O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə2/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Tayanch tushunchalar: psixologik xizmat, psixodiagnostika, korreksion ishlar, psixoprofilaktika, konsultativ psixologiya, psixoterapevt, psixoterapiya, mijoz (klient yoki patsient), psixolog konsultant.

1. Insonlarga psixologik yordam ko’rsatish ildizi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu yumushlarni qadimda aynan psixologlar bo’lmasa-da, kohinlar, diniy arboblar, faylasuflar bajargan. Diniy ullamolar odamlarga ruhiy jihatdan ko’mak berishda maxsus psixologik metodlardan foydalanmagan bo’lsa-da, uning elementlarini o’z faoliyatlarida aks ettirishgan. Ya’ni insonlarni qiynayotgan muammolarini eshitganlar, taskin berganlar. Psixologik xizmatning aynan mutaxassislar, xususan, psixologlar tomonidan amalga oshirilishni boshlanish XIX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Xususan, psixologik xizmat АQShda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshladi. АQShning birinchi amaliyotchi psixologlari oʼz-oʼzini tarbiyalash muammosini oʼrgangan eksperimental psixologlar edilar.


Fransiyada psixologik xizmatni Аlfred Bine joriy etdi va bu borada e’tibor asosan taʼlim sohasiga eʼtibor qaratildi. 1894-yildan boshlab psixologik xizmatni mamlakatda amalga oshirish zarurligi tasdiqlandi va 1905-yilda umumiy dastur boʼyicha oʼqiy olmaydigan bolalarni tekshirish orqali aqliy taraqqiyotda orqada qolgan o’quvchilarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. 1990-yilda Fransiyada psixologik xizmatning yoʼnalishlari boʼyicha asosiy vazifalar aniqlab berildi. Psixologik xizmatni olib boruvchi shaxs vakolati kengaytirildi hamda psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qoʼlidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga oʼqituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin va xatto lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus taʼkidlandi. Sobiq sovet Ittifoqida birinchi boʼlib Estoniyada 1975-yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I. X.Liymets, Yu.L. Serd boʼlib, ular tarbiyasi qiyin oʼsmirlar uchun maxsus maktablarda ish olib boradilar). Rossiyada 1982-yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.
1989-yilda Oʼzbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
Bugungi kunga kelib, psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:

  • ilmiy nuqtai nazardan;

  • tashviqot nuqtai nazardan; - amaliy nuqtai nazardan.

Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yoʼnalish ijrochilarining asosiy funksiyasi psixologik xizmat ishida psixodiagnostik, psixokorrektsion va rivojlantiruvchi metodlarni ishlab chiqish va nazariy asoslashga bagʼishlangan ilmiy tadqiqotlarni oʼtkazishdan iborat.
Tashviqot nuqtai nazari odamlarning psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi.
Psixologik xizmatning amaliy nuqtai nazarini psixologlarning amalga oshiradigan ishlari tashkil etadi.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yoʼnalishi: dolzarb va kelajak yoʼnalishlari mavjud. Dolzarb yoʼnalish insonlar hayotidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvori, muloqotidagi ogʼishlar, muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yoʼnalishi esa har bir insonning individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Ikki yoʼnalish ham bir-biri bilan bogʼliq.
Psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muxofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə