O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish.
Davlat mak-
tabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va 
o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati or
-
ganlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxslar – xususiy mulk huquqi subyektlari va jis
-
moniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muas-
sislari bo‘lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshoot-
larini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan 
kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisos-
lashtirish mumkin emas.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini lit­
senziyalash. 
Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xiz-
matlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik 
shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini 
amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning 
amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini 
to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va 
qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka
-
masi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab 
bergan tartibda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburi
­
yatlari va javobgarligi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi 
huquqlarga ega:
• 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirli
-
gi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim 


Bola huquqlari:
28
dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
• maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsa-
tilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, 
ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan 
tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bo-
lalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatish;
• 
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
• maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha inno-
vatsion faoliyatda qatnashish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
• Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini 
amalga oshirishi;
• 
maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi;
• bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning 
qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
• 
bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun 
xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;
• maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilish-
da vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagilar uchun javob 
beradi:
• 
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;
• bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida 
ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni 
tashkil etish;
• ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladi-
gan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va 
fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va 
ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;
• bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich 


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
29
ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda 
tayyorlash sifati;
• ta’lim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda 
amalga 
oshirilishini ta’minlash;
• belgilangan vazifalar va funksiyalarni bajarish.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə