Optik tolali lazerlar? Ularning kristallarning xossalariga ta’sirini o’rganish



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix21.10.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#130622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat

Ishning ilmiy yangiligi:
1.
Mikro- va nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlar tuzilishi jihatidan kristalcha va 
ular o‘rtasidagi chegara sohalaridan iborat. Kristal panjaradagi atomlarning notekis 
taqsimlanishi ularning sirti va oralig‘ida chegaraviy sohalarning hosil bo‘lishiga 
olib keladi.
2.
Mikro- va nano‘lchamli yarimo‘tkazgich xossalarini o‘rganishda optik 
tolalardan foydalanish metodi o‘rganildi. Optik tolalarning diametrini 
o‘zgartirilishi polikristal xususiyatga ega bo‘lgan mikro- va nanotuzilma 
kristalchalarini hamda ular o‘rtasidagi chegaraviy sohalarni o‘rganish imkinini 
beradi. 
3.
Temperatura ortib borishi bilan donadorliklararo chegara sohadagi kirishmali 
holatlarda elektron-kovak juftliklarning xosil bo‘lishi fototfokning ortishiga olib 
keladi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: 
Dissertatsiya ishida 
qo‗llanilgan metodlar mikro- va nanotuzilmali yarimo‗tkazgichlar-ning optik 
xossalarini o‗rganishda, ularda yuz beruvchi jarayonlarni tushuntirishda muhim 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari, moddalarning xossalarini o‗rganish uchun ishlab 
chiqiladigan optik tolali lazerlar metodi o‗quv jarayonida xususan fizik 
mutaxasislar tayyorlashda, ularga mikro- va nanotuzilmalarning xossalari, ularda 
yuz beruvchi jarayonlarni o‗rgatishda katta ahamiyatga ega. 
Natijalarning e’lon qilinganligi.
Dissertatsiya ishida olingan natijalar va 
ularning muhokamasi nashr qilingan maqolalarda o‗z aksini topgan. Dissertatsiya 
mavzusi bo‗yicha davriy jurnallarda maqolalar, Respublika miqyosidagi davriy 
ilmiy jurnalarda 2 ta maqola nashr qilingan, shuningdek, Evrika to‘garagida 
muhokama etilgan.



Ishning tuzilishi va hajmi: 
Dissertatsiya kirish, uchta asosiy bob va umumiy 
xulosadan iborat bo‗lib, hajmi: 69 betni tashkil qiladi. Shundan: 200 bet matn, 16 
ta rasm, 1 ta jadval va 59 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə