|
Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010qildi va iloji boricha undan qochadigan bo'ldi, dastlab bunday jazogajek london oq soyloq qissaqildi va iloji boricha undan qochadigan bo'ldi, dastlab bunday jazoga
loyiq sho'xliklardan o'zin i tiydi, keyin jazoga chap berish va qochishga
o'rgandi. Bu endi har xil voqealardan o'zich a xulosa chiqarish natijasi
edi. Shu choqqacha u o'zi anglagan holda nurga qanday talpingan
bo'lsa, xuddi shunday kaltakdan qochardi. Endi bo'lsa kaltakligini bilgani
uchun qochishga urinardi.
U o'ta yovuz bo'rivachcha edi. Boshqa bo'richalar ham undan
qolishmasdi bu tabiiy. Chunki u xom go'sht yeb kun ko'ruvchi yirtqichlar
zurriyoti edi. D unyoga kelgan kunidan boshlaboq em gan ona suti xom
qon sizib oqayotgan go'shtdan hosil bo'lardi, hozir tug'ilganiga bir oy
to'lib, ko'zlari bir hafta ilgari ochilgan chog'ida sut yetkazib berolm a-
ganidan besh nafar bolasiga ona bo'ri chaynab tutayotgan go'shtdan u
ham pok-pokiza tushira boshlagan edi.
Kulrang bo'ri bolasi kun sayin yirtqichlashib, yovuzlashib borardi.
Ham zotlariga nisbatan bo'g'iqroq va qattiqroq irillar, g'azabi xuruj
q ilga n d a xiyla q o 'r q in ch lir o q b o'lard i. Panjasi bilan ularni urib
ag'darishni ham u birinchi bo'lib o'rgandi. D astlab ulardan bitta-
yarim tasining qulog'idan tishlab silkigancha irillab u yoqdan-bu yoqqa
sudragan va yerga bulg'ashni odat chiqargan ham u edi. Shubhasiz,
boshqa bolalaridan ko'ra u ko'proq onasini tashvishga solardi.
G 'or og'zidan tushayotgan nur Kulrang bo'rivachchani tobora o'ziga
oshufta qilardi. U dam sayin tashqariga chiqish uchun g'orda timirski-
lanib yurar va xuddi shu alpozda sudrab joyiga keltirib qo'yishardi.
T o'g'ri, u tashqariga g'or og'zi orqali chiqilishini hali bilmasdi. U bir
yerdan boshqa yerga olib boradigan har xil kirish va chiqish yo'llari
borligidan shubhalanm asdi ham. U m u m an , u boshqa joylar mavjud-
Dostları ilə paylaş: |
|
|