O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Sakkokiy kim? 
2.
Navoiy u haqida ma`lumot beradimi? 
3.
Sakkokiy qaysi davrda yashadi? 
4.
Sakkokiy merosini o`rgangan olimlardan kimlarni bilasiz? 
5.
Shoir qaysi janrlarda ijod qilgan? 
6.
Sakkokiy g`azallarining mavzusi nima? 
7.
Shoirning qasidanavislikdagi o`ziga xosligi nimada. 
8.
Shoirning badiiy mahoratini tushuntiring. 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR: 
1.
Sakkokiy.
8. Hamd. Munojot 
2.
Turkiston.
9. Na`t. 
3.
Mujtahid.
10.Qasida. 
4.
Xalil Sulton. 
11.Oshiq. 
5.
Ulug`bek.
12.Ma`shuqa. 
6.
Arslon Xo`ja Tarxon. 
13.Raqib. 
7.
Xo`ja Muhammad Porso. 


68
17-mavzu: LUTFIY HAYOTI VA IJODIY MEROSI 
R e j a
1.
Kirish. 
2.
Lutfiy haqida. 
3.
Lutfiy ijodining o`rganilishi. 
4.
Lutfiy she`riyati. 
5.
Shoir she`riyati janrlari va mavzulari. 
6.
Xulosa. 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
Lutfiy. Sensan sevarim. T.,1982. 
3.
Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. T.,1966. 
4.
Hodi Zarif. Lutfiy va Navoiy. Ulug` o`zbek shoiri. To`plam T.,1948. 
5.
Navoiy zamondoshlari xotirasida. T.,1984. 
6.
E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. M.,1963. 
7.
S.Erkinov. Lutfiy T.,1965. 
8.
A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi. T.,1961. 
9.
A.Hayitmetov. Meros va ixlos. T.,1987. 
10.
A.Hayitmetov. Dilimizga juda yaqin. O`z AS gazetasi. 1998 yil, 17 aprel. 
11.
E.Ahmadxo`jaev. Turkiy nazmning sehrgari T.,1992. 
12.
Buyuk siymolar, allomalar. 2-kitob T.,1996. 
13.
B.Valixo`jayev. Lutfiy va Navoiy. Samarqand, 1999. 
14.
Ahmad Taroziy. Fununul balog`a. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali. 2002 yil. 

1-6. 
Mavlono Lutfiy XIV asrning oxiri XV asrda yashab ijod qilgan turkigo`y 
shoirdir. Lutfiy ko`pincha «mavlono» atamasi bilan birga tilga olinadi. «O`zbek 
tilining izohli lug`ati»da Mavlono so`ziga shunday izoh berilgan: «Musulmon 
sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulug`lab, ularning nomlariga qo`shib 
ishlatiladigan so`z». Demak, Lutfiy nomiga Mavlono so`zining qo`shilishi o`z 
zamondoshlarining yuksak e`tibori va hurmatidan dalolatdir. Shoir o`z davrida 
sharqda juda shuhrat qozonadi.
Alisher Navoiy «Badoiy ul-bidoya»ga yozilgan debochasida Sakkokiy va 
Lutfiy haqida shunday yozadi: «... birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda 
bag`oyat va birining latif g`azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyat durur ham 
devonlari mavjud bo`lg`ay». Ko`rinadiki, Sakkokiy ko`proq Movarounnahrda shuhrat 
topgan bo`lsa, Lutfiy Xuroson, Eron , Iroq tomonlarda shuhrat qozongan va devon 
tuzgan. 


69
Lutfiyning hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlar ko`p emas. Shoirning tug`ilgan 
va vafot etgan yillari 1366-1465-66 yillar deb ko`rsatiladi. A.Navoiyning «Majolis 
un-nafois» asarida yozilishicha, u 99 yil umr ko`rgan. Lutfiy nomi ba`zi manbalarda 
Lutfillo deb ataladi. Shunga ko`ra uning nomi Lutfillo, shu asosda Lutfiy taxallusini 
olgan degan xulosa keltiriladi. Lutfiyning tug`ilgan joyi Hirotning Dehikanor degan 
maskani deb ko`rsatilar edi. Professor A.Hayitmetov «Dilimizga juda yaqin» nomli 
maqolasida (O`z AS. 1998, 17 aprel) shunday ma`lumotlarni keltiradi: «Lutfiy asli 
shoshlik (boshqacha aytganda Toshkentlik) bo`lib, taqdir toqazosi bilan qachondir 
Hirotga borib, o`sha erda o`rnashib qolgan». 
Lutfiy haqida ko`pgina manbalarda ma`lumotlar qayd etilgan. Jumladan, 
Navoiyning «Majolis un-nafois», «Muhokamatul-lug`atayin», «Xutbai davovin», 
«Nasoyim ul-muhabbat», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Manoqibi Pahlavon 
Muhammad» singari asarlarida Lutfiyga yuqori baho beradi. Navoiy «Majolis un-
nafois»da shunday yozadi: «Mavlono Lutfiy o`z zamonining ma`likul kalomi erdi. 
Forsi va turkiyda naziri yo`q erdi. Ammo turkiyda shuhrati ko`proq erdi va turkcha 
devoni mashhurdir va muttazirul javob matla`lari bor. Ul jumladan biri bukim: 
Noziklik ichra belicha yo`q tori gisuyi, 
O`z haddini bilib belidin o`ltirur quyi. 
Yana biri budurkim: 
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochtin 
Soldi kamon bo`ynima ikki qulochdin. 
Va mavlononing «Zafarnoma» tarjimasida o`n ming baytdin ortiqroq masnaviysi 
bor. Bayozda yozmagan uchun shuhrat tutmadi. Va lekin forsida qasidago`y 
ustodlardin ko`pning mushkul she`rlariga javob aytubdur va yaxshi aytibdur. 99 
yashadi... bu faqir borasida ko`p fotihalar o`qibdur. Umid ulkim, chun darvesh kishi 
erdi... Mavlononing qabri shahr navohisida Dehikanordakim, o`z maskani erdi 
andadur». 
Lutfiy haqida D.Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Xondamirning 
«Habibus-siyar», «Makorimul axloq», Qobuliyning «Tazkirat ut-tavorix», Vozehning 
«Majmuai mansur va manzum», Shamsiddin Somening «Qomusul-a`lom» asarlarida 
ham ma`lumotlar uchraydi. O`zbek adabiyotshunosligida Lutfiy merosini o`rganish 
bo`yicha ancha ishlar amalga oshirildi. Bu jihatdan N.Mallaev, E.Rustamov, Hodi 
Zarif, Sodir Erkinov, E.Ahmadxo`jayev, A.Hayitmetov, H.Rasulov va boshqa 
olimlarimizning tadqiqotlari xarkaterlidir. 
Lutfiydan juda katta adabiy meros qolgan. Qadimgi manbalarda uning 20 dan 
ortiq asar yozgani qayd etiladi. Ammo ular bizgacha hali noma`lum qolmoqda. Lutfiy 
Shohruh Mirzoning taklifi bilan Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarini tarjima qilishga
ham kirishgan edi. Uzoq yillar Lutfiyga nisbat berib kelinayotgan «Gul va Navro`z» 
dostoni adabiyotshunoslarimiz orasida turli bahslarga sabab bo`lib keldi. Ba`zi 
olimlar uni Lutfiy asari deb baholashsa, keyingi yillarda chop etilgan darsliklarda 
muallifi noma`lum asarlar sifatida berildi. 1970 yillarda bu mavzu ancha 
munozaralarga olib keldi. Adabiyotshunoslar Yo.Ishoqov, A.Hayitmetov kabilar esa 
uni Haydar Xorazmiy asari sifatida qayd etadilar (yuqorida qayd etilgan maqolada 
ham). 


70
Lutfiy merosining kattagina qismini uning turkiy tildagi devoni tashkil etadi. 
F.f.doktori, prof.S.Erkinov Lutfiy haqidagi tadqiqotida qadimgi Sharq manbalarida 
Lutfiyning axloq-odob mavzusida «Mashkun ul-haqoyiq» nomli asar yozganligi 
eslatilishini qayd etadi. Shuningdek, xo`tanlik Mulla Ismatullaning «Tarixi 
musiquyun» asarida Lutfiyning musiqa tarixi bilan ham shug`ullanganligi, kuylar 
bastalaganligi qayd etiladi. 100 yilga yaqin umr ko`rgan shoir barakali ijod qilgani 
aniq. 
Lutfiy avvalo lirik shoirdir. Uning ona tilidagi lirik devoni o`z davridayoq 
Movarounnahr, Xuroson mamlakatlarida, shuningdek, boshqa joylardagi turkiy tilli 
xalqlar orasida keng yoyilgan edi. Respublikamizda, Sharqshunoslik institutida, 
qo`lyozmalar institutida Lutfiy devonining o`nlab nusxalari saqlanadi. Ushbu 
nusxalar London va Parij nusxalari bilan qiyosiy-tanqidiy o`rganilib, shoirning qator 
saylanma nashrlari yaratildi. 
1987 yilda nashr etilgan «Sensan sevarim...» to`plami keyingi o`n yilliklarda 
nashr etilgan devondir. Devon sharq she`riyatida yetakchi janr hisoblangan g`azallar, 
ruboiylar, qit`a va fardlarni o`z ichiga oladi. Devon an`anaga ko`ra hamd, na`t 
she`rlari bilan boshlanib,so`ngra boshqa janrlar be riladi. Devonda Shohruh Mirzo, 
ba`zi nusxalarida esa Boysung`ur Mirzo nomiga bag`ishlangan qasidalar ham 
uchraydi. 
Shoir merosining yetakchi janri g`azaldir. Lutfiy she`riyatining asosiy mavzusi 
esa ishqdir. Unda ham oshiqning, ham ma`shuqaning botiniy va zohiriy sifatlari aks 
etadi. Navoiy «Manoqibi Pahlavon Muhammad» asarida Lutfiyni «Zohir ahli 
shuarosi», ya`ni ko`proq majoziy, hayotiy, dunyoviy ishq-muhabbatni kuylagan shoir 
sifatida talqin etadi. 
Shoir she`riyatida diniy-tasavvufiy mavzular ham ko`zga tashlanadi. Majoz va 
haqiqat uyg`unlashib ketadi. Olloh insonni yuqori darajaga ko`taradi. Unda o`z nurini 
singdiradi. Odam shu qadar buyuk mohiyatki, Olloh uning yuzida o`z aksini topadi. 
Quyidagi baytda ana shunga ishora qilinadi: 
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilgani, 
Ko`zgudek qildi seni, o`zini paydo qilgani. 
Shoir asarlari uning o`sha davrda keng tarqalgan tasavvuf g`oyalari ta`sirida 
bo`lganligini ko`rsatadi. Olloh dunyoni mukammal go`zallik timsoli sifatida 
yaratgan. Shoir she`riyatida Olloh bilan bog`liq g`oyalar tasavvufiy ma`no va 
timsollar maxsus tadqiqni talab etadi. Lutfiy lirik qahramoni, avvalo oshiq insondir. 
U go`zallikda yagona, husn va latofat timsoli bo`lmish ma`shuqani chin yurakdan 
sevadi. Yor ham Olloh timsoli, ham inson sifatida namoyon bo`ladi. Lirik qahramon 
ta`kidicha, uning haqdan yagona o`tinchi diydordir: 
Haqdin, ey ko`ngul, o`zga nima qilma tamanno, 
Sen xastaga ul erdaki, diydor topilsa. 
Oshiq ma`shuqaning e`tiborsizligidan, mastona ko`zlari bilan uni bexud, 
devona qilganidan ajablanadi: 
Boqmas menga jonona, ajab holat emasmi? 
Bo`ldi yana begona, ajab holat emasmi? 


71
Bexudliku savdo bila qildi meni mashhur, 
Ul ko`zlari mastona, ajab holat emasmi? 
Lirik qahramon ayriliq onlarini musibat sifatida qabul qiladi. Firoq uning 
joniga azob, iztirob keltiradi. Oshiq bu alamlarga sabr bilan chidaydi. Ma`shuqasidan 
visol va vafo umid qiladi: 
Ayo dilbar vafo qilmasmusen sen, 
Bu dardimga davo qilmasmusen sen? 
Qilich birla judo bo`lgancha mendin, 
Boshim tandin judo qilmasmusen sen? 
Oshiq yorning vafosizligidan gina qiladi: 
Ayttimkim: Bu Lutfiyga jafo qilma vafo qil, 
Ayturki: bizning davrda ul rasm qolibdur. 
Lirik qahramon o`z holatini aniq bayon etadi. Lutfiy uning holatini berishda 
jonli so`zlashuvdan, erkalash, yupatish, istehzo, qochiriq mazmunidagi iboralardan 
mahorat bilan foydalanadi. Oshiq ma`shuqa ozorlaridan zorlanadi: 
Lutfiyni kim qarg`adi: «Yo rab, balog`a uchra» deb, 
Kim, seningdek toshbag`irlik dilraboga uchradi. 
Lutfiy she`riyatida xalq urf-odatlari, xalq hayoti bilan bog`liq manzaralar, xalq 
maqollari singdirilgan baytlar ko`p uchraydi. Shoir she`riyatida mifologik, an`anaviy, 
payg`ambarlar va boshqa obrazlar anchagina ko`zga tashlanadi. Xizr, pari, dev, 
Yusuf, Iso, Ya`qub, Farhod, Shirin kabi obrazlar shular jumlasidandir. 
Dilbar sog`inmag`on jihati bu firoq ermish, 
«Ko`zdin yiroq bo`lsa, ko`ngildin yiroq» ermish. 
Yoki: 
Yerga kirsam koshki, chun etmas ul oyga ilik 
Mushkul ahvole tushubdur: «Yer qatig`u ko`k yiroq». 
Lutfiyning qit`alari, ruboiylarida odob-axloq mavzusi ham ko`zga tashlanadi. 
Ammo shoir g`azallarida bo`lgani kabi, bu janrlarda ham asosiy mavzu ishqdir. 
Ruboiy: 
Ul mening joni jahonimg`a salom, 
Jondin ortuq mehribonimg`a salom. 
Bir zamon xoli emasmen yodidin, 
Munisi joni ravonimg`a salom. 
Tuyuq: 
Bir nazar qildim, qul o`ldum oya men, 
Ul sababdin jonu dilni oyamen. 
Gar meni shohimga etkursa xudoy, 
Hazratingda sarguzashtim oyamen. 
Qit`a: 
Bermag`il derlar vafosizga ko`ngul 
Kim, aning no`shindin ortuq neshi bor. 
Uzmagaymen la`lidin o`lsam umid, 
Jon mening jonim, kishining neshi bor. 
Fard: 


72
Shakar irning sari ko`z necha boqsun, 
Agar hech bo`lmasa ko`z haqqi yo`qmu? 
Umuman, Lutfiy she`riyati o`zining soddaligi, ohangdorligi, xalq hayotiga 
yaqinligi bilan e`tiborlidir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə