O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish 
 vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• 
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
• 
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
• bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining:
• 
bolalar kuniga 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida – kun
-
duzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil 
etilishi mumkin;
• 
bolalar kuniga 9 – 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida – uch 
martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun 
sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
31
• 
bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida – to‘rt martalik 
ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar 
yaratilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kun-
duz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh 
martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan 
bo‘lishi kerak.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxla
-
maydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 
5,5 – 6 soatni tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bo-
lalarning unda bo‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori 
bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilo-
tiga o‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradi-
gan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Bu muhim
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘quv yili joriy yiln-
ing 2-sentyabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan 
davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyuni
-
dan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z 
ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim ber-
ish va tarbiyalash “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Res
-
publikasi 
Qonuniga
muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda 
olib boriladi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə