O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə5/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Asosiy adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.2003.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar.T.2001, 590 b.
3. Vasilyev B.JI. Yuridicheskaya Psixologiya. «Piter» Sankt-Peterburg. 2009.
4. Ratinov A.R. Sudebnaya Psixologiya dlya sledovateley. M.,2005.
5. Romanov V.V. Yuridicheskaya Psixologiya Moskva., Yurist, 2006.
6. Ruxiyeva X.A. Sud psixologik ekspertizasi T., 2011.
7. Umarov B.M. Yuridikshunoslik faoliyatida sud-psixologik ekspertizasidan foydalanish. Toshkent, 1998.
10. Umarov B.M. Yuridikshunoslik faoliyati Psixologiyasi Toshkent, “Yangi asr avlodi”.2005
11. Usmanova A.A., Norboyev A.N.. Yuridir Psixologiya. T., 2006
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Berezip F.B., Miroshnikov N.P., Rojanets R.V. Metodika mnogostoronnego .issledovaniya lichnosti. M., 2005y.
Bogdanov V.M. Psihologicheskiye osobennosti professionalnogo mishleniya rabotnikov ugolovnogo roziska. Omsk. 1994.
Boginskiy V.YE. Refleksivnoye upravleniye pri doprose. Uchebnoye posobiye. Xarkov 1993.
Bikov V.M. Osobennosti rassledovaniya gruppovix prestupleniy. Tashkent, 2003.
Volkov B.S. Motivi prestupleniy. Kazan, 2003
Glazirin F.V. Psixologiya sledstvennix deystviy. Volgograd, 2003
Glatochkii A.V., Pirojkov V.F. Psixologiya sostoyaniya cheloveka leshennogo svobodi. M.,2003


2-Mavzu: Shaxsni uzini uzi kamol toptirishi. Amaliyotchi-psixologning etikaviy tamoyillari. Amaliyotchi-psixologning maxsus qobiliyatlari


Reja:
1. “Psixolog” kasbining rivojlanishi. Amaliy psixolog kasbi.
2. Amaliy psixologning maxsus qobiliyatlarini sotsial psixologik asoslari.
3. N.A. Aminov va M.V. Molokanov eksperimenti.
4. Ish boshlayotgan konsultant 21 ta oltin qoidasi. Kuyinchaklik sindromi, kuyinchaklik sindromi profilaktikasi
5. Amaliyotchi psixolog ishidagi etikaviy dilemmalar.
Psixologik hizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir. Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi. Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun ish olib bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo`shgan. Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o`sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy potensialiga bog`liq bo`ladi. Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo`lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi. Psixolog B.L.Vulfson Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini taxlil qilib yaqin vaqtlargacha test uslubi AQSH va Agiliyadagidek keng tarqalmagan degan fikrni aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari va qobilyatlarini testlar orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan boshlaganligi ma`lum. Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan emas balki shaxs bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to`g`ri keladi. O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi. 1989-yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda.
Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:
- Psixolog o`z faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.
- Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan mеtodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kеrak.
- Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chеgarasidan aslo chеtga chiqmaslik ma'qul.
- Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.
- Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.
- Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.
- Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
- Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor)ga ma'lumot bеrish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
- Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.
- Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko`mak bеrishi darkor.
- Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar bеrish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.
- Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pеdagogik odob bilan tushuntirishi, bеrilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart.
- Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va bеlgilashi lozim.
- O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot bеrib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hеch og`ishmasdan rioya qilishi kеrak.
- Bog`cha, maktab, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus talablarga javob bеruvchi, jihozlangan psixologik kabinеtni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.
- Amaliy psixologlarning sеminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kеrak.
- O`zbеkistan Rеspublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tеkshirishlar o`tkazmasligi kеrak.
- Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda, chеt elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.
- Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga yordam bеrish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo`lishi darkor.
Psixoprofilaktika yo’nalishida psixolog faoliyati va vazifalari ta`lim tizimidagi amaliy psixologik xizmat doirasida aniq ko’rsatilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-ta`lim muassasalari shart sharoitiga bolalar, o’smirlar va yoshlarni moslashishi, pedagog, ota-ona, tarbiyachi va boshqalarga bolalarni muvaffaqiyatli moslashishiga yordam ko’rsatish bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
-ta`lim jarayonining qatnashuvchilari bilan faoliyat olib borishning individual dasturini tuzish hamda o’quvchilarni ta`lim jarayoniga moslashishi va shaxsning ikkilamchi va garmonik rivojlanishini ta`minlash uchun mo’ljallangan;
-ta`lim tizimida yangi bosqichga o’tish jarayonidagi dezadaptatsion holat haqida xabar berishga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish;
-ta`lim muassasasida ijobiy psixologik muhitni yaratish bo’yicha turli xil faoliyatlarni amalga oshirish;
-pedagogik jamoadagi psixologik zo’riqishlar haqida xabar berish va bartaraf etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.
Psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo’nalishlaridan biri sifatida Psixodiagnostika nazariy va amaliy fanlardan bo’lib, u insonning individual psixologik xususiyatlarini o’rganishning turli metodlarini ishlab chiqish va bu metodlar asosida psixologik tashxis qo’yish bilan bog`liq. Diagnostika grekcha dia farq gnozis anglamoq degan ma`noni anglatadi. Amaliy psixolog odatda yangi metodikalarni ishlab chiqish bilan emas, balki tuzilgan metodikalarni qo’llash bilan shug`ullanadi. Amaliy psixolog psixodiagnostika faoliyat yo’nalishining quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi (R.S.Nemov 1995).
1.Insondagi u yoki bu psixologik holat yoki xulq-atvor xususiyatining miqdorini aniqlash;
2.Mazkur xususiyatning rivojlanganlik darajasini hamda ma`lum bir miqdor va sifat ko’rstkichlarda namoyon bo’lishini aniqlash.
3.Zarur bo’lgan vaziyatlarda shaxsning tashxis qilinayotgan xulq-atvor va psixologik xususiyatlarini asoslash;
4. Turfa xil insonlarda o’rganilayotgan xususiyatlarni rivojlanganlik darajasini taqqoslash.
Psixodiagnostikada test-bu bir turdagi standartlashtirilgan qisqa topshiriqlar seriyasidir. U mohiyatan mos bo’lgan sinaluvchilarga nisbatan taqdim etiladi.
Psixodiagnostik tadbirlar va ularga nisbatan bir qator talablar mavjudmi? Eng oddiy va muhimlaridan biri bu insonlarni o’ziga qarata olish va qo’llanilayotgan psixodiagnostik metodikalarni qo’llash shart-sharoitlarini aniq bilishdir. Bundan tashqari psixodiagnostika sohasida faoliyat yurituvchi har bir psixolog kasbiy etika tamoyillarini bilishi va amal qilishi lozim:
-o’tkazilgan psixologik tashxis uchun shaxsiy javobgarlik tamoyili;
-kasbiy sir saqlash tamoyili;
-konfidentsiallik tamoyili;
-ilmiy asoslanganlik tamoyili;
-ob`ektivlik tamoyili;
-shaxsning mustaqil huquqlarini ta`minlash tamoyili va o’z tarkibiga quyidagilarni oladi:
a) psixologik tadqiqotlarda shaxs o’z hohishiga ko’ra qatnashishi;
b) to’plangan natijalarni psixoprofilaktika nuqtai nazaridan bayon qilish;
c) insonning o’zi anglamaydigan ma`lumotlar chiqishi haqida ham aytib o’tish;
d) tadqiqot natijalarini bilish huquqi.
Psixodiagnostik metodlarni tasnifi, ularning umumiy xarakteristikasi va psixologik jihatdan asoslanganligi. Psixologik konsultatsiya kasb sifatida psixologik amaliyotning nisbatan yangi tarmog`i hisoblanadi.
Mazkur kasb klinik buzilishlarga ega bo’lmagan, biroq psixologik yordamni izlagan insonlar ehtiyojiga javoban yuzaga kelgan. Shuning uchun psixologik konsultatsiyada biz avvalambor kundalik hayotda qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan odamlarga to’qnash kelamiz. Muammolari spektri juda keng bo’lib, ishlash joyidagi qiyinchiliklar (ishxonadagi qiyinchiliklar, o’z ishidan yoki kasbidan qoniqmaslik, shaxslararo nizolar, ishdan bo’shash ehtimoli), shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklar va oiladagi kelishmovchiliklar, maktabda o’zlashtirmaslik, o’z o’ziga ishonchning etishmasligi, o’zini o’zi baholash tizimining pastligi, qaror qabul qilishdagi ikkilanishlar, shaxslararo munosabatlarga kirishish va qo’llab-quvvatlashning murakkabligi va x.k.lardan iborat. Boshqa bir tomondan psixologik konsultatsiya psixologik amaliyotning nisbatan yosh sohasi sifatida hozircha jiddiy belgilangan chegaralarga ega emas, uning doirasiga turli tuman muammolar kiradi.
Psixologik yordamning bu ikki sohasining taqsimlanishi murakkab vazifa bo’lib, profesional psixolog o’zining nima bilan shug`ullanayotganini aytishi qiyin – konsultatsiya bilan shug`ullanadimi yoki psixoterapiya bilanmi, aniqlab berishi mushkul. Konsultatsiyada ham, psixoterapiyada ham aynan bir klient va psixoterapevt shaxsiga qo’yiladigan talablar mavjud bo’ladi. Har ikkala holatlarda ham mijozga yordam konsultant (psixoterapevt) va mijoz o’rtasidagi o’zaro ta`sirga asoslanadi. Bu ikkala sohani bo’lish qiyinchiliklari tufayli ba`zi amaliyotchilar “psixologik konsultatsiya va “psixoterapiya” terminlarini sinonim sifatida qo’llaydilar.
Gelso, Fretz (1992), Blosher (1966) psixologik konsultatsiyaning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatadilar:
- konsultatsiya klinik sog`lom shaxsga yo’naltirilgan bo’lib, psixologik qiyinchiliklar, nevrotik xarakterdagi shikoyatlari mavjdu bo’lgan, o’zini yaxshi his qilayotgan, biroq o’z oldiga bundan keyingi rivojlanishni maqsad qilib qo’ygan shaxslarga yordam berishni nazarda tutadi; konsultatsiya shaxsning buzilishlar darajasidan qat`iy nazar sog`lom tomonlariga mo’ljallangan, bu mo’ljal ishonchga qaratilgan, ya`ni “inson o’zgarishi, uni qoniqtiradigan hayotni tanlashi, o’z iqtidorini namoyon qilish usullarini izlashi mumkin” degan ishonchdir (Jordan Myers, 1998);
- konsultatsiya ko’pincha mijozlarning hozirgi va kelajak kuniga yo’naltiriladi; konsultatsiya odatda qisqa muddatli yordamga mo’ljallangan (15 ta uchrashuvgacha);
-konsultatsiya shaxs va muhit o’zaro ta`sirida yuzaga keluvchi muammolarga yo’naltiriladi;
-konsultatsiyada konsultant ishtirokiga qadriyat sifatida qaraladi; konsultatsiya mijoz shaxsi rivojlanishiga va xulq-atvorini o’zgartirishga yo’naltirilgan.
Psixologik amaliyotda deyarli har kuni inson hayotining turli jabhalari bilan to’qnash kelishga to’g`ri keladi. Konsultant mijoz bilan birgalikda uning unchalik e`tiborga molik blo’magan yoki o’ta muhim muammolarini muhokama qiladi va unga yordam berishga harakat qiladi. Jumladan:
-Kundalik tanlovlar motivlarini anglab olishda;
-Juda emotsional muammolarni va shaxslararo munosabatlardagi chigalliklarni hal etishda;
-Ichki xaosni engishda va x.k.;
Shuning uchun konsultant kim bo’la olishi va uni mijoz qaynday inson sifatida qabul qilishni xohlayotganligini tushunishi kerak. Boshqacha qilib aytganda bu erda konsultant rolini aniqlash vazifasi turadi. Konsultant mijozga do’stmi, professional maslahatchimi, o’qituvchimi, ekspertmi? Juda ko’p boshlovchi konsultantlarni aynan ana shu savol qiynaydi.
Konsultant mutaxssis faoliyati samaradorligi ko’p holatlarda uning psixokonsultatsiyadagi o’z o’rnini qanday tasavvur qilishiga bog`liq bo’ladi.Ana shu borada aniqlik bo’lmasa, o’z ishida ma`lum bir nazariy printsiplarga tayanmasa, balki faqatgina mijoz kutilmalari va ehtiyojlariga javob berishga intilsa, bunday mutaxassis yaxshi natijalarga erisha olmaydi. Mijozlar esa ko’pincha konsultantdan ularning muammolari uchun butun mas`uliyatni o’z zimmasiga olishni va butun muammolarni hal qilib berishni kutadilar, masalan qaerda o’qish, ishxonadagi muammolarni qanday hal etish, turmush o’rtog`idan ajrashsinmi yoki yo’qmi va x.k.
K.K.Platonov ta`rifida faoliyatning aosiy belgilari anglanganligi va maqsadga yo’nalganligidir. G.V.Suxodolskiy nuqtai nazaridan faoliyatning asosiy tushunchaviy apparati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- “faoliyat sub`ektini”;
- “faoliyat morfologiyasini”;
-“faoliyat motivatsiyasi va funktsiyasini;
- «faoliyat dinamikasini”;
- “faoliyatlar xilma-xilligi”.
Muallif fikricha umumpsixologik kategoriya sifatida faoliyat ierarxik darajaga ega. U o’z ichiga tiplarni, sinflarni, sinfosti tuzilmalarini, sohalarni (shug`ullanish turi), ixtisosliklarni, predmetni (ixtisoslashuv) qamrab oladi. Aytilganlardan kelib chiqadiki, psixolog kasbiy faoliyati – mehnat faoliyati sinfi bo’lib, maqsadlar yig`indisiga erishish uchun mo’ljallangan hamda ma`lum xususiyatlar va son xarakteristikalariga egadir.
Keyingi tadqiqotlar mantiqi “kasbiy faoliyat”, “kasb”, “ixtisoslik” tushunchalarining o’zaro aloqadorligini ko’rib chiqishni talab etadi, ularning berilishi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin etilgan.
K.K.Platonov kasbni yashash manbai bo’lgan va mos o’quv yurtlaridagi ta`lim bilan ta`minlanuvchi, ma`lum bilimlar, ko’nikma hamda malakalar mavjudligini talab qiluvchi mehnat faoliyati sifatida aniqlaydi. Bu ta`rifga YU.V.Kotelova tomonidan berilgan ta`rif yaqinroq bo’lib, unga ko’ra kasb – bu faoliyatning tipik, tarixan shakllangan shaklidir, u ijtimoiy ma`noda zarur, uni bajarish uchun ishchi ma`lum bilimlar, ko’nikma va malakalar yig`indisiga, shuningdek, mos qobiliyatlar va shaxslilik xususiyatlariga ega bo’lishi zarur. “Kasbiy tayyorgarlik” tushunchasi mazmunini qarab chiqib, T.P.Vodolazskaya va G.S.Nikiforov shuni ta`kidlaydilarki, ixtisoslik faoliyat predmeti orqali ochiladi. U istagancha tor yoki keng bo’lishi mumkin, lekin har qanday holatda – bu mos ilmiy predmet orqali aks etuvchi ob`ektiv reallikning birmuncha bo’limlari haqidagi bilimlar yig`indisidir. Kasb – ob`ektiv zarur, maqsad orqali aniqlangan, reallikning mazkur bo’limi bilan bog`langan faoliyatning alohida turidir(48). Mazkur ta`riflarga tayangan holda mualliflar shunday xulosaga keladilarki, bir ixtisoslik doirasida real tarzda har biri o’z maqsadiga javob beruvchi mustaqil kasblar mavjud.
Mutaxassis oliy o‘quv yurti — universitet yoki instituting psixologiya fakulteti yoki bo‘limini muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin oigan m a ’lumoti umumiy oliy psixologik ta’lim deb ataladi. Psixologiya fani va amaliyoti yo‘nalishlaridan birida ixtisoslashishni ko‘zda tutish ta ’limi maxsus psixologik ma’lumot deb ataladi. Bunday ikki turdagi ta’lim psixolog-maslahatchi uchun zamonaviy ilmiy asosda va ishni chuqur amaliy tushunish bilan, maslahatchilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur, xususan quyidagi savollarga javob bera olishi uchun kerak: Zamonaviy mijozlarning psixologiyasi qanday? Haqiqatda psixologik maslahat so‘rab yordam ko‘rsatishga murojaat etgan mijozlar bilan hozirgi paytda nimalarsodir boMmoqda? Nima uchun mijozga aynan shunday tavsiyalar kerak? Ushbu tavsiyalar mijozga qanday ta ’sir ko‘rsatishi kerak? Mijozga qanday qilib ilmiy asosda ushbu aniq maslahatlar ahamiyatini tushuntirish kerak? Ushbu barcha savollarga psixolog-maslahatchi beradigan javoblar mijozga tushunarli bo‘lishi va professional psixologlar uchun ishonchli bolishi kerak.
Psixolog-maslahatchining amaliy faoliyati bilan, uning odamlar bilan psixologik ishlash metodlarini o’kzlashtirish bilan bog‘liq psixologik ta ’lim maxsus amaliy ta’lim deb ataladi. Birinchi navbatda gap oliy m a’lumotli amaliy psixologlarni tayyorlovchi maxsus fakultetlarda o ‘qitiladigan ilmiy asoslangan ish metodlari to‘g‘risida boradi. Psixolog-maslahatchi uchun katta amaliy ishlar tajribasi psixologiyani o‘qitishi uchun emas, balki odamlarning ancha murakkab hayotiy muammolarini hal etishi uchun zarur. Psixolog-maslahatchi uchun arnaliy ish tajribasi h ar doim ham zarur. Bularning barchasi psixolog-maslahatchining kasbiy ishi uchun juda muhimdir. Psixolog-maslahatchi bilim va malakaiardan tashqari qator maxsus shaxsiy sifatlarga cga bo‘lishi kerak. Masalan, u odamlarni yaxshi ko‘rishi, ularning holatlarini so‘zsiz sezishi va tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga shu sohada mashhur mutaxassis bo‘lgan R. Meyning psixolog-maslahatchi to‘g‘risida o‘z vaqtida aytgan gaplarini qo'shimcha qilish mumkin. “ Maslahatchi-psixolog, - deb yozadi u, - odamlarni o ‘ziga jalb qilishi, har qanday odamlar orasida o ‘zini erkin his qilishi, empatiyaga qodir b o ‘Iishi kerak. Psixolog-maslahatchida asosiysi — bu mehribonlik va mijozni tushunishga intilish, unga o ‘zini yaxshi tomonlarini k o ‘ra olishga va shaxs sifatida o ‘zining qim m atini anglab yetishga yordam berishdir”. Psixologik maslahatga qo‘yiladigan talablar Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga qo‘yiladigan umumiy, kasbiy va m a’naviy-axloqiy talablar tizimi nizomlarda juda yaxshi aks ettirilgan. Mana shu Nizomning ko‘pchilik qoidalari psixolog-maslahatchi ishiga bevosita qoMlanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o‘rniga «psixolog-maslahatchi» so‘z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o'tamiz.
1. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u tak lif etgan tavsiyalari uchun mijoz oldida mas’uliyati bilan ifodalanadi.
2. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati m a’naviy-axloqiy va yuridik asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak.
3. Psixolog-maslahatchining faoliyati mijozning intellektual va shaxsiy rivojlanishi yolida har qanday cheklanishlarni olib tashlashni ko‘zda tutuvchi insonparvarlik maqsadlariga erishishga qaratilgan.
4. Psixolog-maslahatchi o ‘z ishini mijoz shaxsini so‘zsiz hurmat qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslahatchi inson huquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini hurmat qiladi.
5. Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslahatchi halollik va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi. Shu bilan birga u mijozga maslahat va tavsiyalarni berganda puxta o‘ylashi va ehtiyot bo‘lishi kerak.
6. Psixolog-maslahatchi mijoz huquqlari buzilishini sezganda o ‘z kasbiy birlashmalari a ’zolari, hamkasblariga xabar berish, mijozlar bilan insonparvarlik munosabatlari buzilayotgani holatlarini aytishi kerak.
7. Psixolog-maslahatchi mijozlarga kerakli m a’lumoti, malakasi, bilimlari va ixtisosi mavjud bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.
8. O‘z ishida psixolog-maslahatchi faqat zamonaviy umumfan standartlariga javob beradigan sinovdan o‘tgan metodikalarni qo‘llashi kerak.
9. O’zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak darajasini ta ’minlab turish psixolog-maslahatchining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
10. Ilmiy tajribalarga to ‘la javob bermaydigan, yetarlicha sinovdan o ‘tmagan psixologik metodlar va tavsiyalarni qo‘llashga majbur b o ‘lganida psixolog-maslahatchi bu haqida o‘z mijozlarini ogohlantirishi va o‘z xulosalarida juda ehtiyot bo‘lishi kerak.
11. Psixolog-maslahatchi o ‘z mijozi to‘g‘risida m a’lumotni oshkor qilishga yoki maslahatlar natijasi to‘g‘risida ma’lumotni uchinchi shaxsga aytishga haqqi yo‘q.
12. P sixolog-m aslahatchi huquqi boMmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega boMmagan shaxslarning psixologik maslahatlar va psixologik ta ’sir ko‘rsatish metodlaridan foydalanishlariga to'sqinlik qilishi hamda shunday «mutaxassislarning» xizmatlaridan foydalanayotganlarni bu haqda ogohlantirishi kerak.
13. Psixolog-maslahatchi huquqi bo'lmagan odamlarga mijozlar bilan psixologik ishlar metodlarini o‘rgatishi mumkin emas.
14. Psixolog-maslahatchi mijoz tomonidan nookrin ishonch va umid yuzaga keltirmaslik uchun, ehtiyot bo'lishi kerak, unga bajarib bo‘lmaydigan va’dalar, maslahatlar va tavsiyalar bermasligi kerak.
15. Psixolog-maslahatchi mijozlarga taalluqli axborotlarni sir saqlash uchun shaxsiy javobgarlikni bo‘yniga oladi. Mana shu barcha qoidalarga yoki odob normalariga amal qilish psixolog-maslahatchi amaliy ishida majburiy hisoblanadi.
Bundan tashqari kasbiy tayyorlangan yaxshi psixolog-maslahatchining kasbiy tola tayyorlanmagan psixolog-maslahatchidan ajratibturadigan yana bir qator muhim farqlar bor. Bu farq psixolog-maslahatchining mijozga boMgan munosabati, psixologik maslahatlar davomida uchrab turadigan qiyin vaziyatlardan u qanday chiqa olishiga bogliq.
1. Empatiya, hamdardlik, tashvishlanishga qodirligi. Bu qobiliyat boshqa odamning — mijozning ichki dunyosiga chuqur psixologik kirib bora olishi, uni tushunishi, sodir bo‘layotganlarni, uning shaxsiy nuqtayi nazarini ko‘ra bilishi, dunyoni uning ko‘zi bilan ko‘rishi, uning nuqtayi nazaridan t o ‘g ‘ri qabul qila olishi tushuniladi.
2. Ochiqlik, mijozni tushunishga, uning ichki dunyosiga kirishga intilib psixolog-maslahatchi unga o‘zining shaxsiy his-tuyg‘uîarini ochiq aytadi, u tom ondan empatik javob uyg‘otadi va shu bilan uni o ‘zi uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.
3. Mijozga hamdardlik, rahmi kelishi hamda mimika, ishoralar yordamida shaxsan g‘am xo‘rligini ifoda etish.
4. D o‘stonalik, mijozga m ehribonlik, em otsional ijobiy munosabatda boMish, uning muammosini hal qilishdan manfaatdorlik va ishtirok etish.
5. Mijozga baho bermay munosabatda boMish, maslahatchining hatto o‘ziga bu xulq yoqmaydigan boisa ham o‘z xulqida odob, axloq qoidalariga amal qilish.
6. Huquqini o‘rgatish, mijozga o‘z maslahatlariga amal qilishni majburlashdan voz kechish.
7. Mijozga ishonish, uning o‘z muammolarini mustaqil hal qila olishi mumkinligiga ishonch bildirish.
8. Mijozni nafaqat o ‘z tashvishlaridan qutulishiga, balki uning kechinmalarini to ‘g‘ri yoMga yo‘naltirishga tayyorligi va intilishi.
9. 0 ‘zi va mijoz o ‘rtasida to‘g‘ri psixologik masofani saqlashni bilish.
10. Mijozning o ‘zini o‘zgartira olishiga ishonchi va qat’iyligini uyg‘otishni bilish.
Empatiya - bu psixolog-maslahatchi ega boMishi kerak bolgan asosiy shaxsiy sifatdir. Bu sifatda odamning boshqa odamni psixologik his etishga va tushunishga, o‘z dunyoqarashini vaqtincha esdan chiqarib uning ko‘zi bilan dunyoga qarashga tayyorligidir. Bu sifatni psixolog-maslahatchi butun maslahat berish jarayoni davomida namoyon etadi va shuning hisobiga mijozni yaxshiroq va chuqurroq tushunadi, unga samarali yordam bera oladi.
Ochiqlik — shaxs xislati boMib, bir necha ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Birinchidan, psixolog-maslahatchining shaxssifatida mijoz uchun ochiq bo‘lishga tayyorligi (lekin mijoz bilan maslahatchi o ‘rni almashib va mijoz maslahatchining muammolari to‘g‘risida bilib olib, uning o‘ziga rahmi keladigan, hamdardlik qiladigan darajada emas). Rollarni almashish odatda psixolog-maslahatchi mijozga o‘z muammolarini gapira boshlab, unda maslahatchiga yordam berish istagi paydo bolganida sodir bo'Iadi. Ochiqlik m e’yori mijozning sezgisi bilan belgilanadi: agarda u psixolog-maslahatchini ochiq inson deb hisoblasa va uning oldida ochiqlikdan qoVqmasa - demak, maslahatchining mijoz oldidagi ochiqlik masalasida hammasi joyida hisoblanadi.
Ikkinchidan, ochiqlik —bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqotda faqat o‘z ustunliklarini emas, balki imkoniyatlarini va kamchiliklarini mijozga tabiiy nam oyon etib, qanday b o ‘lsa shundayligicha qolishga intilishidir. Ochiq inson bo‘lib psixologmaslahatchi o‘zining kamchiliklarini mijozga namoyon etib, uni o‘ziga tortish yoki hayron qoldirishni, uning tomonidan hamdardlik yuzaga keltirishni xohlamaydi, balki maslahatchining o‘zi ham oddiy tirik odam, barcha kabi ekanligini ko‘rsatishni, kamchiliklari ham borligini va maslahat berish jarayonida hayotda unga xos bo‘lmagan rolni o‘ynashga harakat qilmasligini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Uchinchidan, ochiqlik maslahatchining mijozga u bilan har qanday masalalarni muhokama etishga tayyorligini ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Empatiya ochiqlikni keltirib chiqaradi, biri ikkinchisisiz deyarli mavjud bo‘lishi m um kin emas. Maslahatchining mijoz to‘g‘risida chin k o ‘ngildan qayg‘urishi, psixolog-maslahatchining mijoz to‘g‘risidagi shaxsiy g‘amxo‘rligi ifodasi deb tushuniladi. Bunday g‘amxo‘rlik ham haddan tashqari bo‘lishi kerak emas. M ijozning psixologik holatiga hayajonlanuvchi t a ’sir ko‘rsatmaslik uchun psixolog-maslahatchi mijoz bilan muloqotda haddan tashqari ta ’sirchan odam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Do‘stonalik — bu ham maslahatchining muhim psixologik sifati hisoblanadi. Ushbu sifat deyarli yuqorida aytib o‘tilgan barcha shaxs xislatiari bilan aloqador bo‘lsa ham , u o ‘zining shaxsiy individual ko‘rinishiga ega. Ularga masalan har qanday vaziyatlarda, nima bo‘lsa ham va mijoz o‘zini qanday tutishiga qaramay psixologmaslahatchining u bilan do‘stona muloqot usulini saqlab qolishini bildiradi.
Psixologik maslahat amaliyotida psixolog-maslahatchining mijozga baho bermaslik deb ataluvchi munosabati alohida o rin egallaydi. Bu nimani anglatishini tushuntirib o ‘tamiz. Eng avval — bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqot davomida uning harakatlari va shaxsini to‘g‘ridan to‘g‘ri baholamasligi zarur. Uning muammolarini iloji boricha chuqurroq tushunishi va ushbu muammoni hal etishda unga yordam berishdan iborat hisoblanadi.
Maslahat berish — bu psixolog-maslahatchi va mijozlarning — ikkala tomonning shaxs sifatida tengliklari jarayonidir. Ushbu tenglik doimiy hisoblanadi va maslahat berishning barcha bosqichlari uchun taalluqlidir. Agarda psixolog-maslahatchi haq bo‘lsa, unda maslahatchi uni ishontirishda davom etishi kerak va faqatgina psixologning urinishlariga yengib boMmasqarshilik ko‘rsatgan holdagina to‘xtatish kerak bo‘ladi. Shundan keyin maslahatchi mijoz o‘zi qanday to‘g‘ri deb hisoblasa, shunday harakat qilishga imkon berishi kerak.
Mijozga ishonch - bu insonparvarlik g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, psixologik maslahatda asosiy hisoblanadi. Maslahatchining mijozga ishonchi agarda mijozni anglab yetishiga va muammoni hal etish usulini u bilan birga topishga yordam berilsa, o z muammosini mijoz mustaqil hal qila olishiga ishonchni ko zda tutadi. Ishonish psixolog-maslahatchining mijoz fikriga qo‘shilishi, agarda albatta mijoz haq bo‘lsa, o‘z fikridan voz kechib, uning fikrini qabul qilishini ham anglatadi.
Psixolog-maslahatchining mijozni tashvishlardan qutulishiga yordam berishga intilishi kabi R.Mey belgilab bergan sakkizinchi sifati alohida e ’tiborga loyiq.
Tashvishlanish - bu mijozning o’z muammosiga va o‘ziga befarq b o ‘lm agan munosabatning belgisidir. Agarda mijoz muammosini to ‘g‘ri tushunmasa yoki uni hal qilishning to‘g‘ri yo‘lini bilmasa, unda tashvishlari destruktiv rol o‘ynashi mumkin. Hayajonlar, emotsional energiyasi muammoning yechimini to‘g‘ri tanlash va amalga oshirish uchun zarurdir. Demak, psixologmaslahatchining vazifasi mana shu energiyani saqlab qolish, uni konstruktiv, to ‘g‘ri yo‘naltirish va kuchaytirishdir. Mijoz bilan munosabatda ma’qul boMgan psixologik masofani tanlashni va saqlashni bilishni quyidagicha tushunish kerak. Maslahatchi ishonch va ochiqlikni saqlab qolgan holatda mijoz bilan muloqot qilishni bilishi kerak. Shu bilan birga psixologmaslahatchining mijoz bilan munosabatlari yaqin munosabatlarga aylanib ketishi kerak emas. Mijoz shu vaziyatda psixologmaslahatchiik jihatdan yaqinlashayotganini, uzoqlashayotganini his etishi kerak emas.
Maslahatchining mijoz bilan psixologik yaqinlashishi strategiyasi quyidagicha bolishi kerak: maslahatchi asta-sekinlik bilan mijozga sezdirmagan holda uning uchun yaqin odamga aylanib borishi kerak. Lekin psixolog-maslahatchi keyingi qadam yaqin o‘zaro aloqalarga olib kelishini sezib qolishi bilan darhol to‘xtashi kerak va keyinchalik mijoz bilan hozirgi vaziyatda mavjud bolgan masofani saqlashi kerak. 0 ‘z muammosini hal qüa olishiga mijozda ishonch va qat’iylikni uyg‘otish mahorati - bu alohida sifat hisoblanadi. U psixolog-maslahatchining odamni ishontira olish, uqtirish, q o ‘llab-quvvatlashini bilish qobiliyatiga bog*liq bo‘ladi. Buning uchun mijozga ta ’sir ko‘rsatishning kerakli verbal va noverbal vositalaridan oqilona va mohirona foydalanishni o‘rganib olish kerak. Yuqorida aytilganlarning barchasi psixolog-maslahatchining mijozga nisbatan ichki qarashlari, munosabati va tashqi xulqiga taalluqlidir. Biroq psixologik maslahat o ‘tkaziladigan vaziyatga, sharoitga maxsus talablar ham bor. Psixologik maslahat o ‘tkazishda optimal vaziyat, sharoit quyidagilar hisoblanadi:
1. Alohida, tinch xonaning mavjudligi, bu xonada maslahatchini yoki mijozni chalg‘ituvchi tovushlar eshitilmasligi kerak. Maslahat olib borilayotganda bu xonaga hech kim kirmaydigan bolishi kerak.
2. Bu xonada maslahatchi va mijoz qulay joylashishlari kerak - eng yaxshisi bir-biri bilan yonma-yon yoki kichik burchak ostida 60-70 sm dan to 100-110 sm masofada bir-birining qarshisida o'tirishlari mumkin.
3. Maslahatni mijoz hech qayerga shoshiimayotgan paytida va o‘zini yomon his qilmayotgan paytda o ‘tkazish.
4. Mijoz psixolog-maslahatchi bilan suhbatlashish davomida boshqa tomonga qarash, boshini yon tomonga burish imkoniyatiga ega boMishi kerak.
5. Maslahat berish vaqti aniq belgilangan boMsa maqsadga muvofiq boMadi. . .
6. Maslahat o ‘tkaziladigan xonada soat bo‘lishi mumkin, lekin u bevosita maslahatchi va mijoz o'rtasida bo lishi kerak emas. Soat mijozning orqasidagi devorga yoki yon tomonda osilib turgani, mijozning ko‘zi tushmagani m a’qul.
7. M aslahat o ‘tkaziladigan xonada mijozning e ’tibonni tortadigan, unga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech bir buyum boMmasligi kerak. Maslahat o'tkazish davomida xonada sodir bo‘ladigan harakatlar ham uni xavotirga solmasligi kerak.
8. Xonada turgan narsalar yoki sodir boMayotgan hodisalar mijozni tinchlantirishi, unda yaxshi kayfiyat uyg otishi kerak. Psixologik maslahatning m a’lum bosqichida xonada past tovushda yoqimli musiqa eshitilib turishi mumkin.
Psixologik maslahatni turli ko'rinishlariga qo‘yiladigan maxsus talablar: Ko'rsatib o‘tilgan umumiy talablardan tashqari turli sohalarda psixologik maslahatlar o‘tkazish amaliyotiga bogMiq maxsus alohida talablar ham mavjud. Alohida talab intim - shaxsiy doirada psixolog-maslahatchiga va psixologik maslahatga qo‘yiladi. Bu yerda psixolog-maslahatchi juda sezgir va odobli odam boMishi kerak.
Mijoz tomonidan о ziga so'zsiz ishonch uyg‘otishi va turli odamlar bilan intim-shaxsiy munosabatlarda yetarli tajribaga ega bo’lishi kerak. Psixolog maslahatchi mijozdan yoshi biroz kattaroq odam bo Igani ma qui hisoblanadi. Biroq psixolog-maslahatchi va mijoz yoshlari o‘rtasidagi farq juda ham katta bo’lmasligi kerak. Ularning yoshidagi farq katta boMsa, masalan, 20 yosh farq qilsalar, ular boshqa-boshqa avlod odamlari bo'lib qoladilar. Buning oqibatida ular orasida yoshi sababli tushunmaslik va ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin. Biroz katta yoshdagi odamlar boshqalarga maslahat berish uchun yetarli hayotiy tajribaga ega boMadilar va shu bilan birga ularning o ‘zlari mijozning yoshida qanday bo‘lganliklarini ham eslaridan chiqarmagan boMadilar. Bunday odamlar yoshidagi farqqa qaram ay, odatda bir avlodga mansub bokladilar, shuning uchun osongina til topishadilar. Intim-shaxsiy masalalar b o kyicha psixologik maslahatlarga taalluqli keyingi muhim talabni quyidagicha ifoda etish mumkin: Mijoz bilan ish olib borayotgan psixolog-maslahatchining o kzi intim-shaxsiy xususiyatdagi, ayniqsa, mijozga maslahat berayotgani kabi keskin, hal etilmagan muammolarga ega bo‘lmasligi kerak. Mana shunday holatlarda u yuqorida aytilgan talablarga amai qila olmaydi va mijozga haqiqatda yordam bera olmaydi. Ularning o ‘zlarida komplekslari yoki shaxsiy-intim m u n o sab atlard a muammoli bo‘lgan maslahatchilarga shaxsiy o‘zaro munosabatlarni tuzatish, komplekslarni yo‘qotish ishlari bo‘yicha psixologik maslahat yoki amaliy psixologik yordam ko'rsatish tavsiya etilmaydi.
Endi boshlayotgan psixolog-maslahatchilar juda ko‘p duch keladigan ushbu muammoni amaliy hal etishda quyidagi amallar foydali bolishi mumkin: psixologik maslahat o‘tkazish, masalan, intim-shaxsiy xususiyatdagi psixologik maslahat mustaqil amaliyotga kirishishdan avval psixolog-maslahatchining o‘zi mana shu masala bo‘yicha tajribali hamkasbi maslahatidan o‘tishi ma’qul hisoblanadi. Mana shunda maslahatchining o ‘zida hal etilmagan intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolari borligi aniqlansa, u m ana shu muammolarini okzi hal qilmagunicha boshqalarga ushbu m uam m o bo‘yicha psixologik maslahat berishga kirishmasligi kerak bo‘ladí. Mana shu yerda bir m a’lum qoidaga amal qilinadi. Bu um um an muammoga ega bo‘lmagandan ko'ra, muammoga ega b o ‘lib uni yo'qotgan yaxshiroq deganini anglatadi. Intim-shaxsiy maslahatning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi yana bir muhim shart bu uni o ‘rganishga vaqtning yetarliligidir.
Gap shundaki, intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol hal etilmaydi va ular birinchidan uzoq vaqt o krganilishi kerak b o ‘lgan va ulami hal etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladigan muammolar qatoriga kiradi. Birinchidan, bunday m uam m olarni hal etishda ko‘pincha sinov-xavotir metodida ish olib boriladi va odatda xatolarni tuzatish uchun vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari oldindan muam m oni amaliy hal etish uchun qancha vaqt talab etilishini umuman bilib bo‘lmaydi. Bunday muammoni hal etishga kirishuvchi psixologmaslahatchi birinchidan mijoz hilan ishlar olib borish uchun yetarli vaqtga ega bolishi kerak. Ikkinchidan, unga yordam so‘rab murojaat etgan odamni oldindan uning muammosini hal etish uchun ancha ko‘p vaqt taíab etilishi to'g^isida ogohlaníirishi kerak. Oldindan talab etiladigan vaqtni taxminan aniqlab olish va bu to'g'risida mijozga aytib q o ‘yish yaxshi b o 'la d i, bu intim -shaxsiy mavzuda maslahatlardan tashqari maslahatning boshqa turlariga ham taalluqlidir. Endi oilaviy masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish samaradorligining ba’zi maxsus shartlarini kokrib chiqamiz. Bu yerda maslahat berishga kirishishdan avval psixolog birinchi navbatda oila tashkil topishi va oilaviy o‘zaro munosabatlar rivojlanishi umumiy qonuniyaílarini hisobga olib, mijozlarga oqilona va asosli amaliy tavsiyalar berishi uchun mana shu qoidalarni yaxshi bilishi kerak. Bunday turdagi muhim qoidalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Birinchidan, oila endigina tashkil topayotgan paytda (bu birinchi navbatda yosh oilalarga taalluqli) bo‘lajak er-xotinlar odatda bir-birlariga hali to‘la obyektiv va beg'araz haqqoniy munosabatda bo‘la olmaydilar. Ular m a’Ium darajada subyektiv boMadilar va bir-birlarini ideallashtiradilar, ustunliklarini oshirib, kamchiliklarini kichraytirib yoki umuman sezmay bir-birlariga munosabatda bo‘ladilar. Mana shu va boshqa bir qator holatlar sababli yosh oilada birmuncha vaqt davomida yosh er-xotinlarning bir-birlarini o'zaro sevishlari paydo boMadi. Bu vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular asta pasayishi va odamlaming bir-biriga o'rganib qolishlari bilan bog'liq.
Bundan tashqari birgalikda hayot kechirishda yoshlarfaqat ijobiy boMmagan hayot tajribasiga ega bo‘lib borar ekanlar, birbirlarini faqat yaxshi tomondan bilib bormaydilar. Gap shundaki, ularda haqiqatda mavjud bolgan ijobiy tomonlarini ko‘pini awaldan biladilar, salbiy tomonlarini ular anglab yetmaydilar, yoki erkin namoyon etmaganlar yoki bir-birlaridan yashirganlar.
2. Ko‘pincha er-xotinlar o ‘zaro munosabatlarida vaqtinchalik bir-biridan sovish davri birinchi bolalari tug‘ilgandan keyin. birgalikdagi hayotlari ikkinchi yaki uchinchi yiîidan boshlanadi. Bunga sabab bola tug‘ilgandan keyin ona bolasiga ko‘proq e ’tibor beradi, vaqt sarflaydi, bunda erining e’tiborli bo‘lishiga talabi ortadi. Biroq keyinchalik taxminan bola 3 - 4 yoshga toMganda yuqorida ko‘rsati!gan sabablar bilan yomonlashgan oiladagi ahvol yana yaxshilanadi. Shuning uchun yosh oilalarda psixologik maslahat o‘tkazish paytida ular o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan holat — bu yoqmaydigan bo‘lsa ham qonuniy ekanligini, uni faqat nizo kabi tushunmaslik kerakligini uqtirish kerak. Aksincha sabr-toqat, chidam bilan bir-biriga yon bosish, kelishish kerakligini va tezlikda oilada hammasi yana yaxshi bo‘lib ketishini aytiladi.
3. Er-xotinlar ulaming birgalikdagi hayotlari uchun juda m uhim bo‘lgan narsalarda bir-biriga psixologik o ‘xshash odam larbolsalarda, lekin baribir bir-birlaridan farq qiladilar va bu ertami yoki kechmi ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Bir masala bo‘yicha oila a ’zolarida turlicha fikrlar mavjud boMishi bu chetlanishdan ko‘ra ko‘proq qonuniy hisoblanadi. Q aram aqarshiliklar ertami-kechmi har qanday oilada yuzaga keladi. M ana shu mazmunda yaxshi oilalar yomon oiladan farq qiladilar. Birinchi yaxshi oilada — er-xotinlar bu qarama-qarshiliklarni tezlikda odatiy holat deb qabul qilishga o‘rganib olishlari, ikkinchidan-yomon oilalar — janjal qilishlari va kelishish yo'lini topa olmasliklari bilan farq qiladilar.
4. Oilaning har bir a’zosi shaxs sifatida uning a ’zosidir. Shu bilan birga mustaqil, hardoim ham oila bilan bog‘liq boMmagan o‘z manfaatlariga ega odamdir. Oila a ’zosi sifatida u m a’lum majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak, biroq mustaqil odam sifatida u oilada ma’lum erkinlikka ega boMishi mumkin va kerak. Yevropa zamonaviy oilalari uchun bir tomondan har bir a ’zoning oila oldidagi huquq va majburiyatlari gokyo bir xilda bo‘lib, ikkinchi tom ondan ushbu oilaning barcha a’zolari bir xilda huquqlarga va majburiyatlar teng hajmiga ega bolishlari odatiy hisoblanadi. Oilaning bir a’zosi va boshqa a’zolari ixtiyoriy roziliklari bilan ular orasidagi majburiyatlarni turlicha taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin majburiyatlarni taqsimlash har qanday nohaqlik holatlari yoki oila a’zolaridan birining huquqi chegaralanishi odatda oilada keskinlik keltirib chiqaradi va oxiroqibat uning psixologik yomonlashishiga olib keladi. Psixologik maslahat o ‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi e’tiborga olishi kerak bo'lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha psixologik maslahat o ‘tkazish paytida ularning biri tomonida bo'lish tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik hollarda har qanday muammo yuzaga kelishida deyarli har doim unda ishtirok etuvchi odamlaming barchasi aybdor boMadilar. Bu albatta nizo kelib chiqishida ikkala tomonning aybi bir xil boMishini, ularning ikkalasi ham bir xilda javobgar ekanligini anglatmaydi. Bu faqatgina psixologning bir tomonlama harakat qiiishi, er-xotinlarning biri tomonida boMish nizoni yo‘qotishga emas balki, yana keskinlashishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Nizoning aybdori bo‘lgan er-xotinlarning biri buni tushunishi qiyin bo‘ladi (agarda u tushunganida balki nizo kelib chiqmasdi ham). Boshqacha qilib aytganda, birtomonni aybdor deb hisoblansa, hech qachon nizoni hal qilishga olib kelmaydi. Ushbu qoida ayniqsa, yuzma-yuz ikkala er-xotinning ishtirokida psixologik maslahat oltkazilayotganda juda muhimdir. Agarda maslahat predmeti ancha katta yoshdagi bir-biriga yaxshi tanish bo‘lmagan katta odamlarning turmush qurishlari yoki bir oilaga birlashishlari sababli psixologdan tavsiya va maslahatlar olish bo‘lsa, bunday holatda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak. Birinchi nikohi muvaffaqiyatsiz bolgan odamlarda ko‘pincha moslasha olmaslik deb nomlanuvchi xarakterli xususiyatlari uchraydi. Bunday xususiyatli har qanday odam uchun oilaviy hayotga deyarli moslashish qiyin bo‘ladi. Ikkinchi bor nikohdan o‘tayotgan odam buni yaxshi tushunishi va tan olishi kerak boMadi, aks holda birinchi oilasida mavjud bo‘lgan awalgi muammolari tez orada yana paydo bo'ladi va awalgi oilada bo‘lgani kabi yana falokat yoqasiga olib keladi. Bu haqda psixolog-maslahatchi mijozni ochiq va qattiq ogohlantirishi lozim. Shundan keyin mijoz xohlasa unga faqat o‘z kamchiliklarini anglab yetishgagina emas, balki ularni yo‘qotishga ham yordam beradi. Keyin esa shu kabi yoki boshqacha kamchiliklar boMajak turmush o‘rtog‘ida ham uchrashi mumkinligini va bunga ham psixologik tayyor boMish kerakligini aytadi. Er-xotin!arning xarakterlaridagi kamchiliklarni tan olish va ularga chidamü (sabrli) munosabatda boMish ikki tomonlama bolishi kerakligini aytib o ‘tish kerak. M ana shu mazmunda qayta turmush qurayotgan odamga xarakteridagi mavjud kamchilikni u tan oîganida va boMajak turmush okrtog*i xarakteridagi kamchilikka rozi bo‘iganidan keyingina turm ush qurishni tavsiya etish mumkin. Bolajak er-xotinlarga ulardan biri mavjud kamchilikni ochiq namoyon eta boshiagan holatlar va vaziyatlarda o ‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish va kerakli amaliy harakatlarga o ‘rgatish zarur, y a ’ni oilaviy hayotdagi tasvirlangan murakkab vaziyatda bir-biriga qanday qilib yordam berishlari mumkinligi tushuntiriladi.
Psixolog-maslahatchi tavsiya etgan uslub va vositalar yaxshi o'zlashtirilib olinsa va maslahat paytida turmush qurayotgan ikki tomon ham am al qilsalar yaxshi boladi. Agarda yosh bolmagan bundan tashqari uzoq vaqt alohida bir okzlari yashagan odamlar okzaro nikoh tuzayotgan bolsalar, unda bu odamlarni albatta birgalikdagi hayotlarida uîarda bir-biriga psixologik mos kelmasligi bilan bogliq, birgalikdagi hayot tajribalari yokqligi sababli yuzaga keladigan muammolarto‘g‘risida ogohlantirish zarur. Bunday odamlarga bolajak nikohlari to kg‘risida psixologik maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Nikoh tuzishdan avval bir-biri bilan odatlari, qarashlari, hayot tarzi bilan mos kelishlari mumkinligini aniqlab olish kerak. Bunday odamlarga psixologik m aslahatlar berish masalan qnyidagi rcja bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin:
1. Mijozlar o'zlarining qaysi shaxsiy sifatlari bilan m os kelmasliklari yoki mos kelishlarini aniqlash maqsadida ularning mumkin bo‘lgan psixologik mosliklarini aniqlovchi metodika yordamida harbirini alohida psixologik test sinovlaridan oktkazish.
2. Mijozlarning ikkalasi roziligi bilan ularning psixologiyasi bir xilligini, mosligini va bir-biri bilan mos emasligini aytish.
3. Bir-biri bilan haqiqatda psixologik mos kelishi uchun ulardan har biri o ‘z xulqini o‘zgartirishni xohlaydimi va o‘zgartira olishini aniqlash (buni yoMini mijozga psixolog-maslahatchi aytib berishi mumkin).
4. ßo‘lajak er-xotinlarning mos ekanliklarini aniqlovchi ijtimoiypsixologik tajribani bevosita psixologik maslahat xonasida tashkil qilish va o'tkazish. Bu tajribaning natijalarini ularga aytish.
5. Mijozlarga ularning mos kelishlari mumkinligini aniqlashlari mumkin boMgan har qanday savol-javob imkoniyatini berish.
6. Psixologik maslahat yakuniovchi bosqichini o‘tkazish, bunda psixolog-maslahatchi mijozlarga ularning bo'lajak nikohlari muvafTaqiyatli bo'lishi bo'yicha uning kasbiy xulosasini aytadi. Bu masalada psixolog juda odobli bo‘Iishi, shu bilan bir vaqtda izchil, prinsipial va kasbiy halol bo‘lishi kerak. Har qanday bo`lganida ham u er-xotinlarni ogohlantirib qo‘yishi kerak, chunki ular katta odamlar, shuning uchun birgalikdagi hayotlarida shaxsiy munosabatlarida hammasi yaxshi boMishi qiyin, ularning shaxsiy psixologiyalari va xulqlari er-xotinlarning har birini qoniqtira oladigan bo‘lib tez o ‘zgarishi mumkin emas. Agarda ular jiddiy qaror qilgan bo‘lsalar, o‘z nikohlari va oilalarini saqlab qolishni xohlasalar, unda albatta bir-birlarini qanday bo‘lsalar shundayligicha qabul qilishlari kerak. Psixologik-pedagogik maslahatda psixolog-maslahatchining o‘zi pedagogik m a’lum oti b o ‘lishi va pedagogika nazariyasi va amaliyotini yaxshi bilishi muhimdir. Turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha shaxsiy tajribasi ham zarur. Lekin bu ham psixologik-pedagogik maslahatlarni muvafTaqiyatli o‘tkazish uchun yetarli emas. Oddiy pedagog, olim psixolog yoki o'qituvchidan farqli ravishda psixolog-maslahatchi mijozning xulqiga ochiqdan ochiq salbiy munosabatni namoyon qilish huquqiga ega emas. Hatto mijoz pedagogik odob va axloq qabul qilingan qoidalarini buzganida ham bu qoidaga amal qilishi zarur.
Psixolog-maslahatchi odob qoidalarini yuqorida muhokama etib, biz u mijozga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini namoyon etishga huquqi yo‘qligini aytib o‘tdik. Bu ayniqsa, maslahat so‘rab murojaat etgan o ‘smirlar va ularning ota-onalariga taalluqlidir. Psixolog-maslahatchiga nisbatan ularning munosabatlari hardoim ham pedagogik to ‘g‘ri va vazmin bo‘lmaydi. Psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha maslahat berganda psixolog-maslahatchi tavsiyalarini aynan bajarishi kerak bo‘lgan odamlar har doim to‘la va sidqidildan bajarmasliklarini ham hisobga olish zarur. Masalan, ota-onalarga ko‘pincha aslida o ‘z bolalariga tegishli tavsiyalar berishlariga to‘g‘ri keladi, bolalarga esa ko‘proq ularning ota-onalari xulqiga tegishli maslahatlar beriladi (katta bolalarning ota-onalari ularga nisbatan pedagogik noto‘g‘ri xulqlariga m um kin bo‘lgan javobiari). Bu holatni e ’tiborga olish kerak. Psixologga o ‘smirlar o ‘zlari keltirib chiqargan emas, balki ularning atroflaridagi katta odamiar - ota-onalari yoki o‘qituvchilari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar bilan ham murojaat ctishlari mumkin. Bunday holatda faqat bola bilan psixologik maslahatlar o‘tkazishning o ‘zi yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirishga yordam bermaydi.
Birinchidan, o ‘smir kattalar bilan munosabatlarda psixologmaslahatchi bergan tavsiyalarni chuqur tushunib, qabul qilib va amalga oshiradigan yoshda emas.
Ikkinchidan, yuzaga kelgan nosog‘lom vaziyatni tuzatish bo‘yicha tashabbus ulardan emas, balki boladan kelib chiqqan hollarda o‘zining noto‘g‘ri xulqi bilan o ‘smir bilan munosabatlarda muammo keltirib chiqaradigan katta yoshli odamiar har doim ham o ‘sm ir fikriga e ’tibor berm aydilar. Bu yerda m u a m m o n i muvafTaqiyatli hal etish uchun tizimli yoki kokp yo'nalishli deb ataluvchi psixologik maslahatlar zarur bo‘ladi. Shunday psixologik maslahatlar o'tkazilganda nizoli yoki muammoli vaziyatning barcha ishtirokchilari psixolog tomonidan amaliy tavsiyalar oiadilar va shu bilan birga odatda ularning har biri kim qanday tavsiyalar olganligini biladilar. N atijada ishtirokchilardan har biri o‘zini va boshqaiarni kuzatish bilan bir qatorda boshqalarga olingan tavsiyalarni bajarishga yordam bera oladi. Bu ifoda etilgan qoida psixologik-pedagogik ta ’sir ko‘rsatish obyekti kichik maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, psixologmaslahatchidan amaliy tavsiyalarni katta odamiar, ota-onalar, o ‘qituvchilar yoki bolani tarbiyalovchilar olayotgan hollaridan tashqari, psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o ‘tkazish ko‘p vaziyatlar uchun umumiy bo‘lib qoladi. Psixologik-pedagogik maslahat intim-shaxsiy masalalar bokyicha maslahat kabi kamdan kam hollarda bir marotabalik maslahat sifatida o'tkaziladi, chunki pedagogik jarayon ancha murakkab va olingan tavsiyalar har doim ham darhol istalgan natijalarga olib kelmaydi. Bundan tashqari tavsiyalarni amalga oshirish yo‘lida psixolog bilan maslahat qilinishi kerak bo'lgan ko‘pgina yangi kutilmagan masalalar, muammoli vaziyatlar yuzaga keladi. Xulqini pedagogik qayta yo‘naltirish — bu har doim murakkab, xatolarga olib kelishi mumkin bolgan ish, chunki bu ishda inson ongida joylashib qolgan pedagogik noto‘g‘ri tushunchaga duch kelish mumkin. Endi amaliy masalalar bo'yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda barcha boshqa hollarda bo‘lgani kabi psixologik maslahat paytida psixolog oqilona va samarali tavsiyalar bera olishi uchun mijozga maslahat berayotgan ish bo‘yicha o‘zi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agarda psixolog-maslahatchida maslahat berayotgan ishlari bo ‘yicha shaxsiy hayotiy tajribasi bo‘lmasa psixologik maslahat berishga kirishishdan avval mana shu tajribani egallab olishi kerak. Ba’zan albatta bu shartni t o l a bajarishga erishish qiyin bo‘ladi, chunki bir odamning o'zi barcha kasb va hunarlarni yaxshi bilib olishi m um kin emas Bunday holatda m a’lum ishlar bo'yicha bexabar b o ‘lib qolmaslik uchun psixologmaslahatchiga m ijozdan u qanday kasb bilan shug'ullanishini, uning ish faoliyati va uning m uammolari xususiyatlarini yaxshilab bilib olish tavsiya etiladi. Bu ishni tortinmasdan, uyalmasdan va ochiq, maslahat eng boshidan mijozga uning kasbini psixolog-maslahatchi yaxshi tushunmasligini aytib amalga oshirish kerak, shu sababli darhol maksima! foydali tavsiyalar bera olmasligini tushuntirishi kerak.
Psixolog-maslahatchiga bu ishda maslahat boshida mijozga beradigan quyidagi savollarga javoblar yordam berishi mumkin:
— O 'z ishingiz to kg‘risida umumiy xususiyatlarni aytib bersangiz. — Siz aniq nima ish bilan shugkullanasiz?
— Siz ish bo‘yicha atrofdagi odamîar bilan odatda qanday amaliy aloqalar va munosabatlarda boMasiz?
— 0‘z ishingizda yaqin amaliy aloqalarda bo‘lgan odamlar bilan sizning shaxsiy munosabatlaringiz qanday?
— Sizning atrofdagi odamlar ishlari b o ‘yicha amalda, rasmiy va norasmiy qanday bogliqligingiz bor? - Siz kimga bevosita bo‘ysunasiz?
- Kimlar sizga shaxsan bo‘ysunadi?
— Odamlarga ta ’sir ko‘rsatishda sizning qanday xizmat, rasmiy va norasmiy imkoniyatlaringiz bor?
— Ish bo‘yicha hamkasblaringiz sizga qanday ta’sir ko‘rsata oladilar?
Sizning mehnat jamoangizda anchadan beri yuzaga kelgan va qattiq yoki birmuncha amal qiünadigan qandaydirxulq qoidalari mavjudmi? - Agarda shunday qoidalar bo‘lsa ular nimalardan iborat va ularga kimlar ayniqsa, qattiq ama! qiladilar? Amaliy masiahat o‘tkazish uchun amaliy ish vaziyati juda mos keladi. Unda psixolog-maslahatchi mijoz bilan ishlarni samarali olib boradi va ularo‘rtasida amaliy xususiyatli o‘zaro munosabatlar bo‘ladi. Bu xususan quyidagilarni anglatadi: Birinchidan, mana shunday maslahatni mijozning bevosita ish joyida va u uchun odatiy ish sharoitlarida o ‘tkazilgani juda yaxshi bo ‘ladi. Shunda psixolog-m aslahatchidan oigan tavsiyalarni tushunishi oson boMadi. Shu yerda va hozir tamoyilini am alda bajarish oson bo‘ladi. Maslahatchining o ‘ziga esa mijoz bilan odatiy ish muhitida birga bo‘lish mijozni qiynayotgan muammo mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga va uni hal etishning to ‘g‘ri yo‘lini topishga yordam beradi. Ikkinchidan, amaliy masiahat o ‘tkazish tajribasida psixologmaslahatchiningo‘zi o‘zini ishbilarmon odam kabi tutishi kerak. Shunda mijoz uning shaxsiy namunasidan ko‘p narsalami o‘rganib oladi. Uchinchidan, psixolog-maslahatchining ishbilarmonlik xulqi albatta mijozning unga ishonchini kuchaytiradi, u ham ishbilarmon odam va boshqalardagi bunday sifatni qadrlaydi. Nihoyat to ‘rtinchidan, psixologik masiahat o ‘tkazishga am aliy yondoshish, masiahat berishni boshlashdan awal mijoz bilan uning shartlari: vaqtijoyi, kutiladigan natijalar, narxi vaboshqalar kelishib olinishi kerak.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə