O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi


Nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: ilmiy uslub, badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub va rasmiy uslub



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima

Nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: ilmiy uslub, badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub va rasmiy uslub.
Ilmiy uslub. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‘ziga xos usuli ekanligi, obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchilik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turining shakllanishida, binobarin, nutqiy me’yorning o‘ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.
Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub hisoblanadi. Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi:
Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog‘ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo‘ladi…….Badiiy uslub. Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi.
Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir- biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.Publitsistik uslub. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik uslubning asosiy xususiyatlaridan yana biri tilning yangi so‘z va iboralar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Jamiyat rivoji, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zaro aloqalar tufayli boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va birikmalarning ommalashishiga, o‘zlashishiga ham sabab bo‘ladi.
Publitsistika. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari publitsistikaning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifodalash tamoyili ham oshdi. Publitsistika fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari paydo boʻlmoqda.Rasmiy-idoraviy uslub. Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Rasmiy-idoraviy uslub hujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Bu uslubning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari, binobarin, ushbu ko‘rinishlarning o‘z me’yorlari mavjud.

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə