O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bu muhim
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaat
-
lari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki 


Bola huquqlari:
14
ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, 
tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarma-
ganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-ona-
lik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquqlari va 
qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab vasiylik va 
homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga 
mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday muro-
jaatlarni bola to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi 
sababli ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganidan, uning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan 
xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joyda-
gi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishlari shart. Shunday 
ma’lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bola-
ning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himo ya 
qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shart.
Jinoyat protsessining ishtirokchisi bo‘lgan bola huquqla­
rini himoya qilish.
Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud 
muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonunchilikda 
belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu 
huquqlar kafolatlarining 
ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bu muhim
Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish, 
uni ko‘rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majbur-
lash taqiqlanadi.
Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida 
bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amal-


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
15
ga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. 
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxs-
ga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qa
-
rindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili 
ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar 
bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining 
barcha bosqichlarida himoyachining 
ishtirok etishi shart. Bola-
ning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi 
haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə