O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi.
Har 
bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘i hamda ehtiyojlariga mos keladi
-
gan dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqqa ega.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z qo-
biliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonla
-
ma kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini 
ta’minlaydi.
Bolalar sog‘lomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda 
dam olishni va bo‘sh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar 
qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan ta’sis etiladi 
va qo‘llab-quvvatlanadi.
 Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi.
Har bir bola sog‘lig‘ini 
saqlash huquqiga ega.
Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga 
uning sog‘lig‘ini saqlash sharoitlarini yaratadi.
Davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tib
-
biy yordamni kafolatlaydi.
Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan 
quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
• 
malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;
• 
bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qil
-
ish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;
• 
bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasala
-
rida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;
• talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsu-
lotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;
• 
bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga 


Bola huquqlari:
20
javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini 
yaratish;
• 
kasbga yaroqlilikni aniqlashda O‘zbekiston Respublika-
sining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy masla
-
hat berish;
• 
sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tar-
zini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish;
• sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan 
tarzda zarur axborotni taqdim etish.
O‘n to‘rt yoshdan katta yoshdagi bola ma’lumotlarni bilgan 
holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni 
rad etish huquqiga ega.
Bola bilan uning hayotiga, sog‘lig‘i va normal rivojlanishiga 
ziyon yetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperi
-
mentlar o‘tkazish taqiqlanadi.
Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilak
-
tika dasturlarini amalga oshirish orqali bolani alkogolga moyil-
likdan, chekishdan, 
giyohvandlik vositalarini, psixotrop modda
-
lar va intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa 
moddalarni iste’mol qilishdan himoya qilish bo‘yicha zarur cho-
ralarni ko‘radi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə