiplari materikning eng shimoliy va eng janubiy qismlarida uncha katta bo’lmagan maydonni qoplagan. Afrikaning xarakterli o’simlik tiplari savanna cho’l o’simlik tiplari bo’lib, ular materikning 84%, o’rmonlar va butazorlar 9%, dashtlar, baland tog’ o’simliklari va vohalar 7% maydonini egallaydi.
Ekvatorial iqlim mintaqasining o’rtacha yillik yog’in miqdori 1500-2000 mm bo’lgan joylarda nam tropik o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Ular materikning 8% maydonini qamrab olgan. Nam tropik o’rmonlar Kongo havzasining ekvatordan 4° sh.k. va 5° j.k lar oralig’ida, Gvineya qo’ltig’i shimoliy sohillarining 8° sh.k. gacha bo’lgan hududlarida keng tarqalgan. Daryo del’talarida va suv bosadigan sohillarda mangra o’rmonlari rivojlangan. Eng qadimiy birlamchi nam tropik o’rmonlar Kongo botig’ining markaziy qismida yaxshi saqlangan. Qolgan joylarda bu o’rmonlarning o’rnini nisbatan past bo’yli ikkilamchi xarakterga ega bo’lgan o’rmonlar egallagan. Afrikaning tropik o’rmonlari tur tarkibining boyligiga va egallagan maydoniga ko’ra Janubiy Amerika nam tropik o’rmonlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. O’rmonlarning eng baland yarusi bo’yi 80 m ga yetadigan ulkan fikuslardan, xilma- xil palmalardan, seyba va kola daraxtlaridan tarkib topgan. Undan pastki yarusda bananlar, Liberiya kofe daraxti, turli xil qirqquloqlar o’sadi. Bu o’rmonlar chirmashib o’sadigan lianalarga va epifitlarga nihoyatda boy. Tropik o’lkalarda yog’ beradigan palmalardan katta-katta maydonlarda plantasiyalar barpo etilgan. Amerikadan keltirilgan kakao daraxti, kauchuk beradigan daraxt va yog’ beradigan palmalar ko’p joylarda tabiiy o’rmonlar o’rnini egallagan. Bu hududda yashaydigan mahalliy aholi banan, maniok va batatlar ham yetishtiradi.
Ekvatordan shimol va janubga tomon nam tropik o’rmonlar savannalar bilan almashinadi. O’rmonlar savannalarga o’tish polosasida ancha siyraklashadi, bargini to’kadigan daraxtlar soni oshadi, o’rmon massivlari o’rtalarida savannalar paydo bo’la boshlaydi. Yomg’ir fasli 8-9 oy davom etadigan savannalarda bo’yi 2-3 m
gacha yetadigan fil o’ti, borodach va boshqa g’allagulli o’simliklar o’sadi. Keng maydonni egallab olgan va dengiz kabi mavj urib turgan boshoqli o’tlar orasidan yuqoriga bo’y cho’zib turgan daraxtlar baobablar, palmalar va akasiyalar uchraydi. Savannalar ekvatordan shimolda 12° sh.k. gacha boradi. Janubiy yarim sharda savannalar zonasi keng polosa bo’ylab cho’zilib, Hind okeani sohillariga yaqin joylarda tropik zonasigacha davom etadi. Bu yerda boshoqli savannalar bilan bir qatorda quruq faslda bargini to’kuvchi siyrak o’rmonlar ham keng tarqalgan. Yomg’ir fasli 5-6 oygacha davom etadigan va yog’in miqdori kamaygan joylarda kserofit o’simliklardan tashkil topgan savannalar shakllangan. Qurg’oqchil savannalarning o’t o’simliklari siyrak va past bo’yli. O’simliklari orasida daraxtlardan ko’pincha turli xil akasiyalar uchrab turadi. Bu tipdagi savannalar tipik yoki quruq savannalar deb ataladi.
Namlik davri 3-5 oy davom etadigan hududlarda tipik savannalar quruq va tikanli butazorlar bilan almashinadi. Bunday o’simliklar bilan band bo’lgan joylar cho’llangan savannalar deb ataladi. Bu tipdagi savannalar shimoliy yarim sharda uncha keng bo’lmagan polosa hosil qilib, tipik savannalardan shimolda joylashgan. Cho’llangan savannalar materikning sharqida keng tarqalgan bo’lib, Somali yarim orolini to’liq egallagan va ekvatordan janubga cho’zilgan. Hozirgi paytda materikning 40% hududi savannalar va siyrak tropik o’rmonlar bilan band. Savanna o’simliklar tipi o’z navbatida chala cho’l o’simliklar tipi bilan almashinadi. Chala cho’l o’simliklari shimoliy yarim sharda tor polosa hosil qilib, g’arbdan sharqqa tomon cho’zilgan, janubda esa ularning areali chegaralangan bo’lib, materikning ichki qismida uchraydi. Shimoliy chala cho’lda tikanli butalar, past bo’yli akasiyalar, yulg’unlar, ko’p yillik dag’al bargli boshoqlilar o’sadi. Janubiy Afrika chala cho’l o’simliklari shimoldagi chala cho’llardan farq qilib, ular aloelar, sersuv mevali yovvoyi tarvuzlar va boshqa sukkulentlardan tarkib topgan. Bulardan tashqari yostiqsimon tikanli o’simliklar, turli xil o’tlar gulsafsarlar, nilufarlar, amarillislar ham tarqalgan.
Iqlim sharoiti kontinentallashgan sari chala cho’l o’simlik tipi cho’l o’simliklari bilan almashinadi. Cho’llar materikning shimoliy qismida Sahroi Kabirda keng rivojlangan. Janubda cho’llar Kalaxari botig’ining janubiy qismida va Afrikaning janubi-g’arbida Atlantika okeani sohili Namib hududida uchraydi. Shimoliy yarim sharning cho’l o’simliklari Osiyo cho’llarining o’simliklariga bir muncha o’xshash, bu yerda rivojlanish davri qisqa bo’lsa ham efemerlar keng tarqalgan. Ular ahyon- ahyonda yog’adigan yomg’irlardan keyingina yam-yashil maysalar hosil qiladi. Qumli cho’llarda yantoqlar va retamalar, sho’rxok yerlarda shuvoqlar va sho’ralar uchraydi. Toshloq cho’llar uchun lishayniklar xarakterli. Shimoliy cho’llarda xurmoli palmalardan tashkil topgan vohalar ko’p. Afrikaning janubi-g’arbidagi cho’llarda endemik o’simlik hisoblangan va bargining uzunligi 3 m gacha yetadigan velvichiya o’sadi.
Afrikaning eng janubi-sharqiy nam subtropikli qismida doimiy yashil o’rmonlar hukmronlik qiladi. Ular temir daraxtidan, sariq daraxtdan, daraxtsimon qirqquloqlardan, o’tkir bargli kap daraxtidan va baland o’tlardan tarkib topgan. Qirg’oqdan uzoqlashgan sari yashil o’rmonlar subtropik dasht boshoqli o’t
o’simliklari bilan almashinadi. Bu regionda subtropik dashtlar ayniqsa kontinental iqlimli yassi tog’liklarda yaxshi rivojlangan. Materikning shimoli-g’arbiy va janubi- g’arbiy sohillarida va tog’ etaklarida dag’al bargli doimiy yashil subtropik butazorlar keng tarqalgan. Afrikaga Yevropa O’rta dengiz subtropigidan sitrus o’simliklari, toq, bug’doy va boshqa don ekinlari keltirilgan. Savannalarning o’zlashtirilgan yerlarida paxta, yeryong’oq, makkajo’xori, tamaki, sholi, sorgo va boshqa xil madaniy ekinlar yetishtiriladi (Ilova, 3-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə