O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Psixologik xizmatning vazifalari



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə3/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Psixologik xizmatning vazifalari:

  • har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik

imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish;
shaxsning intelektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi ogʼishlarni oʼz vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish;

  • odamlarning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam koʼrsatish; - oilalarda sogʼlom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin boʼlgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish;

  • shaxsning oilada va jamiyatda moslashuvi, ijtimoiylashuvi muammolari boʼyicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarning samarali hamkorligini taʼminlash;

  • shaxsni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʼyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ximoya qilish;

  • joylarda sogʼlom psixologik muhitni tarkib toptirish maksadida psixologik kuzatish va qoʼllab-quvvatlash.

Psixologik xizmatning asosiy yoʼnalishlari:

  1. Psixodiagnostika.

  2. Psixologik targʼibot va tashviqot.

  3. Psixoprofilaktika.

  4. Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya.

  5. Psixologik maslahat.

  6. Kasb - hunarga yoʼnaltirish.

Psixologik diagnostika - insonni psixologik-pedogogik jihatdan chuqurroq oʼrganishga yoʼnaltirilgan boʼlib, individual xususiyatlarini, muloqotdagi va xulq-atvoridagi nuqsonlarning sababini aniqlashga moʼljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda oʼtkaziladi.
Psixologik profilaktika - aholi orasida inson shaxsining har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish, odamda sodir boʼlishi mumkin boʼlgan har qanday salbiy ogʼishlarning oʼz vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlardan iboratdir. Shuningdek, oiladagi shaxslararo muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; ogʼir kasalliklarga uchragan mijozlar ruhiyatini tetiklashtirish yuzasidan tavsiyalar berish. Psixologik tashviqot - ota–onalarni psixologik bilimlar-ni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashgʼulotlar, oʼquv-maʼruzalar uyushtirishdan iboratdir.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə