O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi. 
Oilada har qanday 
masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etishga, shuning
-
dek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama ja-
rayonida so‘zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli 
bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga 
taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan 
qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlari
-
dan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.
Bolaning axborot olish huquqi. 
Har bir bola o‘zining 
sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmay
-
digan axborotni olish huquqiga ega.
Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqa
-
tish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan 
mustasno.
Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuv-
chi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir 
ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqa
-
tish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.
Bolaning fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi. 
Bola fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda 
belgilangan tartibda cheklanishi mumkin.
Bolaning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi. 
Bola qonunda 
belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Bolaning shaxsiy foydalanishida bo‘lgan, bola tomonidan 
hadya, meros tariqasida olingan, shaxsiy mehnati evaziga yoki 
boshqa qonuniy usulda olingan buyumlar, mol-mulk uning xu-
susiy mulkidir.


Bola huquqlari:
18

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə