|
Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010shundoqqina jayraning qarshisida qorga uzala tushib yotdi, jayra esajek london oq soyloq qissashundoqqina jayraning qarshisida qorga uzala tushib yotdi, jayra esa
tishlarini g'ijirlatar, xirillar va ayanchli tarzda ingrardi. Bir necha
daqiqadan so'ng B irko'z jayraning ignalari shalvirab, butun badani
qaltiray boshlaganini sezdi. So'ng bu qaltiroq darhol bosildi va jayraning
qoziq tishlari so'nggi bor g'ijirladi-da, ignalari tam om ila shalpayib,
tanasi shilq etib tushdi. U boshqa qim ir etmadi.
Birko'z qo'rqa-pisa panjasi bilan jayrani chalqanchasiga yotqizdi.
Hammasi joyida. Jayra jon siz edi. O'ljani sinchiklab tekshirgandan keyin
bo'ri uni tishlab daryo yoqalab sudrab ketdi. U o'tkir ignalarga tegib
ketmaslik uchun boshini bir tom onga burib tortardi. T o'satdan bir nima
esiga tushdi-da, jayrani tashlab tustovuq yoniga qaytib bordi. U zarracha
ikkilanmay tustovuqni yeyishga kirishdi. Apil-tapil yeb b o'lgach , yana
jayraning jasadi tom on yugurdi.
Birko'z keltirgan o'ljasini g'orga sudrab kirganda, urg'ochi bo'ri
o'ljani ko'zdan kechirdi va boshini ko'tarib uning gardanini yalab-
yulqadi. Lekin shu bilan birga o'sha zahoti bolalaridan nariroq turishni
talab qilgandek irillab qo'ydi. To'g'ri, bu safar urg'ochi bo'rining ovozida
g'azabdan ko'ra yolvorish ohangi kuchliroq edi. O 'z zurriyotining
otasidan xavotirlanish hissi asta-sekin yo'qolib borayotgan edi. Birko'z
o'zin i ota bo'ri singari tutar va o'z nafsidan dunyoga kelgan bolalarini
bekordan-bekorga g'ajib tashlash istagidan yiroq edi.
Uchinchi bob
KULRANG BO‘R I BOLASI
U ham zotlaridan keskin ajralib turar edi. Ularning juni m alla rangga
m oyil bo'lib ham m alari ona bo'riga tortgan, u esa quyib qo'ygandek
Birko'zning o 'zi edi. Bir qorindan talashib tushgan bo'ri bolalari ichida
Dostları ilə paylaş: |
|
|