O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Rabg`uziy kim? 
2.
Uning ijodi haqida nimalar bilasiz? 
3.
«Qisasi Rabg`uziy» qanday asar? 
4.
Bu asar uchun qaysi manbalar asos bo`lgan? 
5.
Rabg`uziy she`riyati haqida gapiring. 
6.
Asardagi qissalar mohiyati nimada? 
7.
Payg`ambarlar bilan bog`liq hikoyatlardan misol keltiring. 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR
1.
Rabg`uziy.
6. Sulaymon va Qarincha. 
2.
Adabiy manba. 
7. Bilqis. 
3.
Tarixiy manba. 
8. Yusuf qissasi. 
4.
«Qisasi Rabg`uziy». 
9. Luqmoni hakim. 
5.
Dovud hikoyati.
10.Navro`z madhi. 


43
11-mavzu: XORAZMIY HAYOTI VA IJODI
R e j a: 
1.
Kirish. 
2.
Xorazmiyning hayoti va ijodi. 
3.
«Muhabbatnoma»ning nusxalari va janr xususiyatlari. 
4.
Asarning mavzu va obrazlari. 
5.
Muhammadxo`janing madhi. 
6.
«Muhabbatnoma»ning badiiy xususiyatlari. 
7.
O`zbek adabiyotida «Muhabbatnoma»ning o`rni. 
8.
Xulosa. 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
Xorazmiy. Muhabbatnoma. T., 1959. 
3.
Navoiyning nigohi tushgan. T., 1986. 
4.
Muborak maktublar. T., 1987. 
5.
Shcherbak. Uguzname. Muhabbatnome. M., 1959. 
6.
S.Qosimov. Xorazmiy ijodi. T., 1950. 
7.
Yo.Ishoqov. Naqshbandiya ta`limoti va o`zbek adabiyoti. T., 2002. 
8.
R.Vohidov, H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro-2001. 
Xorazmiy XIV asr o`zbek adabiyotining vakillaridan biridir. Uning hayoti va 
ijodi haqida yetarli tasavvur beradigan manbalar hozircha ma`lum emas. Xorazmiy 
haqidagi ma`lumotlar uning o`z asari «Muhabbatnoma» tarkibida uchraydi. Navoiy 
ham u haqida ijobiy fikrlar aytadi. Bizga ma`lum manbalardan ko`rinadiki, u shoir 
sifatida ham o`z davrida keng shuhrat qozonadi. Ko`pgina lirik asarlar yozgani 
shubhasiz. Chunki «Muhabbatnoma»dagi bir necha janrlarda yozilgan asarlar uning 
shoirlik iste`dodidan dalolat beradi. Xorazmiyning merosi haqida, uni o`rganish 
borasida bir muncha ishlar olib borildi. Bu jihatdan Samoylovich, Ko`prilizoda, 
Shcherbak, N.Mallaev, Solih Qosimov va boshqalarning ishlarini ko`rsatish mumkin. 
Shoirning to`liq nomi, tarjimai holi aniq emas. «Muhabbatnoma»ning ko`p joyida 
«Xorazmiy» taxallus sifatida keltirilgan. Bu uning Xorazmdan ekanini ko`rsatadi. 
«Muhabbatnoma» asari tarkibida keltirilgan fors-tojik tilidagi hikoyat, uning 
sayohati, hayoti bilan bog`liq ma`lumot olishda manba bo`lib xizmat qiladi. 
Xorazmiy 1353 yilda Oltin O`rda xoni Jonibekning Sirdaryo muzofotidagi 
amaldorlardan biri Muhammadxo`jabek bilan tanishadi. U fors-tojik tilidagi she`rlari 
bilan tanilgan Xorazmiyga o`zbek tilida asar yozishni topshiradi. «Muhabbatnoma»da 
yozilishicha, Muhammadxo`jabek (Muhammad Xo`jabek) saroyida bazm bo`lib, 
majlis o`tkaziladi va shoirga asar yozish buyuriladi: 
Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni, 
Keturgil bizga loyiq armug`oni. 


44
Ko`ngil bahrinda ko`p gavharlaring bor, 
Ochunda porsiy daftarlaring bor. 
Muhabbat nardini ko`plardin o`ttung, 
Shakardek til bila olamni tutting. 
Tilarmankim, bizing til birla paydo, 
Kitobe aylasang bu qish qotimdo.
Kim, ush eltek kechar ayyomi foniy, 
Jahonda qolsa bizdin armug`one». 
Xorazmiy kuchi etguncha harakat qilishini, asarni yozishni bajonidil qabul qiladi.
1353-1354 yillar atrofida ushbu «Muhabbatnoma» asari yaratildi. Ma`lumki, 
Xorazmiyga qadar Avhadiy Marog`aviyning forsiy «Dahnoma»si, kirmonlik Xoja 
Imodidin Faqehning «Muhabbatnoma»si bo`lgan. Xorazmiy turkiy tilda asar yozdi. 
«Muhabbatnoma»ning ikki - arab va uyg`ur qo`lyozmasi mavjud. Uyg`ur yozuvidagi 
qo`lyozma 1432 yil Mir Jamoliddin degan kishi topshirig`i bilan Boqi Mansur (Boqir 
Mansur) baxshi nomli kotib tomonidan ko`chirildi. 
Arab yozuvidagi nusxasi 1508-1509 yillarda ko`chirilgan. Bu nusxaga hikoyat 
ham ilova qilingan. «Muhabbatnoma» 473 baytdan iborat bo`lib, shundan 317 bayti 
o`zbek tilida, 156 bayti fors-tojik tilida yozilgan. 
«Muhabbatnoma»ning asosiy qismini o`zbek tilidagi asarlar tashkil etadi. Asar 
hamd, shoirning Muhammadxo`ja bilan ko`rishgani bayoni, g`azal, masnaviy, 
Muhammadxo`ja madhi, vasful holdan tashkil topgan. 
Asarning asosiy qismini 11 noma tashkil etadi. 4-8-11-nomalar fors-tojik tilida, 
qolgan sakkiztasi o`zbek tilidadir. 
Xorazmiy o`z «Muhabbatnoma»sida bir necha janrlarda ijod qilganini ko`rsata 
olgan. 
«Muhabbatnoma»dagi janrlar Xorazmiyning fors va turkiy tilda ham ijod qila 
olganini, noma, g`azal, masnaviy, qasida, fard kabi xilma-xil janrlarda asar 
yaratganligining dalolatidir. 
«Muhabbatnoma»ning asosiy mavzusi ishq, muhabbat, go`zallik tasviridir. 
Bulardan tashqari, asarning quyidagi tuzilishi uning boshqa mavzuda yozganligining 
isbotidir. 
Asardagi kirish qismi. Bu qism o`z ichiga hamd, voqea bayoni, ya`ni asarning 
yozilishi sababi va o`rni. Muhammadxo`jabekning madhi hamda so`z boshi va 
voqealar bayoni tarzida keltirilgan 3ta o`zbekcha, 1ta forsiy g`azallarni o`z ichiga 
oladi. 
Asarning asosini tashkil etadigan nomalar va ular bilan bog`liq holda keltirilgan 
soqiynoma tarzidagi kichik masnaviylar. 
Asarning xulosa qismi. Bu qism munojot, qit`a, xotimatul kitob va forsiy 
hikoyatni o`z ichiga oladi. 
«Muhabbatnoma» uning nomidan ham ko`rinib turganidek, muhabbat 
nomalaridan, oshiqning o`z ma`shuqasiga yo`llagan she`riy maktublaridan iborat. 
Nomalarning 10 tasi bevosita ma`shuqaga bag`ishlangan bo`lib, shu ruhda yozilgan 
bo`lsa,bitta noma - ikkinchi maktub tong nasimiga murojaat tarzida yozilgan. Bu 
noma o`z uslubiga ko`ra boshqa qismlardan ajralib turadi. Bevosita ma`shuqaga 


45
qaratilgan maktublarda mahbubaning tavsifi, va madhi yetakchi o`rin egallab, 
oshiqning shikoyati, kechinmalari tasviri kam bo`lsa, ikkinchi nomada bu jihat ancha 
keng berilgan. Shoir oltinchi nomada shunday yozadi: 
Ayo, bo`yi sanubar chehrasi oy, 
Quyosh yanlig` jamoling olamoroy. 
O`tursang, o`lturur fitna, kyetar g`am, 
Agar qo`psang, qiyomatlar qo`par ham. 
Sumantek orazing guldur tikansiz 
Manga do`zax erur uchmoq sensiz. 
Bilursizkim erur ayyomi foniy, 
Nechuk haddin oshirursiz jafoni. 
Qachonkim shod esang, g`amgina rahm et, 
Agar sulton esang, miskina rahm et. 
Suyurman ko`zni sizni ko`rmoq uchun, 
Yururmen erda izni ko`rmoq uchun. 
Quling ne qilsin o`z haddini taqsir, 
Ko`ngul bir, qibla bir, jonona ham bir, 
Chechaksen, banda sayrar bulbulungdur, 
Necha borincha Xorazmiy qulungdur. 
Asarda har bir nomadan keyin soqiynoma ruhida 3 baytli masnaviylar keltirilgan. 
«Muhabbatnoma» sadoqatli oshiqning chuqur kechinmalari, uning insoniy fazilatlari, 
pok muhabbati tasviridan iborat. Shoir oshiq kechinmalarini, ishq tasvirini insonga 
xos muhabbat nuqtai nazaridan yoritadi. Lirik qahramon shunday deydi: 
O`shul kunkim, seni xoliq yaratti 
Seni dilbar, meni oshiq yaratti. 
Asarning boshidan oxirigacha asosiy tasvir ob`ekti bu ma`shuqa obrazidir. 
Shoirning barcha ta`rifu tavsifi uni madh etishga yo`naltirilgan. U shunday deydi: 
Shakardin totli so`zli dilrabosen, 
Darig`okim, chechakdek bevafosen. 
Sening yoding qilurmen ko`p g`azalda, 
Kim, erdim husnunga oshiq azalda. 
Manga haddin oshirma bu jafoni, 
Ko`zungdin solma bu miskin gadoni. 
«Muhabbatnoma»da oshiq obrazi asosan ma`shuqasiga yo`llagan maktublari 
asosida namoyon bo`ladi. U ishq, vafo, sadoqat, oshiqlik mas`uliyatini chuqur 
anglaydi. Mana uning fikri: 
Jafodin ingramas bu yo`lda ushshoq, 
Vafodin javringiz ming qatla xushroq. 
Evurman yuz, nechakim kelsa mehnat, 
Jafo sizdin, tag`i bizdin muhabbat. 
Ma`lumki, mavjud tadqiqotlarning aksariyatida «Muhabbatnoma» dunyoviy 
ruhdagi, undagi ishq esa hayotiy, insoniy ishq sifatida talqin etiladi. Bizningcha ham, 
asarda ushbu xususiyat yetakchilik qiladi. Ammo adabiyotshunos olim Yo.Ishoqov 
asardagi ba`zi baytlarga asoslanib, undagi ishqni ilohiy ishq tarzida talqin etadi. U 


46
shunday yozadi: «Asar tarkibidagi ayrim ishoralar bu asar mohiyatan tasavvuf ruhida 
ekanligini isbotlaydi. Quyidagi bayt esa uning tasavvufdagi e`tiqodini yanada aniqroq 
namoyon etadi: 
Qadam dar nehki dar ishqi majoziy, 
Ba maqsude rasi, gar pokboziy. 
Mazmuni: Majoziy ishqqa qadam qo`y. Sen agar pokravish bo`lsang, haqiqiy 
maqsadga erishasan. 
Bu satrlardan muallif ko`zlagan asosiy maqsad, shubhasiz, ilohiy ishq... 
Xorazmiy bu masalada naqadar etukligi, majoziy ishq uning uchun haqiqatga olib 
boradigan yo`l ustidagi ko`prik ekanligi agar xotimasi («iltimosin aytur»)dagi 
quyidagi baytdan ayon bo`ladi: 
Muni kim ishq birla bir o`qig`ay, 
Haqiqat olamini munda bilg`ay». 
(Bu haqda qarang: Yo.Ishoqov. Naqshbandiya ta`limoti va o`zbek adabiyoti. T.,2002. 
21-bet.) 
Xorazmiyning asarida vasfi hol, Muhammadxo`jaga bag`ishlangan qasida, may 
mavzusi ham yoritilgan. 
May-shodlik timsoli, hijron azoblaridan qutilish vositasi sifatida talqin etiladi.
«Muhabbatnoma» o`z tili, badiiy tasvir vositalari bilan ham e`tiborlidir. 
Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari ta`sirida Xo`jandiyning «Latofatnoma», 
Amiriyning «Dahnoma», Said Ahmad Mironshohning «Taashshuqnoma» asarlari 
yaratildi. 


47
12mavzu: SAYFI SAROYI IJODIY MEROSI 
R e j a: 
1.
Kirish. 
2.
Sayfi Saroyining hayoti va ijodi. 
3.
Sayfi Saroyining adabiy merosi. 
4.
Sayfi Saroyi tarjimon. 
5.
«Guliston-bit turkiy»ning mavzulari. 
6.
«Suhayl va Guldursun» dostoni
7.
Xulosa

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə