O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati



Yüklə 371,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.04.2023
ölçüsü371,03 Kb.
#107568
1   2   3   4   5
13-amaliy mavzu

uchinchi 
bo‘g‘ini 
sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni 
o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy 


tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari 
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mus-tahkamligi darajasini tashxislash 
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan 
birga qo‘llanilsagina kutil-gan samarani beradi. 
Tizimning 
to‘rtinchi bo‘g‘ini 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha 
davriy 
tekshirish 
hisoblanadi.Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida 
o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalarni o‘zlashtirish sifatinitashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – 
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda 
beshinchi bo‘g‘in 
ta’lim oluvchilarning, ta’lim 
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir
. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir 
chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘Shib, o‘rtacha 
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, 
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim 
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir. 
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va 
bahoni (natija sifatida) ham oladi. 
Baholash 
deb bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan 
solishtirishni aytamiz. 
Baho 
deb baholashning ball Shaklida ko‘rsatilgan son 
jihatdan o‘lchamiga aytiladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting 
daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash 
belgilari va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish 
darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda 
o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor 
ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda, sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, 
qoni-qarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi 
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 
4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida 
olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik 
muhim. Baholarni son sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir 
qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega. 
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim 
standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy 
hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining 
miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi 
B=A/T*100% nisbat asosida hi-soblanadi. Bunda: 
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi; 
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi; 
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100% – axborotni 
to‘liq o‘zlashtirish va 0% – uning umuman mavjud emasligi o‘rta-sida bo‘ladi. 
Ma’lumki, baholash funksiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina 
cheklanmaydi. Baho – pedagog ixtiyoridagi o‘qishni, ijobiy motivatsiyani 


rag‘batlantirishning va shaxsga ta’sir ko‘rsatishning yagona vositasi. Aynan xolis 
(ob’ektiv) baholash ta’sirida, o‘quvchilarda adekvat o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy 
muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. 
Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o‘quvchilar o‘quv 
faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan 
ko‘rsatkichlarni izlab topishni talab etadi. 
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan 
mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda 
qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. 

Yüklə 371,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə