O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.
Har bir 
bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabar
-
larini sir tutish huquqiga ega.
Har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajo-
vuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy 
aralashuvlardan hi-
moyalanish huquqiga ega.
Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga 
olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir 
tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravon-
likning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va 
jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz
qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shaklda
-
gi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar 
va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya 
qilinishini amalga oshiradi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
13
Davlat:
• 
bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning bar
-
cha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishi
-
ga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda 
bartaraf etish;
• 
ekspluatatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalar
-
ga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam ko‘rsatish 
bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqi.
Har bir bolaga uning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali hi
-
moya qilish, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi bosh
-
qarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonun-
ga xi lof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy 
harakat lari 
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi 
kafolatla nadi.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hi
-
moya qilish uning ota-onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs-
lar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik 
organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetguncha qonunga muvofiq to‘la muomalaga layo
-
qatli deb e’tirof etilgan (emansipatsiya) bola o‘z huquqlarini, shu 
jumladan himoyaga bo‘lgan huquqini mustaqil amalga oshirishga 
hamda majburiyatlarini mustaqil bajarishga haqlidir.
Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar to-
monidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga 
ega.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə