|
Optik tolali lazerlar? Ularning kristallarning xossalariga ta’sirini o’rganishОptik garmonikalarni generatsiyalashZ. M. Bobur nomidagi andijon davlatОptik garmonikalarni generatsiyalash
Intensiv lazer nuri suyuqlik va kristallarda sochilganda spektrning yo'ldosh
komponentlari bilan birgalikda tushuvchi yorug‘lik chastotasi ga karrali bo'lgan
2 , 3 , ... - optik garmonikalar ham generatsiyalanishi aniqlangan. Ba'zi
kristallarda optik garmonikalarning intensivligi shu darajada katta bo'ladiki, ularga
nurlanishning 30-50% quvvati to‘g‘ri keladi. Misol uchun rubin lazerining kuchli
nur dastasi kvartsdan o'tganda lazer nuri to'lqin uzunligiga to‘g‘ri keluvchi nur
( =6943 А) bilan birga /2=3471 А ga teng bo'lgan ultrabinafsha nur borligi
aniqlangan. Xuddi shuningdek, ko'zga ko'rinmaydigan infraqizil ( =10600 A)
neodim lazer yorug‘lik dastasi kristallga tushirilganda, chiqishda ikkinchi
garmonika ko'rinuvchi ko'k sohaga to‘g‘ri keladi (
2
=5330 A).
Bundan tashqari kuchli dasta ta'sirida muhit shaffofligi ham o'zgarar ekan.
Kuchsiz intensivlikda shaffof bo'lgan muhit, kuchli intensivlikda shaffof bo'lmay
qolar ekan. Boshqa muhitlarda aksi bo'lishi mumkin. Kuchli yorug‘lik ta'sirida
fotoeffektning qizil chegarasi yo'qolar ekan. Fotoeffekt ionlashtirish energiyasidan
2-3, ba'zida 6-7 marta kam energiyali fotonlar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, yorug‘lik intensivligining ortishi ma'lum optik hodisalarning
yangi qirralarini va yangi effektlarni ochish imkonini beradi. Bunda intensivlik 1
Vt/sm
2
dan 10
10
- 10
11
Vt/sm
2
gacha, ya'ni 10
9
- 10
10
marta ortadi. Bu hodisalarni
birlashtiruvchi umumiy narsa: ularning tabiati intensivlikka bog‘liqligidir. Bu
effektlarning aksariyat ko'pida intensivlik chegarasi mavjud.
Nanoelektron lazerlar
Nanoelektron lazerlar tuzilishi va ishlash prinsipiga ko‘ra, gorizontal
rezonatorli nanoelektron lazerlari, vertikal rezonatorli nanoelektron lazerlari hamda
optik modulyatorlarga bo‘linadi. Quyida ularni ko‘rib chiqaylik.
Dostları ilə paylaş: |
|
|