O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Umumbashariy mummolar, asosiy sohalari va ularning xususiyatlari



Yüklə 6 Mb.
səhifə59/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80

Umumbashariy mummolar, asosiy sohalari va ularning xususiyatlari. “Hozirgi davrning global muammolari” tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomalahamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular “global” deb nomlangan holda duch kelish mumkin.

Etimologik jihatdan “global” atamasi, “globallashuv” atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham “global” deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon vahech qaerda oson, beto‘siq kechmagan. Har doim va hammadavrlarda jamiyat oldida muayyan muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan. Bular, bir tomondan, tabiat stixiyasining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladigan er silkinishlari, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, quyoshradiatsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq turli epidemik kasalliklar va hokazolar bo‘lsa, ikkinchi tomondan,inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy hayotga oid bo‘lgan antropogen muammolardir.

Jahon taraqqiyotiga, jumladan xalqaro munosabatlarga nisbatan turli ta’sirlarning kuchayishi oqibatida global muammolar majmualari paydo bo‘lmoqda. Bu muammolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:



  • Ijtimoiy-siyosiy harakterdagi muammolar: yadro urushining oldini olish, qurollanish poygasini to‘xtatish, mintaqaviy davlatlararo ixtiloflarni bartaraf etish, umumiy xavfszlik tizimini tashkil etish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash vositasida tinchlikni qo‘llab-quvvatlash.

  • Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar: zaif rivojlanishga va u bilan bog‘liq bo‘lgan qashshoqlik va madaniy qaloqlikka barham berish, jahon yalpi mahsulotini samarali tarzda ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishni ta’minlash, energetika, xom-ashyo va oziq-ovqat inqirozlarini bartaraf etish yo‘llarini topish, rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyatlarni optimallashtirish, jahon okeanlarini va quruqlik atrofidagi kengliklarni o‘zlashtirish.

  • Insonlarning yashash muhitini yomonlashuviga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-ekologik muammolar: ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurs va energiyani tejash texnologiyalarini ishlab chiqishni, chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etishni, erdan oqilona foydalanishni, noyob tabiiy hududlarni saqlashni, ekologik montoring o‘tkazib borishni taqozo etadi.

  • Inson bilan bog‘liq muammolar: ijtimoiy, iqtisodiy va individual huquq va erkinliklarni saqlash, ochlik va epidemik kasalliklarni tugatish, insonni tabiat, jamiat va davlatdan hamda xususiy faoliyati natijalaridan begonalashuviga barham berish

Albatta, global muammolar faqat tarixda ilk bor umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarning ustuvorligini, o‘zining insoniy mohiyatini anglashni boshlagan barcha insoniyatni intellektual, moddiy va moliyaviy resurslarini birlashtirgan hodagina o‘z echimlarini topishi mumkin. Bu jarayonlar xalqaro munosabatlar, tashqi siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. U qadriyatlarni qayta baholash, ijtimoiy taraqqiyot mezonlari va mohiyatini qayta anglashlar bilan uyg‘un holda kechmoqda. Insoniyatning istiqboli jahon siyosati aktorlarining xususiy va umumsayyoraviy manfaatlar muvozanatlarini topishga bog‘liq.

Bu muammolarning har biri u yoki bu darajada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy nuqtai-nazardan ilmiy taxdil etilgan. Ayni vaqtda davrimizning umumbashariy muammolarini ijtimoiy-falsafiy talqini ham ilmiyadabiyotlarda o‘z ifodasini topmoqda.

Global muammolarni ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan o‘rganishda dastavval ularning mohiyati, kelib chiqishsabablari, bartaraf etish yo‘llarini umummetodologik jihatlarini tadqiq etishga e’tibor berilmokda.Buning uchun bu muammolarni taxlil qilishda falsafaning tarixiylik, mantiqiylik, tizimiylik kabitamoyillariga suyanilmokda. Global muammolar insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblansa-da, hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ham oqibatidir.

Kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko‘lami va haletilishining murakkabligi jihatlariga ko‘ra ularniuch guruhga ajratish mumkin:

Birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati,turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlaribilan taqozo etilgan muammolar.Ular turli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi:

Ikkinchi guruhi, “inson — jamiyat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar.Demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi, ma’naviyatmasalalari va shu kabilardir.

Uchinchisi, “jamiyat — tabiat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar.Ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi.

Global muammolarning turlari o‘zaro qanchalik farqdansa-da, bu sohalardagi umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir.

Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning bosh omili — fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya’ni uning oqibatidir. Bizning davrimizda fanning rivojlanishi sur’atlarig‘oyat kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari yaratishni ta’minlasa, o‘znavbatida texnika rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Bularning natijasi o‘laroq erishilgan kashfiyotlarmuayyan maqsadlarga xizmat qilmokda. Bu esa global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqda.

Mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar. Er yuzida inson paydo bo‘lgandan beri kishilarturlicha madaniy darajasi, xohish-istaklari va hokazolari bilan bir-biridan farq qilib kelganlar.

Insoniyat o‘zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga,masalan, ko‘chmanchi chorvachilikdan dehqonchilikka o‘tishi jarayonida tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ularni qayta tayyorlash va ekin ekib, ularni yangitdan etishtirishga o‘tishi bilan yuktimoiy munosabatlar rivojlanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror topishi bilan kishilik jamiyatidahukm surgan sodda ko‘rinishdagi ijtimoiy tenglikbarham topib, uning o‘rniga mahsulot olish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar yuzaga keladi. Kishilar ijtimoiy hayotining tashkil etilganligi jamiyat ilgarilama harakatida notekislik va mavjud muammolarni hal etishda urushlardan vosita sifatida foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Xozirgi vaqtdaeng katta global muammo bo‘lgan urush va tinchlikmuammosini ana shu tarzda jamiyat ichki rivojlanishijarayonlari maydonga keltirgan.

Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakatichida yoki uning tashqarisida, mamlakatlar o‘rtasidagimunozarali masalalarni hal etishda siyosiy zo‘ravonlik ishlatish, yoxud uni istisno etishni bildiradi.Tinchlik xalqlarning xohish-irodasi, orzu-umidi bo‘lsa,urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning siyosati oqibatidir. YOzma yodgorliklarning guvohlik berishicha,so‘nggi6 ming yil davomida, er yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo‘lgan. Bu davr ichida atigi 300 yilginaurushsiz kechgan.

Amerikalik olim R. Klarkning “Urush ilmi va tinchlik” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra,turli davrlarda yuz bergan urushlar taxlili shuni ko‘rsatadiki, 1800—1859 yillarda er yuzida 1 mlrd. aholi yashagan, 92 urushda 800 ming kishi halok bo‘lgan,1860—1899 yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900—1949 yillarda esa 117 ta urushda 142,5 mln. odam qirilib ketgan. Ko‘rinib turibdiki, urushlar va qurbonlar soni aholining o‘sishiga qaraganda tezroq o‘sgan. Kitobda ko‘rsatilishicha, urushlar va halok bo‘lgan kishilarsonining oshib borishi natijasida shunday kun keladiki, Sayyora aholisi urushlarda qirilib ketishimumkin. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda siyosiy manfaatlarning ustunligi urushlarning kelib chiqishiga imkon tug‘diradi.

Urushlar borgan sari faqatgina harbiylarning “ishi” bo‘lmay qolmoqda. YA’ni harbiy harakatlar jarayonida harbiylarga nisbatan tinch aholining nobud bo‘lishi tendensiyasi aql bovar qilmas darajada yuqorilamoqda. Masalan, Birinchi Jahon urushida qubonlar soni harbiylar orasida tinch aholiga nisbatan yigirma barobar ko‘p bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushida qurbonlar soni nisbati teng bo‘ldi. Koreyadagi urushda (1950-1953) tinch aholi orasida qurbonlar soni harbiylarga qaraganda besh marta ko‘p bo‘ldi. Vetnam urushida esa bu tafovut 20:1 nisbatni tashkil etdi. Tobora madaniylashib borayotgan insoniyat to‘g‘risidagi gaplar aynan urushlar jarayonida teskari ma’no kasb etmoqda.

Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga “o‘lish yo qolish?” degan mudhish savolni qo‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.

Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: “Bir individ o‘lsa, uning o‘rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o‘limi hayotning davom etishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Ammo butun insoniyat o‘lsa-chi?..”397.

1940-yillarning oxirida ta’riflangan bu masala vaqt o‘tishi bilan ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. Atom bombasi paydo bo‘lishi bilan “qiyomat-qoyim” xom-xayol bo‘lmay qoldi. O‘sha davrda yangi ixtironing butun xavfini ko‘pchilik hali tushunmagan, ayrim faylasuflar va olimlar yadro urushi tahdid solayotgan sharoitda odamlar o‘zining o‘zgargan holatini anglab etishlari va insoniyat halok bo‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligi haqida ogohlantirgan edi.

Albatta, o‘zini o‘zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bo‘lgani yo‘q. YAdro qurolini yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlash uchun etarli miqdorda jamg‘arish uchun vaqt, juda katta moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar, shuningdek jahonning turli mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar va ishchilar ko‘p millionli armiyasining kuch-g‘ayrati talab etildi. Ammo birinchi yadro portlashlaridan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini jahon hamjamiyatining keng davralari anglab etishi uchun ham qariyb 30 yil vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi.

AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ish olib borgan olimlar ikki jamoasi tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo‘lgan “yadro qishi” konsepsiyasi paydo bo‘lgan 1980-yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro quroli yaratilishi, shuningdek global muammolar paydo bo‘lishi bilan u o‘zining avvalgi “umrboqiyligi”ni yo‘qotganini uzil-kesil anglab etdi.

YAdro qurollari butun tiriklikni yo‘q qilish hususiyati bilan hayotni saqlab qolish muammosini tug‘dirdi. Urushlar avvallari ham bo‘lgan, ammo uning ko‘lami va foydalanilgan texnologiyalar hozirgi darajada bo‘lmagan edi. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra hozirda sayyoramizda yashovchi har bir inson boshiga qariyb uch yarim tonna yadro portlatgichiga to‘g‘ri keladigan manba mavjud. Bu Er sayyorasidagi butun tiriklikni 15 marta yo‘q qilib yuborishga qodir havf degani. YAdro quroliga ega bo‘lishga intilayotgan davlatlar miqdorining ortib borishi bu muammoni yanada kuchaytirmoqda. Qurollarning yangi turlari: nurli, infratovushli, genetik, psixotrop qurollarning yaratilishi insoniyat sivilizatsiyasini yo‘q qilish vositalari ortib borayotganligidan dalolatdir. YAna bir yadro manbasi bilan bog‘liq havf AES lardir. Hozirda sayyoramizda 430 ta AES faoliyat yuritmoqda va bu butun insoniyat sivilizatsiyasiga barham berishi mumkin bo‘lgan yashirin havf bo‘lib qolmoqda.

Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur konsepsiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, jahonda Erdagi hayotni butunlay yo‘q qilish uchun etarli miqdorda yadro zaryadlari to‘plangan. Ular portlatilgan taqdirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlantiruvchi ta’sirdan tashqari havoga son-sanoqsiz miqdorda chang, tutun va kul ko‘tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni quyosh nurlaridan butunlay to‘sib qo‘yadi. Bu atmosfera va Er yuzasining temperaturasi keskin pasayishiga sabab bo‘ladi va uni muz bosishiga olib keladi. Bu konsepsiyaga ko‘ra hozirda yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar o‘rtasida urush yuzaga kelguday bo‘lsa, g‘olib tomon ham, mag‘lub tomon ham bo‘lmaydi, faqat insoniyat mag‘lub bo‘ladi, holos. “YAdro qishi” konsepsiyasi odamlarni ular yangi xavf darajasini anglab etishga va sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh yoqasidan uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzil-kesil mahrum qildi.



Global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlarni keskin kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900 yildan beri harbiy ishga ajratilgan mablag‘lar 30 martadan ko‘proq oshib, 90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham yuqori bo‘ldi. Harbiy yoki u bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida 60mln. kishi faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, muntazam qo‘shinlarda 25 mln. dan ortiq shaxsiy tarkib, 10 mln.yarim harbiy qo‘shilma, harbiy muassasalarda ishlovchi 5 mln. fuqaroviy kasb egasi bor. Hozirgi vaqtda oddiy qurol yarog‘larning ham vayronlik keltiruvchi kuchi yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda.
2007 yil dunyo miqyosida barcha harbiy harajatlar miqdori 1 200 000 000 000 AQSH dollarini tashkil etdi.


O‘rni

Davlat

Harbiy harajatlar

(AQSH dollarida)

Ma’lumot olingan vaqt









Butun jahon bo‘yicha

1 200 000 000 000

2007






NATO miqyosida

849 875 309 000




1



AQSH

549,900,000,000

2013





Evroittifoq miqyosida

300 745 000 000




2



Xitoy

114,200,000,000

2013

3



Rossiya

71,200,780,000

2013

4



Buyuk Britaniya

58,985,000,000

2013

5



Fransiya

58,244,330,000

2011

6



YAponiya

56,907,569,000

2012

7



Germaniya

45,200,000,000

2010

8



Saudiya Arabistoni

45,050,000,000

2010

9



Xindiston

36,000,000,000

2013

10



Italiya

34,730,000,000

2012

11



J. Koreya

28,940,000,000

2008

12



Avstraliya

24,802,000,000

2008

13



Braziliya

23,972,836,012

2009



(2013 yilning eng yirik harbiy byudjet harajatlari. Asosiy manba:SIPRI Yearbook 2013)
Qurollanish poygasi nafaqat ulkan moddiy resurslarni, balki mehnat resurslari, intellektual resurslarni ham behuda sarflamoqda. Butun dunyoda olimlarning to‘rtdan bir qismi, odatda, eng malakali kadrlar urushga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlarga jalb qilingan bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalari vayronkorlik vositalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Ammo olimlar insoniyat duch kelgan xavf darajasini birinchi bo‘lib (ularning eng ilg‘or vakillari) anglab etdilar.

Qurollanish poygasi avj ola boshlagan 1955 yilda taniqli ingliz faylasufi B.Rassel tinchlik va qurolsizlanish uchun kurash tashabbusi bilan chiqdi. U A.Eynshteyn bilan hamkorlikda F.Jolio-Kyuri, M.Born, S.Pauell, L.Infeld va boshqa yirik olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mashhur Manifestni e’lon qildi. Bu Manifestda insoniyat unga tahdid solayotgan xavf haqida ogohlantirildi, shuningdek yadro asrida sivilizatsiyani asrab qolish uchun “yangicha fikrlashni o‘rganish” lozimligi uqtirildi.

B.Rassel nafaqat xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi, balki ularni echish yo‘llarini ham taklif qildi. Xususan, u barcha urushlarga chek qo‘yishi lozim bo‘lgan jahon hukumatini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, BMT bunday hukumat negizi bo‘lishi mumkin. U shuningdek davlatlar o‘rtasidagi nizoli masalalarni tinch yo‘l bilan echish uchun jahon konferensiyasi chaqirishni talab qildi.

Tinchlik, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik uchun kurash boshlagan jahon ilmiy hamjamiyati bu borada o‘z kuch-g‘ayratini birlashtirish lozimligini anglab etdi va 1957 yilda Pagoush (Kanada)da o‘z tarafdorlarining birinchi konferensiyasini o‘tkazdi. Pagoush harakati deb nomlangan bu tashkilot tinchlik uchun kurash olib boruvchi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi. Endilikda unga hozirgi globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf etish yo‘lida kurash olib borayotgan boshqa ko‘p sonli tashkilotlar va harakatlar (Grinpis, Rim klubi, antiglobalistlarning harakatlari va boshqalar) qo‘shildi. Tinchlik va qurolsizlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash g‘oyasini 1993 yilda I.A. Karimov BMTning 48 sessiyasida taklif qilgan edi. O‘zbekistonda 1999 yil 16 fevral voqealari, 2001 yil 11 sentyabrda AQSHning markazida ko‘p qavatli savdo uyining portlatishi, CHechenistondagi cheksiz terrorchilik harakati natijasidagi minglab qurbonlar I.A. Karimovning nechog‘lik haqligini yana bir karra isbotladi.

Global muammolardan yana biri ochlik, qashshoqlikva savodsizlikni oldini olish uchun rivojlangan varivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarnioldini olishdan iborat.

Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo ba’zan “boy SHimol” va “qashshoq Janub” o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham tavsiflanadi.

Bugungi kunda jahon ikki qarama-qarshi guruhga – “Boy SHimol” va “Kambag‘al Janub”ga aniq ajralgan. Bunda kambag‘allarning boylardan ko‘pligi nisbati 5:1 ni tashkil etadi.

SHu nuqtai nazardan V.S.Egorovning “Ochiq jahon falsafasi” nomli falsafiy-sotsiologik tadqiqoti diqqatga sazovor. Unda aytilishicha, BMTning “Insonparvar globalizatsiya” deb nomlangan 1999 yilgi dokladida beshta eng boy va beshta eng kambag‘al mamlakatlar nisbati 1960 yilda 30:1 ni, 1990 yilda – 60:1 ni, 1997 yilda esa – 74:1 ni tashkil etgan. Ushbu tafovut keyingi yillarda oshishda davom etmoqda398.

1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik me’yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan izohlanar edi.

Hozirda Er kurrasida qashshoq mamlakatlar hisobiga 500 mln. kishi och-nahor; 1,5 mlrd. kishi elementar tibbiy yordamga muhtoj. 100 mln.dan ortiq inson uysiz, Er aholisining 23%i g‘arb davlatlari mezoni bo‘yicha mutlaq qashshoq hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘rtacha hayot davomiyligi juda qisqa: Efiopiyada – 41 yil, Afg‘onistonda – 40,5 yil, Indoneziyada – 50 yil, Hindistonda – 51,5 yil bo‘lgani holda, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 75-76 yilni tashkil etadi399.

Rivojlanayotgan mamlakatlardan olinayotgan foyda zayomva qarzlarni foizli qaytarish hamda keltirilganmahsulotlarga belgilangan monopol bahodan foydalanish tufayli ular iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital mablag‘lardan bir necha marta ko‘p bo‘lmoqda. Masalan, Er yuzida eng kam rivojlangan mintaqa bo‘lganAfrikada (Janubiy Afrika respublikasini qo‘shmaganda) o‘lim, umrning qisqaligi, savodsizlik, qashshoqlik dunyo bo‘yicha birinchi o‘rindaligiga qaramay,bu erdan faqatgina AQSH olgan daromad 1950 yildan1975 yilgacha 5436 mln. dollar bo‘ldi (foyda 20% dan ortiq). Keyingi 15 yilda ham bu ko‘rsatkich saqlabqolindi.

BMT bosh kotibi Kofi Annan XX01 yil martda quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tdi: Er kurrasi aholisining beshdan bir qismi kuniga bir dollardan kam mablag‘ga yashab kelishga harakat qilmoqda, jahonda yashaydigan 6 milliard aholining 4 milliardi yarim och holda, qashshoq kun kechirmoqda400.

Hozirda ilgari surilayotgan jamiyatning “ochiq”ligi to‘g‘risidagi konsepsiya ham aksariyat hollarda rivojlangan mamlakatlar foydasiga o‘ynamoqda. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-intellektual jihatdan “ochiq”lik, ko‘pincha AQSH boshchiligidagi g‘arbning rivojlangan mamlakatlarining geosiyosiy manfaatlari uchun qulay sharoitni vujudga keltirishni ifodalaydi. Ochiq bozor munosabatlari ijtimoiy darvinizmning “kuchlilar yashab qoladi”, “tabiiy tanlanish” tamoyillariga asoslanib, rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlar intellektual va tabiiy resurslariga nisbatan egalik qilish huquqlarini mustahkamlaydi. Taniqli faylasuf va sotsiolog A. S. Panarin bu jarayonga shunday tavsif beradi: “…liberalizm tarafdorlari tarannum etayotgan ochiq jamiyat g‘oyasi global dunyo ko‘z o‘ngida genotsid tizimiga aylanmoqda”401.

So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila boshladi. SHuningdek texnologik novatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. SHu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi.



O‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida “...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda402.

Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə