bo„lgan fe‟llarni aytadi, ikkinchi qatordagi o„quvchilar esa shu fe‟lni frazeologik
48
O„ldi ─ joni uzildi, qazo qildi.
Tushundi ─ mag„zini chaqdi.
Charchadi ─ tinkasi quridi.
Uxlamadi ─ mijja qoqmadi.
Qo„rqdi ─ yuragi dov bermadi.
Ajablandi ─ yoqasini ushladi.
Aralashdi ─ bosh qo„shdi.
Ochqoldi ─ qorni piyozning po„stiday bo„ldi.
Uylandi ─ boshi ikkita bo„ldi.
O„ldirdi ─ boshini yedi.
Yutqazdi ─ boy berdi.
Kutilmaganda ─ tomdan tarasha tushganday.
Uxladi ─ ko„zi ketdi, ko„zi ilindi.
Maqtanadi ─ aravani quruq olib qochadi.
Achchiqlandi ─ fig„ono falakka ko„tarildi.
Esankiramoq ─ hushini yo„qotmoq.
Uyalmasdan ─ qaysi yuz bilan.
Hurmatlashdi ─ o„tqazgani joy topolmadi.
Xuddi shu o„yinning boshqa turida har bir frazeologik birikmani ma‟nodoshi
bilan almashtirish talab qilinadi.
I qator II qator.
Do„ppisini osmonga otdi ─ boshi osmonga yetdi.
Og„ziga talqon soldi ─ “lom-mim” demadi.
Joni uzuldi ─ olamdan o„tdi.
Yoqasini ushladi ─ hayratda qoldi.
Yuragi shuv etib ketdi ─ yuragi orqasiga tortib ketdi.
Mijja qoqmadi ─ ko„z yummadi.
Yuragini hovuchlab ─ jonini hovuchlab.
Qo„ldan bermoq ─ boy bermoq.
49
Yuzaga chiqmoq ─ ro„yobga chiqmoq.
Esi og„di ─ aqldan ozdi.
Shamolga uchmoq ─ zoye ketmoq.
Shovqin solmoq ─ boshiga ko„tarmoq.
Ta‟bi xira bo„ldi ─ ta‟bi tirriq bo„ldi.
Og„zi bormadi ─ tili bormadi.
Oila qurmoq ─ bir yostiqqa bosh qo„ymoq.
Dostları ilə paylaş: