50
Jism mag„rur, bo„zlaydi ko„ngil
Bu keng dilga sig„olmaydi qil
Men kutgan kun, sen kelmagan kun.
3. Bir kun ko„zlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragini ochdi tuyg„ular…
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib.
Sen ilk muhabbatim, vafoli yorim,
Sensiz qo„shig„imni aytolmadim men.
4.
Yangi tong, do„stginam, boshlanmay turib,
Ushbu tun bag„riga birpas tut quloq.
Bu tunning bag„rida g„ofil bo„linmas,
Bu tunning bag„rida baxting bor oppoq.
Bu topshiriqni o„quvchilarga og„zaki bajartiramiz. Ular to„rtliklarda
keltirilgan iboralarni topib, uslubiy xususiyatlarini tushuntiradi.
Birinchi to„rtlikda quyidagi iboralar qatnashgan:
so„zga sig„maydi –
beqiyos, gap sotmoq – sergap
leksemasi ifodalagan ma‟noga teng.
So„zga
sig„maydi
badiiy
uslubga xos,
gap sotmoq
esa ko„proq og„zaki nutqda ishlatiladi. Ular
ko„chma ma‟noda qo„llanadi.
Ikkinchi to„rtlikda esa
bo„zlaydi ko„ngil, bu keng dilga sig„olmaydi qil
iboralari
qatnashga bo„lib, ikkilasi ham badiiy uslubga xos.
Bu keng dilga sig„olmaydi qil
- iborasi ruhan ezilib, hech narsa yoqmaslik ma‟nolarini bildiradi.
Uchinchi to„rtlikda
ko„zlarimdan qochdi uyqular, yuragini ochdi tuyg„ular
iboralari qatnashgan, ular badiiy uslubga xos.
To„rtinchi to„rtlikda
tun bag„ri, tut quloq
iborasi qatnashgan bo„lib, ular ham
badiiy uslubga tegishlidir.